Valyuta UZS
  • USD

    12 482.3869.4

  • EUR

    14 540.72154.08

  • RUB

    155.230.95

+29C

+29C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+29c

  • Hozir

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 01-September

+29C

  • Hozir

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • Dushanba, 01

    +29 +20

  • Seshanba, 02

    +30 +20

  • Chorshanba, 03

    +30 +20

  • Payshanba, 04

    +33 +20

  • Juma, 05

    +31 +20

  • Shanba, 06

    +32 +20

  • Yakshanba, 07

    +30 +20

  • Dushanba, 08

    +30 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
676 10:14 | 25.04.2025 10:14

Cavol: Pensiya yoshi oshdimi? Ijtimoiy tarmoqlarda yangi tartibga ko'ra, erkaklar 65 yoshdan, ayollar esa 60 yoshdan boshlab pensiya oladi, degan xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?


Savolga Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi,ekspert Muhammadamin Karimjonov javob beradi:


– Bu xabarlar asossiz. Ayrimlar pensiya va nafaqa tushunchalarini chalkashtirib yuborishi oqibatida bu noto'g'ri talqin qilinmoqda.


Pensiya yoshi bo'yicha qonunchilikda hali hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. Bu haqda yangi tartib yo'q.


  • Ko'pchilik pensiya va nafaqa tushunchalarini sinonim, deb hisoblaydi. Ya'ni pensiya nafaqa so'zining ruschasi, deb xato o'ylashadi (aslida, nafaqa rus tiliga “posobie” deb tarjima qilinadi).
  • Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar pensiya va nafaqa tushunchalarini adashtirib sinonim sifatida noo'rin ishlatishadi.

Xo'sh, bu ikki tushunchaning farqi nimada?


“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonuniga ko'ra, yetarlicha ish stajiga ega bo'lgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega. Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:


1. yoshga doir pensiya.


2. nogironlik pensiyasi.


3. boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.


Qonunning 7-moddasiga ko'ra erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda pensiya oladilar.


Belgilangan shartlar va me'yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo'lmagan shaxslar nafaqa olish huquqiga egalar.


Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida”gi Nizom nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, ularning turini o'zgartirish va to'lash tartiblarini belgilaydi.


Ushbu Nizom bo'yicha quyidagi nafaqalar tayinlanadi:


a) nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;


b) parvarishlash nafaqasi;


v) nogironlik nafaqasi;


g) boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi;


d) yoshga doir nafaqa.


Nizomning 19-bandiga ko'ra, yoshga doir nafaqa ayollarga 60 yosh (bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor (bo'lgan) onalarga esa 55 yoshdan) va erkaklarga 65 yoshga yetganda tayinlanadi.


Shuningdek, nafaqaning boshqa turlari ham bor: ishdan bo'shatish nafaqasi, ishsizlik nafaqasi, bolalar nafaqasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa va boshqalar!


  • Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, ma'lum ish stajiga ega bo'lgan fuqarolarga pensiya tayinlanadi hamda yetarlicha ish stajiga ega bo'lmagan qariyalar, nogironligi bo'lgan shaxslarga, shuningdek, kam ta'minlangan oilalar, ishsizsizlarga, shuningdek, mehnat shartnomasi bekor qilingan ayrim holatlarda va xodimning sog'lig'iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan nafaqalar beriladi.
Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1393 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1026 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 1307 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1305 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 11045 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 1027 21:55 | 12.10.2024