+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Bitiruvchilar bandligi uchun 500 milliard pul yo‘naltiriladi

Rejaga ko‘ra, 2026 yilda 8 mingdan ortiq loyihani moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltirilib, qariyb 10 ming nafar yoshning bandligini taʼminlash ko‘zda tutilgan.
Siyosat
375 12:30 | 09.06.2026 12:30

Prezident Shavkat Mirziyoev oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.


Maʼlum qilinishicha, 2026 yilda mamlakat oliygohlarini 320 ming nafar talaba tamomlaydi.
Barcha oliy taʼlim muassasalarida karera markazlari faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish, ularning samaradorligini “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholash hamda eng yaxshi natijaga erishgan 20 ta oliygoh karera markazini 500 million so‘mdan mablag‘ bilan rag‘batlantirish rejalashtirilgan.


Joriy yil davomida oliygohlar miqyosida 360 ta, fakultetlar kesimida esa 750 ta mehnat yarmarkasi o‘tkazilishi, shuningdek, mingdan ziyod ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan. Bitiruvchilarning bandlik holati esa “career.edu.uz” platformasi orqali doimiy monitoring qilib boriladi.


Yana bir muhim yangilik — 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarida “Tadbirkorlik asoslari” fani joriy etiladi. Bundan tashqari, talabalarni ish bilan kafolatli taʼminlashga xizmat qiluvchi maqsadli dual taʼlim tizimini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ham ilgari surildi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 2871 11:30 | 13.09.2023