Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bayramni kim qaerda kutib olmoqchi yoxud o'zimizdagi dam olish maksanlariga bora ko'rmang

Yangi yil bayrami yaqinlashmoqda. Shu munosabat bilan maktablarda qishki ta'tillar boshlanadi. Bayramni kimdir uyida, yana birov dam olish maskanlarining birida o'tkazishni xohlaydi.
O'zgacha rakurs
586 14:39 | 19.12.2024 14:39

Xususan, dam olish kunlarini mana shunday maskan yoki sihatgohlarda o'tkazishni istaydiganlar uchun ushbu joylarning narx-navosini o'rgandik va aynan bayram munosabati bilan bu joylar ancha qimmatlashganiga guvoh bo'ldik.


Masalan, odatiy kunlarda kuniga bir kishiga 600-700 ming so'm atrofida bo'lgan manzillar 31 dekabr' va 1 yanvar' kunida 1 milliondan 9 milliongacha baholanyapti. Izoh berishlaricha, bu Yangi yil kechasida uyushtiriladigan maxsus tadbir bilan bog'liq jarayon ekan.


Amirsoy («Le chalet by Amirsoy») kompleks dam olish zonasi shale (taxtadan qurilgan uy)larida bir kunlik dam olish 6 million so'm ekan.

Ikki kechaga faqat nonushtasi bor shale 14 millionni tashkil qilmoqda. Qisaqi, bu yerda bir kunlik hordiq kishi boshiga 1 million 200 ming so'mdan tushyapti.

Reklamasi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo'layotgan Jizzax viloyatidagi «Zamindor Resort & SpA» dam olish majmuasi ma'muriyati quyidagicha ma'lumot berdi:

31 dekabrdan 2 yanvargacha muddatga 5 yulduzli mehmonxonamiz narxi kishi boshiga 7 milliondan baholanmoqda.


Odatiy kunlarda Zomindagi 4 yulduzli mehmonxona (tunash, uch mahal ovqatlanish, spa-salon, muz ko'prik va kanatda sayr qilishdan iborat ikki kunlik qisqa tur-paket) 600-700 ming so'mga narxlangan.


Yangi yil kechasida narxlarning buncha oshishiga mushakbozlik, mashhur san'atkorlarning chiqishlari kabi tadbirlarning qo'shilgani vaj qilib ko'rsatilmoqda.


Mamlakatimizda bayramni nishonlash shunchalik qimmatga tushayaptimi? Bu bizning eskicha qarashlarimizdanmi (bayram kunlari narxlar sun'iy oshirilib, «soqqa» qilish) yoki «uchar» tadbirkorlarning navbatdagi biznes o'yinlarimi?



Shu o'rinda bayram munosabati bilan xorij sayohatlari e'lon qilingan 5-7 kunlik tur-paketlar bilan ham qiziqib ko'rdik.


Azialuxe Travel tur agentining ma'lumotlariga ko'ra, 26 dekabrdan 2 yanvargacha Turkiyaning Moldivasiga sayohat – kishi boshiga 1.036 AQSh dollarida baholanyapti. 5-6 kunga Antal'ya shahriga 850 AQSh dollarida, Misrning Sharm el Shayx shahriga 25 dekabrdan 1 yanvargacha 844 dollarda, Tailanning Pxuket shahriga sakkiz kunlik sayohat esa 1.420 dollarga, Stambul shahriga besh kunlik turizm 559 AQSh dollarida baholanayapti.


Ushbu xorij turlarga aviachiptalar, transfer, tibbiy straxovka va mehmonxona xarajatlari ham kiritilgan.


Shuningdek, Yangi yil kechasiga alohida bayramona namoyishlar uyushtiriladi. Eng qizig'i ayrim tur-paketlarga chegirmalar ham e'lon qilingan.


Bundan ko'rinib turibdiki, bayram kunlarini xorijda o'tkazish nisbatan arzonroqqa tushyapti.


Xo'sh, siz qaerni ma'qul ko'rgan bo'lardingiz…



Umida XUDOYBERGANOVA


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs