Futbol: Dunyo ahli o'zbekni tabriklamoqda!
O'zbekistonning o'smirlar jamoasi Osiyo chempioni bo'lgani munosabati bilan mamlakatimiz va xalqimizga dunyoning turli burchaklaridan ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklar yo'llanmoqda.
Ayni paytda feysbuk sahifalarida ham muhokamalar "qizigan".
Izohlarga bir e'tibor bering-a:
Amina Hamad: “O'zbek murabbiyi qo'lini osmonga ko'tardi, Xudo unga javob berdi”
Haef Xalaf: “Iroqdan qardosh O'zbekiston jamoasini g'alaba bilan tabriklayman”
Yana turli akkauntlarda shunday izohlar qoldirilgan:
"Biz ushbu o'yinda nohaqlikka uchragan O'zbekiston terma jamoasini tabriklaymiz. Ayniqsa, ikkinchi o'yinda qizil kartochka olib, ular yakunda g'alaba qozonishdi. O'z milliy terma jamoasi o'sib borayotgan yaxshi avlod, ularga muvaffaqiyatlar tilayman va O'zbekiston xalqini tabriklayman"
***
"Sharhlovchi ham o'zining iltifotli va xolis ekanligini aslida hech qanday izoh bermasdan ko'rsatdi. Lekin Xudo ular bilan. O'zbekistonlik murabbiy qo'lini osmonga ko'tarib, Xudoga arz qilganida ko'zimga yosh keldi".
***
"O'zbekiston jamoasini Iroqning yuragidan tabriklaymiz".
***
"O'zbekistonga tabriklar!!! O'zbekistonni Yaponiyadan tabriklayman".
***
"Hatto firibgarlik va hakamlik adolatsizligi Saudiya Arabistoniga foyda bermadi. Misrlik o'zbek birodarlar, tabriklaymiz".
***
"Qasam ichamanki, men quvonchdan yig'lardim. Ular chempion bo'lishga loyiq. Murabbiy huddi Xudo bor degandek qo'lini osmonga ko'tardi".
Nima bo'lganda ham, dunyo o'zbekni tan olmoqda. Bu barchamiz uchun faxr.
Yuqoridagi tarjima qilingan izohlar "Facebook" foydalanuvchisi Shohjahon Dehqonov sahifasidan olindi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0