Valyuta UZS
  • USD

    12 199.71-19.37

  • EUR

    14 328.56-50.85

  • RUB

    146.090.12

+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+24c

  • Hozir

    +24 C

  • 20:00

    +22 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 28-September

+24C

  • Hozir

    +24 C

  • 20:00

    +22 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • Yakshanba, 28

    +24 +20

  • Dushanba, 29

    +22 +20

  • Seshanba, 30

    +22 +20

  • Chorshanba, 01

    +22 +20

  • Payshanba, 02

    +19 +20

  • Juma, 03

    +12 +20

  • Shanba, 04

    +11 +20

  • Yakshanba, 05

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«ELDOR FORMEZI BERIN» yoxud o'tmishni eslatgan o'yin

Hozir ko'pchilik, ayniqsa, yosh ishqibozlar bilishmaydiki, terma jamoamiz uchun xalqaro miqyosdagi eng katta yutuq qo'lga kiritilgan va hanuzgacha yagona bo'lgan o'sha musobaqada futbolchilarimiz hech qaysi o'yindan so'ng raqiblari bilan «futbolka» almashtira olmas edi. Yoki birorta muxlisga sovg'a qilishga ham «haq-huquq»lari yo'q edi...
Sport
131 11:25 | 25.09.2025 11:25

Yaqinda yakunlangan CAFA NATIONS CUP turnirida milliy terma jamoamiz g'olib bo'ldi. Sakkizta terma jamoa ishtirok etgan mazkur xalqaro musobaqa finalida sevimli jamoamiz eronlik futbolchilarni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Shunisi quvonchliki, bu g'alabadan so'ng o'zbek futboli tarixida yana bir yangi sahifa ochildi. Ya'ni futbolchilarimiz shu paytgacha azaliy raqiblari – Eron terma jamoasini (turli darajada o'tkazilgan 16 ta o'yinda) bor-yo'g'i bir marta yutgan edi. 2012 yil 14 noyabr' kuni eronliklar Tehronda «qo'rqinchli tush» ko'rishgandi. Ular o'z maydonida bizga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishganiga ishonishmagandi.


Ko'ryapmiz, sezyapmiz, keyingi yillarda terma jamoamiz ancha kuchaydi. Buni Eron bilan o'tkazilgan oxirgi 5 ta o'yinda erishilgan natija (4 ta durang va 1 ta g'alaba) ham anglatib turibdi. Biz uchun endi Eron ham, Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni ham o'zimiz qatori, ya'ni kuchlarimiz teng. Ular bilan bemalol bellashsa bo'ladi.


Bugun terma jamoamiz iqtisodiy jihatdan ham baquvvat. Ammo bir vaqtlar...


O'zbekiston – Eron o'yini yakunlangach, bir jihat e'tiborimni tortdi. Translyatsiya operatori va rejissyoriga rahmat, ular «Eldor formezi berin» deb yozilgan «banner»cha ko'tarib turgan muxlisni efirda ko'rsatishdi. Bu tasvir esa, mazkur maqolaning yozilishiga turtki bo'ldi.


Katta yoshli futbol muxlislari yaxshi eslashadi: terma jamoamiz 1994 yil Xirosimada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya kabi kuchli jamoalarga «non qoldirmay», finalda Xitoyni 4:2 hisobida yutib, nom qozongandi.


Hozir ko'pchilik, ayniqsa, yosh ishqibozlar bilishmaydiki, terma jamoamiz uchun xalqaro miqyosdagi eng katta yutuq qo'lga kiritilgan va hanuzgacha yagona bo'lgan o'sha musobaqada futbolchilarimiz hech qaysi o'yindan so'ng raqiblari bilan «futbolka» almashtira olmas edi. Yoki birorta muxlisga sovg'a qilishga ham «haq-huquq»lari yo'q edi.


Ha, bugun nafaqat jahon futbolida, balki o'zimizda ham o'yin tugagach, futbolchilarning forma almashishi yoki muxlisga berishi odatiy holga aylangan. Ammo Xirosimada futbolchilarimiz formalarini hattoki otliqqa ham berisholmasdi. Сhunki..


Avvalo, shuni aytish kerakki, terma jamoaning yakuniy tarkibi futbolchilar Yaponiyaga ketishidan bir necha kun oldin aniqlangan. Xirosimaga 20 nafar kishidan iborat delegatsiya yo'l oladi – 17 nafar futbolchi, ikkita murabbiy va bitta shifokor.


Safar oldidan mas'ullar jamoa shifokori Anatoliy Turikovdan «Tolik, massajchi ham bo'la olasanmi?» deb so'rashadi va ijobiy javobdan so'ng unga yana bir vazifani yuklashadi. Bugun ishonish qiyin, ammo o'sha vaqtda O'zbekiston futbol federatsiyasining ham shifokor, ham massajchi uchun alohida pul to'lashga imkoniyati yo'q edi.


Gap shundaki, Osiyo o'yinlari shaharchasida yashash kishi boshiga 700 dollar qilib belgilangandi. Federatsiyaning hisob-raqamida esa 14 ming AQSh dollari bor edi, xolos. Ya'ni 20 kishiga yetadigan pul. Shu sababdan ham, Xirosimaga 23 nafar emas, 17 nafar futbolchi olib ketilgan.


Eng qizig'i, Osiyo o'yinlariga futbol delegatsiyasining borishi dargumon bo'lgan. Сhunki terma jamoa musobaqaga sport qo'mitasi emas, futbol federatsiyasi hisobidan borishi kerak edi. Federatsiya esa, yuqorida aytilganidek, juda «boy» edi.


Xullas, futbolchilarimiz amal-taqal qilib, kunchiqar yurtga yetib borishadi. Ular barcha o'yinlarda faqat ko'k rangli formada maydonga tushishadi. Сhunki boshqa rangdagi formaning o'zi bo'lmagan...


Vaholanki, O'zbekiston terma jamoasi 1990 yillarda raqiblariga har xil rangli futbolkalarda «ko'rinish bergan». Jamoaning oq, yashil, ko'k, sariq va qizil rangdagi formalari ham bo'lgan. Biroq musobaqaga ketishdan oldin federatsiya omborida umuman forma qolmagani oydinlashadi. Tasavvur qilyapsizmi, musobaqaga qisqa vaqt qolgan, forma esa yo'q...


Сhopa-chop, qidir-qidir boshlanadi va unchalik katta bo'lmagan kiyim tikish tsexiga terma jamoa uchun forma buyurtma qilinadi. Tsex egasi Dmitriy Shelochkov tinim bilmaydi va futbolchilar uchun rangi ko'k «sarpo»ni tikib-tayyorlab beradi.


Aytgancha, pul tejalgani, aniqrog'i, kamlik qilgani uchun darvozabonlar «sarpo»dan quruq qolishadi. Ya'ni ularga buyurtma qilinmaydi. Ular xalqaro musobaqada o'z formalari, ya'ni ichki chempionatda kiyiladigan forma bilan qatnashishadi. Masalan, Yuriy Sheykin barcha o'yinlarni Gollandiyaning NEK jamoasi darvozaboni formasida o'tkazadi.


ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, o'sha yili avgust oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Mustaqillik Kubogi turnirida Gollandiyaning NEK va «Vitess» jamoalari ham ishtirok etishadi. Musobaqa finalida terma jamoamiz NEK bilan o'ynaydi. O'yin tugagach, Sheykin gollandiyalik hamkasbi bilan formalarini almashadi. Aynan o'sha forma Sheykinga Xirosimada asqatadi.


Darvoqe, Shelochkov buyurtma bo'yicha terma jamoa a'zolariga faqat futbolkalar tikib beradi. Yaxshiyamki, shortik bilan getralar federatsiya omboridan topila qoladi. Shu tariqa komplekt forma tayyor bo'ladi. Ammo bu hali hammasi emasdi...


Yaponiyaga yetib borilgach, «dard ustiga chipqon» deganlaridek, yana bitta muammo paydo bo'ladi. Reglamentga ko'ra, agar futbolkaga futbolchilarning familiyasi yozilmagan bo'lsa, jamoaning maydonga tushishiga ruxsat berilmas ekan.


Endi nima qilmoq kerak? Axir dushanba kuni o'yin bor, bugun esa yakshanba! Atigi bir kun...


Aksiga olib, dam olish kuni ham ishlaydigan korxonani topishning o'zi amrimahol. Asablar qaqshasa-da, hartugul, muammo hal qilinadi. Do'ppi tor kelib turgan tang vaziyatda keksa bir yapon jamoamiz joniga ora kiradi. U musobaqa boshlanishiga bir necha soat qolganida «familiyali futbolka»larni keltirib beradi. Aytishlaricha, o'sha yapon Ikkinchi jahon urushida asirga tushgan va asirlikni Toshkentda «o'tagan» ekan.


Shunday qilib, muammolar girdobidan qutulgan O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlarida jami yetti marta maydonga tushadi va barcha o'yinlarda raqiblarni «maysa tishlatadi». Lekin har bir o'yin oldidan murabbiy va futbolchilarda shunday xavotir bor ediki, bu xavotir raqib jamoaning kuchi emas, formasi bilan bog'liq edi. Biznikilar har safar raqiblarning boshqa rangli formada maydonga tushishiga umid qilishardi. Agar raqib jamoa (mezbon maqomida) ko'k rangli formada maydonga tushadigan bo'lsa, qo'pol qilib aytganda, boshqa forma topolmay, sharmanda bo'lardik. Xayriyatki, bunday bo'lmadi.


Agar o'sha vaqtda poytaxtdagi «Abu Saxiy» bozori yoki hozirgidek maxsus sport do'konlari bo'lganidami, forma bilan bog'liq barcha muammolar birpasda hal qilinardi.


Kezi kelganda yana bir gap: «Eldor formezi berin» deb yozilgan «bannercha» nafaqat o'zbek futboli bilan bog'liq yaqin o'tmishdagi hangomalarni esga soldi, balki maktablardagi ta'lim sifati bugun qay darajada ekanligiga ham oyna tutdi. Afsuski, shunday...


Ana shunaqa gaplar...


Alijon ABDURAHMONOV
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

2

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (2)

Madina

00:34 | 26.09.2025

Juda ajoyib!

Мустафо

15:59 | 26.09.2025

Ehhe, bunaqa ma'lumotlarni birinchi bor ko'rishim. Futbolkani qadriga gap yoq

Maqolaga baho bering
0/5

2

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 1873 11:23 | 02.10.2023
Sport
Sport