+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish
Siyosat
384 11:55 | 08.06.2026 11:55

Abdusattor Otabaev Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U 1976 yilda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, harbiy xizmatchi vazifasida faoliyat olib borgan, deya xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, Elmurod Ismoilov viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

U 1987 yilda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan Ismoilov mazkur tayinlovga qadar Andijon viloyati hokimligining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Ayni paytda Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi ham vakant turibdi. Avvalroq mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelgan Isomiddin Ismanov qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan ish qo‘zg‘atilganligi xabar qilingan edi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 2871 11:30 | 13.09.2023