Valyuta UZS
  • USD

    12 413.79-52.65

  • EUR

    14 468.27-48.9

  • RUB

    154.86-0.56

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 23-August

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Shanba, 23

    +23 +20

  • Yakshanba, 24

    +22 +20

  • Dushanba, 25

    +19 +20

  • Seshanba, 26

    +21 +20

  • Chorshanba, 27

    +20 +20

  • Payshanba, 28

    +20 +20

  • Juma, 29

    +22 +20

  • Shanba, 30

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Sulton Sulaymon tomonidan shahzoda va uning besh o'g'li qatl etilgan: usmoniy Boyazidning ayanchli qismati

Usmonli turklar imperiyasi dunyo tarixidagi eng qudratli davlatlardan biri sifatida e'tirof etiladi. Ammo uning yorqin sahifalari orasida qon bilan yozilgan voqealar ham, afsuski bisyor. Imperiya sulton Sulaymon davrida naqadar yuksalib, taraqqiy etmasin, saltanat o'yinlari, toj-taxt fitnalari birodarkushlikka sabab bo'ldi.
O'zgacha rakurs
1129 16:02 | 25.04.2025 16:02

Usmoniylarning eng qudratli hukmdorlaridan biri o'zining ikki o'g'li va besh nabirasini o'ldirib yuborishga buyruq bergani esa, tarixning eng qora nuqtalari sanaladi. Sulton Sulaymon nafaqat, isyon ko'targan o'g'li Boyazidni, balki norasida besh nabirasiga ham rahm qilmaydi. Turkiya kinoijodkorlari tomonidan ishlangan “Muhtasham yuz yil” serialida ham aynan mazkur davr aks etgan.


Turk sultonlari ham ko'pchilik davlat rahbarlari kabi cheklanmagan hokimiyat va kuch-qudratga ega edi. Ularning haramida yuzlab joriyalar saqlanar, ayrim kanizaklar farzand ko'rishga, sultonning e'tiborini qozonishga va siyosiy o'yinlarga aralashishga muvaffaq bo'lardi. Sulton Sulaymon ham bir necha o'g'il farzandlar ko'rdi. Ammo davlat va toj bitta, shuning uchun valiahd ham bitta bo'lishi shart edi.


Tarixchilarga ko'ra, usmoniylarda “Fotih qonunlari” degan shafqatsiz qonun amal qilgan. Uni Istanbulni qo'lga olgan Mehmet Fotih qonunlar to'plamiga kiritgan. Ya'ni taxtga o'tkazilgan hukmdor turli fitnalar va urushlar, saltanat bo'linishining oldini olish uchun boshqa da'vogarlarni o'ldirish huquqiga ega bo'lgan. Bu qonun usmoniylar tarixidagi eng bahsli va qonli narsalardan biri edi.


Ta'kidlaganimizdek, Sulton Sulaymon serfarzand hukmdor edi. Boyazid 1525 yilda tug'ilgan va Sulaymonning to'rtinchi o'g'li bo'lgan. Boyazid asli slavyanlardan bo'lgan Xurram Sulton(Roksolana)dan dunyo kelgandi. Xurram esa avval sultonning suyakli kanizagi va keyinroq qonuniy xotini bo'lishni uddasidan chiqqandi. Boyazid butun bolaligini To'pqopida o'tkazdi va saroyda asosiy narsa kuch hamda hokimiyat ekanligini ko'rdi. Shahzoda shunchaki sultonning o'g'li bo'lib tug'ilish bilan taxtga ega bo'lolmasligini tushundi, lekin u buning uchun kurashishga tayyor edi. Boyazid harbiy fanlarni alohida qunt bilan o'rgangan va otasi bilan tez-tez yanicharlar (usmoniylar imperiyasidagi jangovar qism) korpusiga tashrif buyurgan. Yigit 1541 yilda birinchi harbiy yurishiga (Vengriyaga) jo'nadi. 16 yoshli shahzoda jasorat va zukkolik ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi, lekin u hech qachon hukmdorning sevimlisiga aylanmagan.


Asosiy muammolardan biri Boyazidning katta akasi shahzoda Mustafo edi. Sulaymon uzoq yillar Mustafoni (kanizak Mohidavronning o'g'li) o'zining asosiy vorisi deb hisoblagan. Keyinchalik sulton Mehmet (Xurramning to'ng'ich o'g'li) ulg'aygan sari uni o'zining davomchisi sifatida ko'ra boshladi. Ammo 1543 yilda Mehmet to'satdan vafot etadi. Xurramning o'yinlari va tinimsiz fitnalar sultonning barcha yosh merosxo'rlardan uzoqlashishiga olib keldi. Haramdagi cheksiz tortishuvlar, harbiy yurishlar va o'g'illarni viloyatlardan mansab berish uni charchatdi. Boyazid shu asnoda siyosiy o'yinlarga faol aralasha boshlaydi. U yanicharlar va boshqalar Mustafoni asosiy merosxo'r deb bilishlarini ko'rib, unga yaqinlasha boshladi. Ularning qalin do'stligi 1548 yilda Fors davlatiga qarshi harbiy yurish paytida boshlangan. Kampaniya muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, aka-ukalar yaqin aloqalarni davom ettiradilar. Bu esa Boyazid va uning ota-onasi o'rtasidagi kelishmovchilikning asosiy sababi bo'ladi. Xurram Boyazidning bir onadan tug'ilmagan Mustafoni afzal ko'rganini qabul qila olmaydi. Shuningdek, sulton Sulaymon ikkala merosxo'rni harbiy to'ntarishga tayyorgarlik ko'rishda gumon qiladi.


Sulaymon sulton umrining oxirida ikkilanishlar va qo'rquv girdobida qoladi. Dastlabki qurbon esa Mustafo bo'ladi. Manbalarga ko'ra, Xurram va kuyovi, vazir Rustam posho sultonni Mustafoga qarshi qo'zg'atib, uni fitna uyushtirganlikda va Sulaymonni taxtdan ag'darish maqsadida tartibsizliklar tashkil etishda ayblashadi. Ushbu qutqular sabab Sulaymon hayoti xavf ostida ekanligiga ishondi va o'g'lini qatl qilishni buyurdi. Mustafo otasi bilan chodirda uchrashmoqchi bo'lganda soqov jallodlar tomonidan qatl etiladi. Oradan bir necha kun o'tib Mustafoning yetti yoshli o'g'li Mehmet ham qatl etildi. Lekin Mustafo haqiqatan ham sultonni ag'darish niyatida bo'lganmi yoki yo'qmi, bu sirligicha qoldi. Uning onasi Mohidavron Sulton o'g'lining umrining oxirigacha uni siyosiy dushmanlardan himoya qilishga urinib ko'rdi va hatto buning uchun maxsus axborot to'plovchilarni ham yollagan. Elchi Trevisano 1554 yilda Mustafo qatl etilgan kuni Mohidavron unga otasi uni o'ldirmoqchi ekanligi haqida eslatma yuborgan, biroq Mustafo onasi va do'stlarining ogohlantirishlariga e'tibor bermagan. Shu tariqa fitnalarga uchgan Sulaymon ilk bor o'z qo'lini farzandi qoni bilan bo'yadi.


Ammo bu hali hammasi emasdi. Oldinda sultonni bundan battar qonli va ayanchli voqealar kutib turardi.


1558 yilda Xurram vafot etadi. Boyazidni sulton qahridan asrab turgan onaning o'lishi vaziyatni yanada keskinlashtirib yuboradi. O'g'illar o'rtasidagi kurash avjiga chiqadi. Orada soxta Mustafo isyoni yuz beradi. Alg'ov-dalg'ovlardan charchagan sulton merosxo'rlarini eng uzoq viloyatlarga yuborishga qaror qiladi va shuning uchun Boyazid ilgari Mustafo hukmronlik qilgan Amasiyaga ketadi. Shahzoda u yerda yanicharlar qo'shinini to'play boshlaydi va Sulaymon buni isyonga urinish deb biladi. U Boyazidning akasi Selim ukasining oldiga yuboradi. Natijada otasining g'azabidan qo'rqib Boyazid Fors davlatiga qochadi, u yerda o'g'illari bilan panoh topadi. Ammo Eron shohi shahzodani siyosiylar muzokaralar qurboniga aylantiradi.


Uzoq muzokaralardan so'ng, shoh saltanatining azaliy raqibi sulton Sulaymonga o'g'li va nevaralarini berishga rozi bo'ladi. Manbalarga ko'ra. Eron shohi yarim million oltin tanga evaziga isyonkor shahzodani topshirishga rozi bo'ladi. Boyazid va uning o'g'illari shoh Tahmasp ziyofatida qo'lga olinadi va usmoniylarga topshiriladi. Tarixchilarga ko'ra, Boyazidning otasiga emas, balki akasining oldiga yuborilishiga ishonib, Usmonliylarga taslim bo'lishga rozi bo'lgan. Shahzoda otasi va akasining elchilari oldiga oddiy eski libosda, yirtilgan bosh kiyimda va soqolini oldirgan holda chiqdi - bularning barchasi uning tahqirlanishi va qulashi ramzi edi. Asirlarning shaxsi aniqlangach, ular Qazvindagi ot poygasi o'tkaziladigan maydonda o'ldirildi. Barcha shahzodalar — avval Boyazidning o'zi, so'ng o'g'illari bo'g'ilib o'ldirilgan. Hatto eng kichik, uch yoshli bolaga ham rahm qilinmadi. Tarixchi Alderson bu voqea 1561 yil 25 sentyabrda sodir bo'lganligini ko'rsatadi. Bidlisiyning yozishicha, jasadlar tobutga solingan va aravada Vanga olib ketilgan, u yerdan dafn qilish uchun dastlab Istanbulga olib ketilishi rejalashtirilgan. Ammo yo'lda Sulaymondan ularni shahar tashqarisidagi Sivasda dafn etish to'g'risida buyruq keldi. Bidlisiy yozganidek, Boyazid va uning o'g'illari Sivas yaqinida, shaharning g'arbida, yo'l yoqasiga dafn etilganlar.


Agar shahzoda Boyazidning shaxsiy hayoti haqida gapiradigan bo'lsak, uning farzandlarining soni va rafiqalarining ismi ham ishonchli emas - ba'zi manbalarda to'qqizta, boshqalarda 11 nafar farzandi borligi aytiladi.


Irodali, mag'rur, mag'rur – Boyazid hamisha sulton va onasining bosh og'rig'i edi. Mustafo bilan yaqinlashish unga shafqatsiz taqdir sinovi bo'ldi - u asosiy shahzodaning muvaffaqiyatiga ishondi, ammo oxir-oqibat u kabi otasining qo'lida halok bo'ldi. Boyazidning kinodagi hayoti real tarixdan unchalik ham farq qilmaydi. Boyazidning asosiy fojiasi – uning begunoh besh norasida o'g'lining o'limi ham edi. Besh go'dakning qatl etilishi usmoniylar tarixidagi eng qayg'uli voqealardan biri sifatida tarixda qoldi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs