Shuhrat Abdurahmonovning barcha o'rinbosarlari qat'iy ogohlantirildi
O'tgan yilda Andijon viloyati hokimligi tomonidan tuzilma apparati hamda tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirokida ijro intizomi masalasi 82 marotaba muhokama qilingan.
viloyat hokimining birinchi o'rinbosari D.To'lanovning xalq deputatlari viloyat kengashiga qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdim etgan hisobotida qayd etilishicha, 2025 yilda ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali Andijon viloyatiga jami 1 ming 663 ta hujjat kelib tushgan. Mazkur hujjatlar doirasida 14 ming 977 ta topshiriq ijroga qaratilgan. Topshiriqlarning 13 ming 243 tasi bajarilgan, 1 ming 734 tasining ijrosi davom etmoqda.
Kengash hokim o'rinbosarining hisobotini ma'lumot uchun qabul qilib, qonunchilik hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi o'z muddatida bajarilishida shaxsiy nazoratni yetarli darajada tashkil etmaganligi va bu borada kamchiliklarga yo'l qo'yayotganligi uchun viloyat hokimining barcha o'rinbosarlarini qat'iy ogohlantirgan.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0