Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 927.1736.74

  • EUR

    14 717.58-3.29

  • RUB

    155.73-0.31

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 25-April

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • Juma, 25

    +21 +20

  • Shanba, 26

    +24 +20

  • Yakshanba, 27

    +26 +20

  • Dushanba, 28

    +29 +20

  • Seshanba, 29

    +26 +20

  • Chorshanba, 30

    +17 +20

  • Payshanba, 01

    +21 +20

  • Juma, 02

    +23 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
2051 16:43 | 13.08.2024 16:43

Bir asar tarixi


Sherali Jo'raev ijrosidagi mahzun bu qo'shiqning o'ziga xos tarixi bor. Uni bir necha kishidan uzuq-yuluq eshitganman va mutlaq haqiqatga da'vo qilmagan holda yozishga jazm qildim.


O'tgan asrning saksoninchi yillarida talabalar orasida she'riyatga, san'atga ishtiyoq o'ziga xos cho'qqiga chiqadi. Bu o'zbek adabiyotida ham aks etgan. Kimdir yuzlab durustgina she'rlari bilan unutilgan bo'lsa, yana kimdir birgina yozgani bilan tarixga kira olgan.


“Yana bahor qaytarmikan...” she'ri muallifi ham ana shunday omadli insonlardan biri bo'lgan. Ammo uning taqdiri ayanchli kechadi.
Asli andijonlik bo'lgan Mahmudjon ismli yigit yetimlikda o'qiydi. Tirikchilik uchun talabalar orasida sartaroshlik, ustachilik qilib yuradi. Yaxshigina she'rlar yozishi, adabiyotga oshnoligi bilan ko'pchilik orasida hurmat qozongan bo'lsada, nuqsoni borligi, oqsab yurishi tufayli yetim ko'ngli yanada o'ksik bo'lgan.


Shunday bo'lsada, u o'zining otashin muhabbatini topa oladi. Samarqandlik shoira qizga ishqi tushadi va munosib javob oladi. O'rni kelganda ta'kidlash joiz – bu qiz keyinchalik ham adabiyotda o'rnini topgan.
Biroq bu muhabbat og'ir sinovlarga duch keladi. Qizning ota-onasi qarshiligi ustiga unga oshiq bo'lgan samarqandlik chapani yigitlar Mahmudjonni kaltaklashadi. “Shu cho'loq sening tengingmi?” deya qizga ham tahdid qilishadi. Shumi, boshqa sababmi, qiz yigitdan uzoqlashadi...


Shundoq ham yarim ko'ngli bu og'ir sinovga chidolmagan yigit elektr simidan sirtmoq yasab o'zini osadi. Uning yonidan mana shu o'tli satrlar tushirilgan bir varaq qog'oz topiladi!


Yana bahor qaytarmikan sen qaytmasang?!


Yor ko'kdagi yulduzmiding, yeta olmadim
Umid uzib sendan yiroq keta olmadim
Bahor chog'i bir yondingu yashin misol
G'aflat bosib mehrim izhor eta olmadim

Yana bahor qaytarmikan sen qaytmasang
Qushlar qo'shiq aytarmikan sen aytmasang


Boshqa yorga ayt yor ko'ngil berganmiding
Mendan ortiq undan vafo ko'rganmiding
Bahor chog'i soching tarab ko'z yoshimgaey
Dil rishtasin sochga qo'shib o'rganmiding


Yana bahor qaytarmikan sen qaytmasang
Qushlar qo'shiq aytarmikan sen aytmasang


Mahmud sani eslab har kun yod etadi
Sani eslab hazin ko'nglin shod etadi
Sevsang uni derazangga boq har saxar
Qalbi uni qushcha bo'lib faryod etadi.


Yana bahor qaytarmikan sen qaytmasang
Qushlar qo'shiq aytarmikan sen aytmasang.


Bugun na shoir, na hofiz oramizda. Bu she'r qanday qilib Sherali Jo'raevning qo'liga tushganidan bexabarman. Balki hamyurtlar tanish bo'lishgandir, balki kimdir tarixini so'zlab yetkazgan. Nima bo'lganda ham ajoyib asar yaratilishi va tarixga muhrlanishida hofizning o'rni beqiyos. Keyinchalik uning o'g'illari ham bu qo'shiqni maromiga yetkazib kuylashdi.


Siz sel bo'lib, yana bir bor shu qo'shiqni tinglang!


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 533 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 795 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 826 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 8699 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 544 21:55 | 12.10.2024