Sovrindorlar kutib olindi
25-30 mart kunlari Singapurda suv polosi bo'yicha U–20 yosh toifasida o'tgan Osiyo chempionatida qit'aning 8 ta davlat terma jamoalari g'oliblik uchun kurash olib bordi.
Olti kun davom etgan qizg'in bahslarda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 5-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, U–20 qizlar jamoamiz guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy natijalarga ko'ra, bronza medaliga sazovor bo'ldi. Musobaqada Xitoy jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Qozog'iston vakillari kumush medal' bilan taqdirlandi.
Ushbu natija qizlarimizga joriy yil bo'lib o'tadigan U–20 yosh toifasidagi jaxon chempionatiga yo'llanmani xam taqdim etdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz tantanali kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston suzish federatsiyasi mas'ullari, sportchilarning ota-onalari va yaqinlari xamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0