Markaziy bankda tayinlanishi kutilayotgan yangi rais: Timur Ishmetov kim?
24 yillik mehnat faoliyatining 19 yilini Markaziy bankda o'tkazgan Timur Ishmetov O'zbekiston Markaziy banki raisi etib tayinlanadi. U tayinlovga qadar prezident maslahatchisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari Markaziy bank rahbarligi uchun Senatga Ishmetov nomzodini taqdim etgan.
U bugun, 11 dekabr kuni MB raisi lavozimidan ozod etilgan Mamarizo Nurmurodovning o'rnini egallaydi.
Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug'ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan, 2005 yilda Birmingem universitetidan moliya-bank yo'nalishida magistr darajasini olgan. 2007 yilda Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakul'tetini bitirgan.
Ma'lumot uchun, mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlab, 2001–2004 yillarda katta ekspert-analitik, Valyuta birjasi va tashqi aloqalar departamenti rahbari bo'lgan. 2004–2008 yillarda Pul-kredit operatsiyalari departamentida ishlagan. 2008–2009 yillarda Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti, 2009-2010 yillarda Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, 2010–2017 yillarda Valyuuta boshqaruvi va nazorati departamentini boshqargan.
Shuningdek, Timur Ishmetov “Ochiq byudjet” loyihasining tashabbuskori va qo'llab quvvatlovchilaridan hisoblanadi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0