Valyuta UZS
  • USD

    12 509.83-79.52

  • EUR

    14 520.16-136.36

  • RUB

    156.55-1.09

+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+33c

  • Hozir

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 13-August

+33C

  • Hozir

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +24 C

  • Chorshanba, 13

    +33 +20

  • Payshanba, 14

    +32 +20

  • Juma, 15

    +30 +20

  • Shanba, 16

    +31 +20

  • Yakshanba, 17

    +25 +20

  • Dushanba, 18

    +30 +20

  • Seshanba, 19

    +30 +20

  • Chorshanba, 20

    +32 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bugun Toshkentda Mo'g'uliston elchixonasi ochiladi

Bugun Toshkentda Mo'g'uliston elchixonasi rasman ochiladi. Bu haqda O'zbekiston va Mo'g'uliston yetakchilarining oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo'yicha ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan bayonotida ma'lum qilindi.
Siyosat
810 16:53 | 24.06.2024 16:53

Ikki davlat rahbarlari OAV vakillariga bergan bayonotida ochiq va ishchan muhitda bo'lib o'tgan muloqotning samarali natijalaridan mamnun ekanliklarini, amaliy hamkorlikning barcha asosiy yo'nalishlari atroflicha ko'rib chiqilganini ta'kidladilar.


Prezident Mirziyoev Mo'g'uliston prezidentining ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi birinchi tashrifi O'zbekiston-Mo'g'uliston do'stligini mustahkamlash va ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga bo'lgan o'zaro intilishning tasdig'i bo'lganini qayd etdi.


– Mo'g'uliston biz uchun Osiyo mintaqasidagi an'anaviy va ishonchli hamkordir. O'zbekiston-Mo'g'uliston munosabatlari do'stlik, o'zaro hurmat va qo'llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan bo'lib, kon'yunkturaga bog'liq emas, – dedi O'zbekiston Prezidenti.


Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining Samarqand va Dubayda bo'lib o'tgan uchrashuvlaridan so'ng barcha darajalardagi aloqalar faollashdi. Tizimli siyosiy muloqot o'rnatildi.


Bundan tashqari, izchil o'sib borayotgan tovar ayirboshlash hajmi hamda yetakchi kompaniya va korxonalar o'rtasidagi hamkorlik aloqalari atroflicha tahlil qilingani, ustuvor yo'nalishlar belgilangani va keng ko'lamli hamkorlikning yangi kun tartibi kelishib olingani ma'lum qilindi.


Tomonlar mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqalar doirasida yaqin muloqotlarni va o'zaro qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldilar.


Jumladan, ikki mamlakat poytaxtlarida savdo uylarini ochish va joriy yilda sanoat ko'rgazmalarini o'tkazish, samarali transport yo'laklarini rivojlantirish va yuk tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, poytaxtlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish, kelgusi yilda Toshkent va Ulan-Batorda o'zaro Madaniyat kunlarini o'tkazish, O'zbekistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida mo'g'ulistonlik talabalarni o'qitishni qayta yo'lga qo'yish kabi qator masalalar muhokama qilingan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1859 11:30 | 13.09.2023