+30C

+30C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi

Siyosat
366 17:26 | 04.08.2026 17:26

Prezident Shavkat Mirziyoev davlat fuqarolik xizmatchilarining oylik ish haqi tizimi va mehnatga haq to‘lash shartlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Maʼlum qilinishicha, mehnatga haq to‘lash tizimini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Aksariyat davlat organlarida qo‘llanilayotgan mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha 50 dan ortiq alohida normativ hujjat amal qilmoqda.

Shu bois, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashning yagona, ochiq va natijaga asoslangan tizimini joriy etish taklif qilindi.

Yangi tizim bilan 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olish ko‘zda tutilgan. Davlat organlari milliy, respublika, hududiy hamda tuman va shahar darajalariga, xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab maʼmuriy boshqaruv, asosiy va qo‘llab-quvvatlash guruhlariga ajratiladi.

Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pog‘onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish taklif qilindi. O‘ndan ortiq ustama va mukofotlar o‘rniga uchta asosiy rag‘batlantirish to‘lovi joriy etiladi.

Jumladan, malaka darajasi, xodimning funktsional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi asosida baholanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlari – KPI uchun ustama to‘lanadi.

Shuningdek, muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan hamda yuqori natija ko‘rsatgan xodimlarga hisobot davri yakunlari bo‘yicha bonus to‘lovlari berish nazarda tutilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 3031 11:30 | 13.09.2023