Valyuta UZS
  • USD

    12 208.0832.74

  • EUR

    14 116.2052.46

  • RUB

    155.000.71

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +12 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +15 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +13 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 08-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +12 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +15 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +15 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +13 C

  • Chorshanba, 08

    +12 +20

  • Payshanba, 09

    +14 +20

  • Juma, 10

    +14 +20

  • Shanba, 11

    +15 +20

  • Yakshanba, 12

    +16 +20

  • Dushanba, 13

    +16 +20

  • Seshanba, 14

    +16 +20

  • Chorshanba, 15

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ipak qurti boqishdan dovon oshish to‘rt karra osonroq — pillakor o‘zbek oilasidan fotohikoya

Pillachilik – eng mehnat va sevgitalab sohalardan biri. Kichik detalga e'tiborsizlik ham komfortsevar pillaqurtlarni arazlatishi mumkin. Qarabsizki, hosil siz o'ylaganday chiqmaydi. Axir, nima eksang shuni o'rasan, deb bejiz aytishmagan. Lekin pillachilikda "ekish"dan "o'rish"gacha bo'lgan mashaqqatdan to'rt karra dovon oshish osonroq.
Jamiyat
1102 14:33 | 29.05.2024 14:33

Aprel oyi oxirida O'zbekistonda pilla boqishning yangi mavsumi boshlanib, 30-40 kun davom etadi. Pilla olinadigan ipak qurti odatda qishloq uylarida yoki tutzorlarga yaqin joylashgan alohida shiyponlarda boqiladi. Uni yetishtirishda oilaning bir yoki bir necha a'zosi (kasanachilar yoki pillakorlar) qatnashadi. Kasanachilar ipak qurtini tut barglari bilan boqadi.


Bu jarayonda tegishli tozalik, harorat va namlik ta'minlanishi kerak. Ko'pchilik pillaxonalarni elektr isitgichlar, gaz yoki o'tin pechlari yordamida isitadi. Ipak qurti kattargani sari og'zida ipak tolasiga aylanadigan yopishqoq modda hosil qilib, undan pillaga aylanadi.


Pilla tayyor bo'lgach, ularni kasanachilar tut shoxlaridan qo'llari bilan terib olishadi. Ko'pincha qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug'lar pilla terimiga taklif qilinadi.


Mana shunday mashaqqatni o'z zimmasiga olgan va har yili bu vazifani a'lo darajada uddalayotgan oilalardan biri Farg'ona viloyati, Bog'dod tumanida istiqomat qiluvchi Ibragimovlar oilasidir. Ular 4 yildan buyon pilla tutishadi va bu safar oldingi yillardan ko'proq hosil kutishmoqda. Xonadon egalaridan biri 75 yoshli Mehriniso buvining aytishicha, kelinligidan pilla tutib qarigan va ma'lum muddatdan so'ng bu hunarni kelini Guljamol Ibragimova davom ettiryapti.


– Qaynona kelinning tuprog'i bir joydan olinadi, deb bekorga aytishmaydida. Shu kelinimning yaxshisi ham yomoni ham o'zimniki.


Bu yil toza mehnat bo'ldi. Hamma ishni cholim bilan o'zi qildi. Shunday bo'lsa ham, bu jarayonda hammaga ish topiladi, kattadan tortib kichikkacha vazifalimiz.


Bu yil 4 quti qurt olganmiz. Ularga bir kunda ikki marta tut barglari tashlanishi kerak. Quyosh chiqmasdan sahar 04:00 dan 06:00 gacha va shom vaqtida 16:00 dan 19:00 gacha 3-4 etakdan tut bargi toshiladi. Mening ishim oson, ular kelguncha qurt boqilayotgan xonani shamollataman, supuraman. Nabiralar namligini saqlash uchun barg o'ralgan etaklarni ho'llashadi. Agar ho'llanmasa, barg tez qurib qolishi mumkin. Qurt qurigan barglarni yemaydi, ularga yangilarini berish kerak.


Bundan tashqari, nabiralarim taxta raflardan tushib ketgan qurtlarni terib, joyiga qo'yadi. Agar ular darhol joyiga qo'yilmasa, chumolilarga yem bo'lishi mumkin. Qurt uchinchi uyqudan uyg'onganidan so'ng eng qiyin paytlar boshlanadi. Сholim bilan kelin traktorda barg tashishga o'tishadi. Keyin darrov qurtlarni oziqlantirishimiz kerak, bu taxminan 2 soat vaqtimizni oladi. Shundan so'ng xonani yana tozalash, shoxlarni ehtiyotkorlik bilan tortib olish kerak bo'ladi. Ba'zan qiynalganimizdan, qilmasak bo'larkan deymiz. Umuman olganda, bu qurtlarga kuniga 24 soat vaqt sarflasangiz ham oz ko'rinadi – deydi Mehriniso Ibragimova.


Va nihoyat mehnat hosili olinadigan pilla terimi ham alohida toliqtiruvchi jarayon. Bunda hashar tarzida butun qo'ni-qo'shni, qarindosh- urug' yordamga keladi. Bugun Mehriniso buvining barcha farzandlariyu yaqin kishilari shu yerda: – Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo'shni yaxshi deyishadi, 3 kundan beri terim bo'lyapti, qo'shnilar doim yonimda, mana qizim bugun keldi–deydi hazil aralash Mehriniso xola.


Xonadonda hashar qizigan, bolalardan kattalargacha tinim yo'q. Kichkinalar pilla toshib, o'lchov ishlarini qilishsa, ayollar tezkorlik bilan pillalarni terishadi. Yana kimdir esa oshga unnagan.



Pillakorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan biri, bir oy pilla boqsa, bir yillik mehnat stajiga ega bo'lish imkoniyatidir.


O'zbekning bir so'mi ham hisobli, deyishganiday Guljamol opaning aytishicha, hosil puli xususiy universitetda o'qiydan qizining kontraktiga yo'naltirilar ekan. Katta oilaning bir oylik mehnati bir qizning ta'limi uchun investitsiya sifatida ishlatilayotganini ko'rib bugun jamiyatda Ibragimovlarday oilalar ko'payayotganidan xursand bo'lasan.


E'zoza Umurzoqova,
Ishonch.uz
PressPhoto.Uz fotoagentligi
bilan hamkorlikda tayyorlandi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2160 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1840 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2370 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2129 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat