Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +15 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +15 C

  • 10:00

    +16 C

  • 11:00

    +16 C

  • 12:00

    +16 C

  • 13:00

    +17 C

  • 14:00

    +17 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 04-April

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +15 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +15 C

  • 10:00

    +16 C

  • 11:00

    +16 C

  • 12:00

    +16 C

  • 13:00

    +17 C

  • 14:00

    +17 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +15 C

  • Shanba, 04

    +15 +20

  • Yakshanba, 05

    +13 +20

  • Dushanba, 06

    +12 +20

  • Seshanba, 07

    +13 +20

  • Chorshanba, 08

    +11 +20

  • Payshanba, 09

    +10 +20

  • Juma, 10

    +10 +20

  • Shanba, 11

    +10 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ulug'bek xazinasi Hazrati Bashirda(mi?)

Bu qishloq qadimda Kosatarosh deb atalgan. Purviqor tog'lari, osmonga bo'y cho'zgan chinorlari, 200-300 yillik yong'oqlari salobat to'kib, tabiatiga o'zgacha chiroy baxsh etgan bu mo''jaz maskan yuqoridan qaraganda xuddi duoga ochilgan qo'lga o'xshaydi.
Jamiyat
1052 23:11 | 16.04.2025 23:11

Yuzlab buloqlardan chiqqan zilol suvlaridan ichsangiz, tanangiz rohatlanadi. Qishloqning chap tarafidagi tog'lar Taxtiqoracha dovoniga ulanib ketadi. Aslida shu tog'lar biz ta'rifini keltirayotgan maskanni Samarqandviloyatining Urgut tumanidan ajratib turadi. Bu yerda Poyi Temur nomi bilan ataluvchi tog'lar orasidan o'tgan yo'l ham bor. Mahalliy aholining aytishicha, temuriylar davrida Buyuk Ipak yo'lining bir tarmog'i .


– Taxtiqoracha dovoni yo'lining so'qmoqlaridan biri shu qishloqdan o'tgan.


Biz qishloqqa yetib borganimizda soat tonggi sakkizlar atrofida edi. Markazdan o'tgan yo'ldan o'quvchilar maktab tomon oshiqishardi. Qishloq o'rtasidan to'lqinlari toshlarga urilib oqayotgan daryoning shovullashi eshitiladi. Mahalliy aholidan biri bilan salom-alik qilib, hol-ahvol so'raymiz. Undan qishloq haqida, daryo haqida nimalarnidir bilib olgimiz keladi.


Nomi nega Qashqadaryo?


– Daryoning nomi – Qashqadaryo. Daryo bizning qish­log'imizdan boshlangan. Qishloq, uning tarixi haqida to'g'risi, bir nima deyishim qiyin, – deya yo'lida davom etadi u.


Biz ham biroz atrofga alanglagancha, uning izidan yo'rg'alaymiz. 50-60 qadam odimlashimiz bilan kimdir tomoq qirib, soya beradi. O'zini Parvozxon Ibrohimov deb tanishtirgan bu kishini ham suhbatga tutamiz. Bizni dastlab qiziqtirgani daryoning nomi bo'ldi.


– Tojikistonning Forob qishlog'idan bir soy keladi, – deydi u. – 3 chaqirimcha yuqorida Qorabuloq nomli chashma bor. Bahor, yoz oylarida katta hajmda suv chiqadi. Tepasida ming yillik chinori bor. Shu chinorlar orasidan sizib chiqadigan suv Forobdan boshlangan soyga qo'shiladi va oppoq to'lqinlar hosil qiladi. U xuddi otning qashqasiday ko'rinadi. Shunga nisbat berilib, daryoning nomi Qashqadaryo deb atalgan.


Shundan so'ng Parvozxon Ibrohimov hamda shu yerlik Nozim Boboev hamrohligida buloq boshiga boramiz.


– Qishlog'imiz qadimiy maskan, – deydi Nozim Boboev buloq boshida turib va qo'li bilan bir tepalikka ishora qiladi. – Bu tepalik qadimdan Qo'rg'on deb ataladi. U yerdan kulolchilik buyumlari topilgan, sopol quvur parchalari chiqqan. Demak, qaysidir davrlarda u yerga obihayot chiqarilib, obod qilingan. Hunarmandlar uchun bir go'zal maskan bo'lgan.


Bu qishloq ayni paytda Hazrati Bashir nomi bilan mashhur. Bu yerda Hazrati Sulton Said Ahmad Bashir tavallud topgan va yashab o'tgan.


Hazrati Bashir kim?


Rivoyatlarga ko'ra, Amir Temurning pirlari Mir Said Baraka va u kishining ukasi Said Ne'matulloh Valiy saroyda ularga nisbatan tarqalgan turli fitnalardan qochib, Samarqandni tark etish maqsadida yo'lga otlanishadi. Bundan xabar topgan Sohibqiron ularni ortga qaytarish uchun boradi. Taxtiqoracha dovonida Said Barakani uchratgan amir uni qaytarib, saroyga olib ketadi, biroq Said Ne'matulloh yo'lida davom etadi. Yo'lda, Kosatarosh qishlog'ida Xoja Hasan va uning rafiqasi Bibi Malohatni piyozni o'toq qilayotgan holatda uchratadi.


– O'shanda Xoja Hasan 90, Bibi Malohat esa 80 yoshda bo'lgan, – deydi Hazrati Bashir ziyoratgohi rahbari Azamat Hayitov. – U kishi karomat ko'rsatib, duo qilganida piyozlar orasidagi yovvoyi o'tlar o'z-o'zidan yo'qoladi. Buni ko'rgan Xoja Hasan u kishiga farzandlari yo'qligini, qartaygan chog'larida ham o'zlari dehqonchilik bilan tirikchilik qilishlari haqida so'zlab beradi. Said Ne'matulloh Valiyning duosi bilan ularga Alloh farzand ato etadi. Unga Said Ahmad Ali deb ism qo'yishadi. Onalari qari bo'lgani uchun hazrat sutsiz katta bo'ladi va uni Bashir, ya'ni sutsiz deya atay boshlashadi. Kosatarosh ham Hazrati Bashirning vafotidan so'ng uning nomi bilan ataladigan bo'ladi.


«Qashqadaryo qishloqnomasi» kitobida esa Bashir qadimiy etnonim, o'zbek urug'laridan biri ekani haqida fikrlar keltirilgan.


Said Ahmad Ali, ya'ni Hazrati Bashir 1368 yilda tug'ilib, 1464 yilda vafot etgan. U shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqat bobida karomat egasi bo'lib yetishgach, ta'riflarini eshitib, bir tomoni Misr, bir tomoni Mo'g'ulistongacha bo'lgan musulmon olamining turli burchaklaridan ko'p­lab kishilar kelib, Hazrati Sulton Said Ahmad Bashir otaga shogird tushadilar. Naqshbandiya ta'limotida Bahouddin Balogardondan keyingi buyuk siymo bo'lgan bu zotga 360 nafardan ziyod shogirdi bo'lgani uchun Shayx Buzrukvor Hazrati Sulton nomi berilgan.


U kishining qoldirgan merosi va tariqatlari Islom olamida muhim ahamiyatga hamda o'z o'rniga ega.


Mirzo Ulug'bek va Hazrati Bashir


Hazrati Bashir davrida Bashir qishlog'i ma'rifat o'chog'iga aylangan. U kishining ziyoratiga o'z davrining ilm-ma'rifat homiysi, ulug' davlat arbobi Mirzo Ulug'bek ham tez-tez kelib turgan. Hazrati Bashirni o'ziga pir bilib, u kishining suhbatlari va maslahatlariga ehtiyoj sezgan.


1449 yili Haj safariga otlangan Mirzo Ulug'bek Hazrati Bashirning duosini olib ketishni ixtiyor etadi. Biroq qishloqdan uzoq bo'lmagan masofada joylashgan Padarkush tog'ida qatl etilgan. Ushbu mash'um hodisadan so'ng Mirzo Ulug'bekning boy ilmiy merosi va shogirdlari hayoti ham tahlika ostida qoladi. Hazrati Bashirga ziyon yetkazolmaslik­larini anglagan Ali Qushchi esa Taxtiqoracha dovoni orqali Kosatarosh qishlog'iga, shayxning huzuriga keladi. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, Mirzo Ulug'bek vafotidan keyin u qurdirgan rasadxona vayron qilingach, Ali Qushchi rasadxona ­seks­tantini Bashir qishlog'idagi Niyoztepaga ko'chiradi. Shu yerda qurilgan, «poyirasad»da yulduzlar ustida so'nggi kuzatuv ishlarini olib boradi.


– Mirzo Ulug'bek bobomizning boy ilmiy kutubxonalarini Samarqand shahridan shogirdi Ali Qushchi olib chiqib ketgani haqida manbalar bor, – deydi Azamat Hayitov. – Aytilishicha, olim u merosni g'orga yashirgan. Qishlog'imizda va qishlog'imizga kelguncha ham g'orlar ko'p. Hazrati Bashirning o'zlari ham g'orda yashagan. Lekin o'tgan asrning 30-yillarida cho'qqilar etagida aholiga noma'lum bo'lgan g'orga o'xshash joy topilgan. Odamlar mash'alalar bilan uning ichkarisiga kirishganida, kishini vahimaga soluvchi ovoz eshitilgan. Ehtimol, u suvning tovushi bo'lgandir. O'sha davr odamlari «Bu g'orda ajdarho bor», deb uning og'zini yopib tashlashgan. Ayni paytda u g'orning og'zi aholining uy-joylari ostida qolib ketgan. Mutaxassislar izlanish olib borishsa, ehtimol, Ulug'bek xazinasi yoki u bilan bog'liq ma'lumotlar shu qish­loqdan topilishi mumkin.


Hazrati Bashir qishlog'i Kitob tumani markazidan 35 chaqirim masofada joylashgan. Bu manzildan bitta oldingi qishloq esa olimning yashab o'tgan joyi hurmatiga Ali Qushchi deb nomlangan.


Varganza anoriga «duo ketgan»mi?


Varganzaliklar yetishtirgan anor o'z ta'mi va ko'rinishi bilan nafaqat Qashqadaryoda, balki res­publikamizda ham mashhur. Bu yerlik bog'bonlar yetishtirgan anor xalqaro bozorda ham xaridorgir. Kitobliklar esa Varganzaning anorini boshqa joyga eksa, bunday hosil olib bo'lmasligini aytib, «Varganza anorlariga duo ketgan», deyishadi.


Xo'sh, bu mevaning ayni shu qishloqda shirin va sarxil bo'lib yetilishining sababi bormi?


Hazrati Bashir qishlog'idagilar buni Hazrati Bashirning karomati bilan bog'lashadi.


– Qishlog'imizda Qizil qoya g'ori bor, – deydi Parvozxon Ibrohimov. – U yerni Hazrati Bashir makon tutib, yashaganlar. G'orga kirish joyida o'sha paytda toshlarni yorib, bir tup anor o'sib chiqadi. O'sha daraxt hozirgacha bor. Hazrat toshni yorib chiqqan bu anorda bir karomat bo'lishi kerak degan o'yda uning novdalarini olib, pastga tushadilar. Ko'p joylarga ekib ko'radilar. Lekin aynan shu Varganza qishlog'iga o'tqazilgani meva beradi. Hosili mo'l-ko'l va betakror shirin ta'mga ega bo'lgani uchun mahalliy aholi anorchilikni tez o'zlashtiradi.


Ayni paytda qishloqda 2 ming gektarga yaqin anorzorlar bor.


Gavjum ziyoratgoh va turizm imkoniyatlari


Hazrati Bashir qishloqdagi Niyoztepada dafn etilgan. Qabri oldidagi archa daraxti u kishining hassasi bo'lgan. Hazrati Bashir ota hassasini uloqtirib, «Qaerga borib tushsa, o'sha joy mening qabrim bo'ladi», degan ekan. Hassa yo'g'on tomoni bilan yerga qadalib qolgan va shuning uchun boshqa daraxtlardan farqli o'laroq uning pastki tomoni ingichka, yuqori tomoni yo'g'on ko'rinadi. Hazrati Bashir «Mening so'nggi manzil-makonim shu Niyoztepa bo'ladi», deb, u yerga yuzdan ziyod pista daraxtlarini ekib, parvarishlagan. Ushbu daraxtlar asrlar silsilasi va tabiatning turfa hodisalariga chidab, hamon salobat to'kib turibdi. Ziyoratgohda Shayx hayotligi davrida mo'g'ul xoni – Hazrati Bashirga shogird tutinib shu yerda qolgan, Said Jamoliddin nomi bilan atalgan avliyo tomonidan ekilgan chinor va uning ostidan sizib chiquvchi buloq bor. Said Jamoliddin qabri ham shu ziyoratgoh hududida joylashgan. Ayni paytda Kof­lotun deb ataluvchi Hazrati Bashir mahallasi tarkibiga kiruvchi qishloqda Hazrati Bashirning otasi Xoja Hasanning qabriga ham maqbara o'rnatilib, ziyo­ratgohga aylantirilgan.


– Said Xoja Hasan shu yerda yashagan va dafn etilgan, – deydi Azamat Hayitov. – Shu yerda dehqonchilik qilib, tasavvuf ilmi bilan shug'ullangan komil shaxslardan biri bo'lgan. Quyida bir buloq bor. Hazrati Bashir ota tug'ilganlarida onalaridan sut kelmaganida o'sha buloq suvini ichib ulg'ayganlar.


Keyingi yillarda qishloqda ziyorat turizmini rivojlantirish, sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda qishloqda 20 ga yaqin mehmon uylari faoliyati yo'lga qo'yilgan.


– Turizmni rivojlantirishga e'tibor qaratilganidan keyin odamlarning muqaddas qadamjolarga bo'lgan qiziqishi ortdi, – deydi Azamat ­Hayitov. – Bahor, yoz oylarida kuniga 10 minglab ziyo­ratchilar keldi. Maqsadimiz bu ko'rsatkichlarni yanada oshirish. Qishloqda mehmon uylarini keskin ko'paytirish va zamonaviy mehmonxonalar qurishni rejalashtirganmiz.


Ha, yurgan daryo, deydi xalqimiz. Qashqadaryoning boshlanish qismi – Hazrati Bashir qish­log'ida bo'lib, uning go'zal tabiati bilan yaqindan tanishdik. Qashqadaryo sohillari bo'ylab kezar ekansiz, bu kabi betakror manzaralar behisob ekaniga guvoh bo'lasiz. Nasib bo'lsa, ular haqida ham sizga hikoya qilib beramiz.


Bahodir HALIMOV
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2149 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1825 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2349 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2118 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat