Valyuta UZS
  • USD

    12 228.5820.5

  • EUR

    14 282.98166.78

  • RUB

    155.960.96

+19C

+19C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+19c

  • Hozir

    +19 C

  • 13:00

    +20 C

  • 14:00

    +20 C

  • 15:00

    +20 C

  • 16:00

    +20 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 09-April

+19C

  • Hozir

    +19 C

  • 13:00

    +20 C

  • 14:00

    +20 C

  • 15:00

    +20 C

  • 16:00

    +20 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • Payshanba, 09

    +19 +20

  • Juma, 10

    +21 +20

  • Shanba, 11

    +20 +20

  • Yakshanba, 12

    +22 +20

  • Dushanba, 13

    +23 +20

  • Seshanba, 14

    +22 +20

  • Chorshanba, 15

    +17 +20

  • Payshanba, 16

    +15 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Kalitsiz ochilayotgan eshik

O'zini va o'zgalarni hurmat qilgan odam eshikni ohista taqillatib ochadi. Taqillatmasdan ichkariga kiradigan kishini ko'p so'zlar bilan «ta'riflash»  mumkin. Agar kimdir eshikni kalitsiz ochib, xonangizga kirsa va indamay o'tirib olsa, nima qilardingiz? Kamiga bu bezligidan xursand bo'lib, tirjayib tursa, «so'z» va «ko'z» bilan «sehr-jodu» qilib, aldasa, avrasa-chi?..
Jamiyat
1026 12:50 | 29.03.2025 12:50

Aldash boshqa – avrash boshqa...


«O'ynashga ishonib, ersiz qolgan ayol», «Eriga xiyonat qilgan ayol», «Eriga xiyonat qilgan kelin», «O'ynashidan homilador bo'lgan kelin», «Zino botqog'iga botgan kelin», «Zinoni kasb qilgan kelin», «Qayn­a­kasidan homilador kelin», «Oilali erkakni yo'ldan urgan qiz», «O'ynashini kelin qilgan erkak», «Rossiyada yurgan ukasining xotini bilan yashagan erkak», «Сhimildiqda ochilgan sir», «Erim fohishani sevib qolibdi», «Xotinim avval zo'rlangan ekan», «Jazmanimni kelin qildim», «Qaynotamdan homiladorman»...


Bo'ldi, bas, yetar-a, ko'nglingiz behuzur bo'lib ketmadimi?..


«Kiprikda olingan» va olinayotgan kino, serial yoki telenovellalar haqida hech eshitganmisiz? Agar televizor ko'rmasangiz, ular haqida bilmaysiz. O'zi shu, ko'rmay-bilmay, to'g'ri qilasiz.


Bundan besh-olti yil burun «tilbuzar»da bitta kino ko'rgandim. Juda «katta» ijtimoiy-maishiy «muammo» ko'tarilgan o'sha «qiziqarli» fil'mning qisqacha mazmuni quyidagicha: hatto uyida ham ota-onasiga labi bo'yalgan holatda ko'rinish beradigan qoshlari terilgan, kipriklari «nayza» qiz sevganiga turmushga chiqadi. Uning qaynopasi ham xuddi o'zi, ya'ni lab, qosh va kiprikka obdon «ishlov» berilgan. Shunday «chiroy» bilan erdan qaytgan qaynopa keliniga hech kun bermaydi. Bir kuni ukasiga «ko'chaning boshidagi do'konda xotining bittasi bilan gaplashib turganini ko'rdim, nomusdan o'ldim, yo'qot uni...», deb «diydiyo» qiladi. Kelinchak eriga do'konda sinfdoshini uchratib qolganini aytadi, ammo foydasi bo'lmaydi, ajrashish kuyi chalinadi.


Shu o'rinda bir fikr: agar sinfdosh bilan so'rashish, suhbatlashish ajrashishga sabab bo'ladigan bo'lsa, unda ko'p oilalar buzilib ketishi kerak ekan-da?


Xullas, arzimas sabab bilan uyiga qayt­gan qiz ota hovlida ham o'sha «lab», o'sha «qosh», o'sha «kiprik» bilan yuradi. Keyin u oddiy oshxonaga idish yuvuvchi bo'lib ishga kiradi. Ammo pardoz-andoz hech o'zgarmaydi. Idish-tovoqlar ham uzun tirnoqlar bilan yuviladi.


Kunlardan bir kuni qiz katta umidlar bilan katta shaharga keladi. Ammo katta xatoga yo'l qo'yadi, ya'ni aldanadi...


U chaqaloqli bo'lgach, shaharda ­eb-ichishdan, yashashdan qiynaladi. Lekin pardoz-andozdan hecham qiynalmaydi, hammasi o'sha-o'sha...


Aldangan juvon bolasini sotayotganda qo'lga olinadi...


Fil'm yakunida zonaning katta temir darvozasi ochiladi. Keyin u chiqib keladi. Ko'rinish esa, o'sha-o'sha...


O-la, kulishni ham, kuyishni ham bilmaysan. Ozodlikka chiqishdan oldin mahkuma uchun «ichkari»da alohida go'zallik saloni tashkil etilgan ekan-da. ­E, qoyil...


Fil'm ijodkorlari go'yoki «Hayotda adashma, odam savdosiga aralashib qolma», degan mazmundagi fikr-mulohazani ilgari surishgan. Ammo hammasi juda jo'n, hammasi «hayratlanarli»...


Bir narsaga hayronman. Nahotki, o'sha fil'm ijodkorlaridan birortasi «Nme qahramonlarni adabiy tilda emas, tol'ka shevada gapirtirvommiz, nimaga glavniy geroinya postoyanna makiyajda yuradi?», deb e'tiroz bildirmagan. Bil'aks, bildirolmaydi ham...


Afsuski, byudjeti arzon, stsenariysi bo'sh, tili shevada «chaynalgan», qahramonlari «o'lik», dialoglari puch va uzun, ­kadrlarda nuqul ko'cha, kafe va xonadonlar ko'rsatiladigan «ijod»lar borgan sari ko'payib boryapti. Eng dahshatlisi, ularga hayosizlik, orsizlik, yalang'ochlik... singdirilmoqda. Hech bo'lmasa, nomda...


O'sha gap: aldash boshqa – avrash boshqa! Ular avrashyapti...


O'zi bitta, nomi ikkita...


Ana endi maqola avvalida sanab o'tilgan «e'tiborga molik» nomlar, aniqrog'i, o'zbek «kino»lari haqida so'z yuritsak.


Xo'p, birinchidan, ular kino emas. Сhunki ular kino deb atalmish sehrli san'at mezonlariga to'g'ri kelmaydi, talablariga umuman javob bermaydi. Lekin negadir ularning aksariyati «YouTube»ga (o'zbek kino/o'zbek kino) degan «yorliq» bilan joylangan. Qiziq, qachondan beri teleserial yoki telenovella kino deb qabul qilinadigan va shunday yoziladigan bo'ldi?


Bu deyman, telenovellani suratga olish ham juda oson ekan-da. Eng avvalo, siyqasi chiqib ketgan maishiy mavzuda «suvi ko'p» stsenariy yoziladi. Aktyor va aktrisalar (ularning orasida maktab ko'rmaganlari ham bor) o'zlari o'rgangan tilda gapiradi, ya'ni kimdir «bu yer qaer?» desa, kimlardir «bo't qat?» deydi. Tasvirga o'tishda ham «muammo yo'q». Toshkent ko'chalari tepadan ko'rsatilsa bo'ldi, shu – «perexod». Aslida «perexod»ning «kadr»larda dam-badam «ko'rinish berishi» syujetda, voqea-hodisalar tasvirida o'zaro bog'liqlik yetishmasligini anglatadi.


Omonlik bo'lsa, bu boshdan nelar o'tmaydi: ko'z ko'rib, quloq eshitmagan narsalarni ko'rasiz-eshitasiz. Ammo ularning hammasini ham elga dasturxon qilib bo'lmaydi, axir.


Xorijdan ko'chirish, taqlid qilishda ham «bezlik rejimi» yoqilgan.


«Sizga hozir hammasini tushuntirib beraman. Bu siz o'ylagan narsa emas...». Bu – xiyonat qilayotganda qo'lga tushgan «oshiq» yoki «ma'shuqa»ning o'zini oqlash uchun aytgan so'zlari va rus seriallaridagi «Ya seychas tebe vse ob'yasnyu. Eto ne to, chto ti dumaesh'»ning aynan tarjimasi. Bitta farqi shuki, «biznikilar» to'shakda, yarim-yalang'och holatda «zapal» bo'lmaydi, faqat shu ko'rsatilmaydi, xolos (shunisiga ham shukr). Ammo bu ketishda...


Shu o'rinda kimdir «Siz nazarda tutayotgan telenovellalarda o'zingiz aytganingizdek, «yalang'och» sahnalar yo'q-ku», deb e'tiroz bildirishi mumkin. To'g'ri, shunday. Lekin syujetda, so'zda «etalash» bor.


«Jazmanimni kelin qildim», «O'ynashini kelin qilgan erkak», «O'ynashiga kelin bo'lgan qiz»... Bular – auditoriyani tortish uchun topilgan «nom»lar. Eng qizig'i, oxirgi ikkitasi bitta narsa, ya'ni bitta telenovella ikkita nom bilan «YouTube»da e'tiborni tortib turibdi.


Bilmadim, bu «kino»lar davlat va nodavlat telekanallarida qanday nom bilan ketgan, ammo ularning (ayniqsa, «Mahalla» telekanalining) «YouTube»dagi sahifalarida shunday «jozibador» nomlar bilan joylangan.


Nima emish, o'ynashini kelin qilgan ota to'yda qatnasha olmaydi, safarda bo'ladi. O-la, axir u «bolamni uy-joyli qilay, uylantiray...» degan maqsadda bir necha yillar chetda ishlab va hattoki farzandining to'yiga ham kelolmay yurgan otalar toifasidan emas. U – puldor. Pul uni quturtirgan... Xullas, u xohlagan paytida xorijga borib kelishi mumkin. Shunday ekan, to'yda qatnasha olmaslik – absurd!


Xo'p, mayli, «safar»ga ham ishondik deylik. Ammo hozir zamon o'zgargan. Ya'ni kuyov kelinni chimildiqda yoki qaynota kelinini to'ydan keyin ko'radigan vaqtlar o'tib ketganiga ancha bo'ldi. Hozir ota ishtirokida hech bo'lmasa, avval bo'lg'usi kelinning surati ko'riladi. Keyin maslahat qilinadi, surishtiriladi...


Shu, «o'zi bitta, nomi ikkita»ga o'xshash «nomdor» kinolar juda «dolzarb» mavzuda ekan, chog'i. Сhunki ular deyarli hamma telekanallarning «YouTube»dagi rasmiy sahifalarida «aylanib yuribdi». Hattoki, «O'zbekiston 24»nikida ham.


Aslida, turli «...production» va ­prod­yu­­­serlar tomonidan suratga olinayotgan «kino»larning har biri haqida, ya'ni uning tili, syujeti, yangi qiyofalar «mahorati», rejissura... to'g'risida alohida maqola yozish mumkin. Ammo bundan naf bormikan?!


Toshni teshayotgan «tomchi»lar


Pul hammaga kerak, biroq hamma narsani ham pulga chaqib bo'lmaydi. Inchunin, millat taqdiri bilan bog'liq masalada! Lekin biz nima qilyapmiz? Biz pul va reyting ortidan quvib, hammasiga ko'z yumyapmiz. Afsuski, bu «ko'z yumishlar» ko'zlar ochilishiga sabab bo'lyapti. Pul o'lsin-a, pul o'lsin. «Yashasin reyting»!


Biz xulosa o'rnida «Bu mentalitetga to'g'ri kelmaydi», «Bu ma'naviyatga zid-ku», «Mas'ullar qayoqqa qarayapti?»... kabi «navbatchi» fikr-mulohazalarni aytishdan yiroqmiz. Сhunki hech kim hech qayoqqa qaramayapti – nazorat yo'q! Salbiy ta'sir esa allaqachon sezilgan.


Tomchilab tursa, tomchi toshni teshadi. Biz «tomchi»larni ko'ryapmiz, «chak-chak»ini eshityapmiz, ammo afsuski, oqibatini his qilmayapmiz. Bu ketishda, bunday munosabatda qachondir televizor va «YouTube»ni qadriyatlar borasida ko'p narsani yo'qotgan hamda shunga ko'nikkan avlod ko'radi…


Alijon Abdurahmonov,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2162 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1844 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2375 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2134 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat