Valyuta UZS
  • USD

    12 586.4154.63

  • EUR

    14 758.82220.7

  • RUB

    160.420.6

+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+32c

  • Hozir

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 29-June

+32C

  • Hozir

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • Yakshanba, 29

    +32 +20

  • Dushanba, 30

    +34 +20

  • Seshanba, 01

    +35 +20

  • Chorshanba, 02

    +36 +20

  • Payshanba, 03

    +39 +20

  • Juma, 04

    +41 +20

  • Shanba, 05

    +35 +20

  • Yakshanba, 06

    +35 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekiston va Kuvayt yetakchilari keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish bo'yicha kelishib oldilar

Prezident Shavkat Mirziyoev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish'al as-Saboh 17-fevral kuni Al-Kuvayt shahridagi «Al-Bayan» saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a'zolari ishtirokida muzokara o'tkazdilar.
Siyosat
832 17:14 | 17.02.2025 17:14

Suhbat avvalida O'zbekiston yetakchisi ko'rsatilayotgan samimiy qabul va yuksak e'tibor uchun Amirga minnatdorlik bildirib, Kuvayt yetakchisi va do'st xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayramlar bilan dildan qutladi.


O'zbekiston bilan Kuvayt o'rtasidagi do'stlik va ko'p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.


Prezident Mirziyoev Kuvaytda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan, maqsad va vazifalari Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining uzoq muddatli ustuvor yo'nalishlariga hamohang bo'lgan «Nigoh 2035» davlat dasturini alohida qayd etdi.


Faol siyosiy muloqotlar va idoralararo almashinuvlar, o'zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan ta'kidlandi.


O'tgan yili Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig'ilishi samarali o'tkazildi, qator muhim ishbilarmonlik tadbirlari tashkil etildi.


Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


«Yashil» energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo'jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog'liqni saqlash, turizm sohalari amaliy hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilandi.


Qo'shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Investitsiya platformasi va Ishbilarmonlar kengashi kabi mexanizmlarni yo'lga qo'yish, shuningdek, Al-Kuvayt shahrida savdo uyini ochish bo'yicha kelishuvga erishildi.


Yangi sheriklik dasturi doirasida Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan loyihalar portfelini kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.


Bundan tashqari, O'zbekiston va Kuvaytda madaniyat va turizm haftaliklarini o'tkazish, ikki mamlakat vakillarining san'at, musiqa, kino, ta'lim va sport sohalaridagi madaniy-gumanitar tadbirlarda faol ishtirok etishiga ko'maklashishga kelishib olindi.


Uchrashuvda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Qo'shilmaslik harakati va boshqa nufuzli tuzilmalar doirasida o'zaro qo'llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.


Joriy yil may oyida Samarqand shahrida o'tkaziladigan «Markaziy Osiyo - Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» muloqoti sammitiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.


Etakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.


Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaror qildilar.


Muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Kuvayt Amirini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1744 11:30 | 13.09.2023