Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 927.1736.74

  • EUR

    14 717.58-3.29

  • RUB

    155.73-0.31

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 09:00

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 25-April

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 09:00

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • Juma, 25

    +17 +20

  • Shanba, 26

    +20 +20

  • Yakshanba, 27

    +21 +20

  • Dushanba, 28

    +24 +20

  • Seshanba, 29

    +23 +20

  • Chorshanba, 30

    +15 +20

  • Payshanba, 01

    +19 +20

  • Juma, 02

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Majburiy tibbiy ko'rik qanday tashkil etiladi?

– Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullaman. Mutasaddi idoralar tomonidan xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish talabi qo'yilayapti. Tibbiy ko'rik tartibi va kimlar o'tishi, mablag' kim tomonidan to'lanishi bo'yicha tushuncha bersangiz? Bobir Salomov, Samarqand viloyati
Jamiyat
789 17:04 | 08.07.2024 17:04

Savolga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi mehnat texnik inspektori Usmon Karimov javob beradi.


— Korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi ishchi va xizmatchi xodimlar ishga kirishga dastlabki va ish davomida vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 360-moddasi, Mehnatni muhofaza qilish Qonuni 24-moddasi hamda Adliya va Sog'liqni saqlash vazirliklarining maxsus buyruqlari bilan tasdiqlangan “Xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi Nizom talablari doirasida ish beruvchi tomonidan xodimlarni belgilangan muddat va tartibda tibbiy ko'rikdan o'tishlarini tashkil etadi.


Tibbiy ko'riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o'tkaziladi.


Tibbiy ko'rikning sifatli o'tkazilishiga tibbiy ko'rikdan o'tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari javobgar hisoblanadi.


Tibbiy ko'rikdan o'tishi shart bo'lgan xodimlar tibbiy ko'riklardan o'tishdan bo'yin tovlashga haqli emas. Tibbiy ko'rikdan o'tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo'yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo'ymaslikka haqlidir.


Ish beruvchilar o'z xodimlarining majburiy tibbiy ko'rikdan o'z vaqtida o'tishi uchun va majburiy tibbiy ko'rikdan o'tmagan shaxslarni ishga qo'yish natijasida fuqarolarning sog'lig'iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo'ladilar.


Ish beruvchi quyidagilarni dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil etishi shart:


  • o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarni;
  • umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni;
  • nogironligi bo'lgan shaxslarni;
  • mehnat sharoitlari noqulay bo'lgan ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek, transport vositalarining harakati bilan bog'liq ishlarda band bo'lganlarni;
  • oziq-ovqat sanoatida, savdoda va bevosita aholiga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan boshqa tarmoqlarda ish bilan band bo'lganlarni;
  • umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan band bo'lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini.

Mehnat sharoitlari noqulay bo'lgan ishlarning hamda bajarilayotganda dastlabki va davriy majburiy tibbiy ko'riklar o'tkaziladigan boshqa ishlarning ro'yxati va ushbu ko'riklarning o'tkazilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.


Majburiy tibbiy ko'riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko'rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo'lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o'tkaziladi.


Majburiy tibbiy ko'riklarni o'tkazish majburiyati qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi lozim bo'lgan shaxslar boshqa ishga o'tkazilgan taqdirda ham ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.


Xodimlar majburiy tibbiy ko'riklardan o'tishi munosabati bilan chiqimdor bo'lmaydi.


Xodimlar majburiy tibbiy ko'riklardan o'tishdan bo'yin tovlashga haqli emas.


Ish beruvchi majburiy tibbiy ko'rikdan o'tmagan yoxud majburiy tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo'yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.


Agar xodim sog'lig'ining yomonlashishi mehnat sharoitlari bilan bog'liq deb hisoblasa, u navbatdan tashqari majburiy tibbiy ko'rikdan o'tishni talab qilish huquqiga ega.


Majburiy tibbiy ko'riklarni o'tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o'rtacha ish haqi saqlanib qoladi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 533 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 795 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 825 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 8699 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 544 21:55 | 12.10.2024