Ravshan Ermatov FIFA qo'mitasida mas'ul lavozimga tayinlandi
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025–2029 yillar uchun FIFA qo'mitasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
FIFA kengashining qaroriga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025–2029 yillar uchun FIFA'ning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo'mitasi (Football Technology, Innovation and Digital Transformation Committee) raisi o'rinbosari etib tayinlangan.
Qo'mitaga FIFA'ning Futbol texnologiyalari bo'yicha direktori Yohannes Holzmuyuller rahbarlik qiladi.
Shuningdek, O'FA Bosh kotibi Avaz Mahsumov Sohil futboli qo'mitasiga (Beach Soccer Committee), O'FA ayollar futbolini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o'rtasidagi musobaqalar qo'mitasiga (Women's National Team Competitions Committee) tayinlangan.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0