Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

YaNUSh KORСhAK: Mehri sabab qurbon bo'lgan inson

Tarixda shunday hodisalar ro'y berganki, ularning zamirida inson taqdirining misqolchalik qadri bo'lmaganligini ko'rish mumkin. Biroq shunday shaxslar bo'lganki, ularning insoniylik fazilati asrlar oshsa ham tillarda doston bo'lib kelaveradi.
O'zgacha rakurs
357 11:51 | 21.11.2024 11:51

Ayniqsa, XIX asrda jahon urushlar girdobiga aylandi. Bir davlat ikkinchisining hududini bosib olishi, boshqa bir millat o'zini oliy irq deb sanashi oqibatida yer yuzida millionlab begunoh insonlarning qoni to'kildi. Afsuski, bu urushlarning asorati haligacha butunlay o'chib ketgani yo'q. Insonlarning ko'nglida, kitoblarning varaqlarida, muzeylarda qonli tarix sifatida yodga olinmoqda. Biroq janggohlarda ham insonlarning bir-biriga mehr-muhabbati bir on bo'lsada tark etmadi. Polshalik o'qituvchi va yozuvchi Yanush Korchakning o'z hayotini saqlab qolish taklifini uch marotaba rad etganligi so'zimizning isbotidir.


Yanush Korchak: jizn'-podvig |


Nemislar Polshani bosib olishdan oldin birinchi marotaba Yanush Korchakka o'zi ishlaydigan "Mehribonlik uyi"ni tark etib, u yerdagi yetim bolalarni taqdir hukmiga tashlab, boshqa davlatga qochish taklifi berilganda o'ylab o'tirmay rad javobini beradi.


Ikkinchi marta esa u Varshavadagi gettodan o'z vatandoshlari qolib yolg'iz qochish taklifidan bosh tortadi.


"Mehribonlik uyi" ning barcha bolalarini fashistlar kontslagerga olib borish uchun poezdga solayotganda uchinchi marotaba taklif beriladi. Fashistlardan biri yozuvchiga yaqinlashib:


- "Qirol Mateush" asarini siz yozganmisiz? Men bu kitobni bolaligimda o'qiganman. Yaxshi kitob. Sizni ozod qilishim mumkin, - deydi.


- Bolalarni-chi?


- Bolalarni esa olib ketamiz. Ammo siz vagonni hoziroq tark etsangiz bo'ladi.


- Sizlar xato qilyapsizlar. Ilojim yo'q. Hamma odamlar ham yomon emas-ku!


Shu qisqagina suhbat zum o'tmayoq, poezd o'rnidan siljidi. Bolalarning qo'rquv aralash chinqirig'i, yig'i-sig'i olamni tutdi.


Bir necha kundan keyin Treblinka kontslagerida yozuvchi va yetimxona bolalarini gaz kamerasida zaharlab o'ldirishdi. O'lim oldidan esa Korchak ikki nafar kichik yoshdagi bolaning qo'lidan ushlagancha, ularga ertak aytib berganligi ayon bo'ldi.


Birgina shu voqea qonli urushlarning ayanchli oqibatlarini aks ettirdi.


Muqimboy ISMOILOV tayyorladi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs