Valyuta UZS
  • USD

    12 586.4154.63

  • EUR

    14 758.82220.7

  • RUB

    160.420.6

+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+33c

  • Hozir

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 29-June

+33C

  • Hozir

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • Yakshanba, 29

    +33 +20

  • Dushanba, 30

    +35 +20

  • Seshanba, 01

    +36 +20

  • Chorshanba, 02

    +37 +20

  • Payshanba, 03

    +40 +20

  • Juma, 04

    +42 +20

  • Shanba, 05

    +36 +20

  • Yakshanba, 06

    +36 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekiston va Gruziya hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev chorshanba kuni O'zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Siyosat
511 09:42 | 06.03.2025 09:42

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvilining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.


Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.


Parlamentlar va hukumatlar darajasidagi aloqalar faollashgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024 yilda o'zaro tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi, qo'shma korxonalar soni va yuk aylanmasi hajmi ko'paydi. Poytaxtlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviareyslar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Gumanitar yo'nalishda o'tgan yili Tbilisi shahrida O'zbekiston madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli o'tkazildi.


Suhbatda shu kunlarda Toshkent shahrida o'tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishining yakunlari yuksak baholandi.


Tovar ayirboshlash sur'atini saqlab qolish, eksport va import mutanosibligini ta'minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka faol jalb qilish bo'yicha o'zaro muvofiqlashgan choralar ko'rish muhimligi qayd etildi.


Raqamlashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sheriklik va almashinuvlarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.


Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida kelgusida O'zbekiston va Gruziya hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1745 11:30 | 13.09.2023