Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Million dollar uchun sotqinlik yoki sovetlarga ishlagan mashhur josus

Sovuq urush davrida AQSh va SSSR qarama-qarshiligida josuslik o'yinlari juda avj olgandi. Sovetlar tomonda ham, G'arbda ham o'nlab agentlar turli niqoblar ostida yashirinib ma'lumot to'plagan. Millionlab dollar pul va'dasi evaziga ma'lumotlarni oshkor qilib yuborgan Oldrich Eyms ularning eng mashhurlaridan sanaladi.
O'zgacha rakurs
267 17:31 | 18.11.2024 17:31

U josuslikdan Indiana qamoqxonasida umrbod ozodlikdan mahrum bo'lishgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Sobiq Ittifoq uchun ishlagan yillari davomida u 10 nafar Markaziy razvedka boshqarmasi agentini fosh qilishga muvaffaq bo'ldi, ularning ba'zilari oxir-oqibat qatl qilindi. Biroq, boshqa hamkasblaridan farqli o'laroq, Oldrich g'oya va falsafa uchun emas, balki sovetlar mamlakatidan boshliqlari taklif qilgan millionlab dollarlar uchun ishlagan. Qisqasi, uni kapitalizm yoki kommunizm g'oyasi uncha qiziqtirmagan.


Oldrich Eyms 1941 yil 26 mayda AQShda tug'ilgan va butun bolaligini Markaziy razvedka boshqarmasi muhiti qurshovida o'tkazgan. Bolaning otasi tahlil bo'limida ishlagan va bola borgan maktabda ham ko'pchilik o'quvchilarning ota-onalari ham razvedka bilan bog'liq edi. Maktabni tugatgach, yigit Markaziy razvedka boshqarmasida amaliyot o'tagan va otasi izidan o'z kar'erasini boshlashni niyat qilgan bo'lsa ajab emas.


Ish bilan birgalikda Eyms Jorj Vashington universitetida tahsil olgan. 1962 yilda o'qishni tamomlab, universitet kafedrasida to'liq ishlay boshladi. So'ngra 1969 yilda ilk uzoq muddatli xizmat safariga jo'nadi va Turkiyada yashirin ish boshladi. Oldrich Eyms dastlab «firibgarlik sindromi»dan aziyat chekmagan va o'zini juda yaxshi xodim deb hisoblaganiga qaramay, yigitning ustozlari uning ishini qadrlamasdilar. Asosiy sabablardan biri, Senat razvedka qo'mitasining xulosasi edi. Eyms haqidagi ma'lumotlarda huquqni muhofaza qilish organlari bilan to'qnashuvlar, alkogolizm, tafsilotlarga e'tibor bermaslik, sustlik va beparvolik kabi ko'plab negativ ma'lumotlar mavjud edi.


Shu bilan birga, Eymsning shaxsiy hayoti ham joyida emasdi. Birinchi xotini erkakni shafqatsizlikda ayblab, uni tark etdi. Ajralishdan ko'p o'tmay, u yangi rafiqasi Mariya del Rosario Kasas Dupuy bilan uchrashdi, ammo doimiy moliyaviy muammolar tufayli yosh er-xotinning hayoti ham o'xshamadi. Doimiy moliyaviy muammolar Oldrichni xavfli va qo'rqinchli qaror qilishga majbur etdi: u 1985 yilda SSSR tomoniga katta gonorarlar evaziga Markaziy razvedka boshqarmasi ma'lumotlarini berishga rozi bo'ldi.


Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, agentni yollash kommunistlar ko'p vaqt talab qilmadi. Uning ta'qib qilishayotganini payqagan Oldrich tashabbusni o'z qo'liga oldi va o'zi mansabdor shaxslarga maxfiy ma'lumotlarni pul evaziga sotishni taklif qildi. Ittifoqning birinchi «mukofoti» 50 ming dollarni tashkil etdi. «50 ming dollar olganimdan so'ng, men qilgan ishimning ahamiyatini his qildim... Oldin o'ylamagan chiziqni kesib o'tganimdan qo'rqish edi bu...», degandi u.


1985 yil aprel oyidan boshlab Eymsning taqdiri tubdan o'zgardi – u norasmiy ravishda qo'shaloq agent maqomini oldi va muntazam ravishda AQSh uchun ishlaydigan barcha sovet razvedka zobitlari va harbiy xizmatchilarning ismlarini Moskvaga xabar qila boshladi. Keyinchalik, qo'shimcha haq evaziga u Markaziy razvedka boshqarmasining SSSRga qarshi operatsiyalari haqida ham ma'lumot tarqatishni boshladi. Oldrich Eyms har bir xizmat safari davomida Ittifoq bilan aloqani saqlab turdi, agent qaerga yo'l olmasin, masalan Bogotadan Rimga borsa ham, u bilan doimo Markaziy razvedka boshqarmasidan davlat sirlari bo'lgan polietilen paket bo'lgan.


Sotqin josus SSSR bilan tuzilgan shartnomalarni aniq va ishonarli tarzda bajargan,.Shuning uchun atigi 4 yil ishlagandan so'ng (1989 yilga kelib) FQB ma'lumotlariga ko'ra, sovet boshliqlaridan jami 1,88 million dollar olgan.


Biroq, Oldrich uzoq vaqt davomida «kulrang kardinal» maqomiga ega bo'lolmadi. Ko'p o'tmay, Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari g'alati jarayonni payqashdi. Juda faol va izchil ravishda ularning ittifoqdagi ko'plab agentlari fosh qilindi, hibsga olindi va o'ldirildi. Keyin departamentga ma'lum bo'ldiki, Markaziy razvedka boshqarmasida ma'lumot savdosi bilan shug'ullanadigan «kalamush» paydo bo'lgan. Virjiniyadagi Markaziy razvedka boshqarmasi shtab-kvartirasi xoinni qo'lga olish uchun maxsus guruh tuzishga qaror qildi. Sandra Grimes va Jan Vertefiel boshchiligidagi tergovchilarga Oldrichni topish uchun bir necha yil kerak bo'ldi. Xodimlar keyinroq tan olganidek, agent qo'lga olinishidan ancha oldin shubha ostiga tushgan, ammo dastlab Oldrich ularga nomaqbul nomzod bo'lib tuyuldi. U «ko'ngilsiz professor»ga o'xshardi - u bema'ni, beg'ubor yurar, ishga har doim kechikardi va topshiriqlarni epchillik bilan bajara olmasdi. Bunday odam ustasi farang sotqinga hecham o'xshamasdi.


Biroq, Eymsning hayotidagi o'zgarishlar uni sotib qo'ydi. U qimmatbaho «Yaguar» mashinasini sotib oldi va biroz vaqt o'tgach rafiqasi bilan birgalikda naqd pulga 540 ming dollarlik uy xarid qildi. Shubhalarni aritish maqsadida agent mulkni sotib olish uchun pulni xotinining kolumbiyalik boy qarindoshlari berganligini aytdi. Biroq, o'sha paytda o'yin Oldrichga ishonib bo'lmaydigan darajada chigallashib ketgan edi. Eymsning bank depozitlari tarixini tekshirgandan so'ng, tergovchi Sandra Grimes uning sovet amaldori bilan har bir rasmiy uchrashuvidan so'ng uning hisobida «sirli tarzda» qo'yilgan katta miqdordagi naqd pul paydo bo'lishini payqadi. Umuman olganda, agentda «noma'lum manbalardan» 1,3 million dollar borligi aniqlandi. Katta mablag'larga bo'lgan muhabbat va ulardan foydalanishda mutlaqo beparvolik agentni oxir-oqibat umrbod qamalganlar kamerasiga olib keldi.


Ishchi guruh sotqin ikki tomonlama agent ekanligini anglab yetgach, Markaziy razvedka boshqarmasi uni kuzatuv ostiga oldi. Xodimlar uning mashinasiga maxsus moslama o'rnatgan, telefon qo'ng'iroqlarini muntazam tinglagan va hatto chiqindi qutisini titkilagan. 1994 yil 21 fevralda FQBda Eyms va uning rafiqasi hibsga olish uchun ularda yetarlicha dalillar bor edi.


Avvaliga Eyms sotqinlikka aloqadorligini butunlay rad etdi, lekin tez orada pozitsiyasini o'zgartirdi. Agentning rafiqasi ham tergovga tortildi. Mariya del Rosario Eyms o'z jinoyatlari haqida qanchalik bilganligi to'liq aniq emas, ammo ayol turmush o'rtoqlarning soliq deklaratsiyasini imzolagani va vaqti-vaqti bilan eri bilan g'alati kodlar yordamida shubhali tarzda telefon orqali muloqot qilgani haqida dalillar mavjud.


Natijada, Oldrich Eyms o'z aybiga iqror bo'ldi va hech qanday amnistiyalarga tushmaydigan tarzda umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. Erkak sobiq Ittifoqdagi 10 yillik faoliyati davomidagi jinoyati sabablari faqat moliyaviy muammolar sabab ekanligini yashirmadi.


Bugun, oradan roppa-rosa 30 yil o'tib, 83 yoshli qariya hamon jazo muddatini Indiana shtatining Terre Xot shahridagi federal qamoqxonada o'tkazmoqda. Eymsning rafiqasi fitna va soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda aybini tan oldi. Ayolga berilgan jazo yumshoqroq edi - u bor-yo'g'i besh yilni qamoqda o'tkazdi va ozodlikka chiqqandan keyin Kolumbiyaga ketdi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs