+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ishonch doktrinasi  Yangi O'zbekiston tashqi siyosati haqida o'ylar

2024 yilda 9 ta xalqaro reytingda O'zbekistonning o'rni yaxshilandi. Jumladan, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O'zbekiston 2024 yilda avvalgi hisobot davriga nisbatan 6 pog'onaga ko'tarilib, 193 davlat orasida 63-o'rinni egalladi. Elektron hukumat sohasida rivoj­lanish bo'yi­­cha «yuqori» guruhdan «juda yuqori» guruhga ko'tarilgan 17 davlat qatoridan joy oldi.
Siyosat
426 16:56 | 26.03.2026 16:56

Buzilgan sukunat


2016 yili – O'zbekiston o'z tarixining yangi bosqichiga qadam qo'ygan bir paytda mintaqa elitasi xayolida endi nima bo'ladi, degan savol muttasil aylangan paytlarni yaxshi eslayman. O'sha paytlar ko'pchilik mutaxassislar tashqi siyosat ehtiyotkor va yopiq qolishini, keskin burilishlar yoki yangi diplomatik qadamlar qo'yilmasligini bashorat qilgan edi. Ammo O'zbekiston nafaqat mintaqani, balki butun dunyoni hayratga soldi. Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelgach, mamlakatimiz zaxira o'rindig'idan turib, asosiy o'yinga qo'shildi: tashqi siyosat rasmiyatchilik maqomidan O'zbekistonning chinakam geosiyosiy tiklanish vositasiga aylandi.


Davlatimiz rahbarining 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi O'zbekistonning to bugungi kunga qadar samarali davom etayotgan asosiy tashqi siyosat doktrinasiga asos soldi:


«O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyo­satida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu – har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir.


Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir.


Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir.


O'zbekiston o'zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlashning qat'iy tarafdoridir.


Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo'yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz».


O'zbekiston Prezidentining ushbu otashin so'zlari mamlakatimiz tarixidagi yangi diplomatik davrni boshlab berdi.


Yangi O'zbekiston yangi tashqi siyosiy mantiq


Nazarimda, ko'pchiligimiz Yangi O'zbekiston atamasining tub mohiyatini hali-hanuz to'liq anglab yetmagandekmiz. vaholanki, biz bugungi notinch zamonda o'zimizning iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy salohiyatimizni oshirmay turib, davlatimiz rahbari ta'kidlayotgan Yangi O'zbekistonni qura olmaymiz. Ya'ni, «Yangi O'zbekis­ton» doktrinasi dunyo siyosatidan uzilish, faqat o'z ichki imkoniyatlarimizga suyanishni emas, aksincha, xalqaro hamkorlikni, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egallashini, iqtisodiy, ilmiy salohiyatini ro'yobga chiqarishni, ishonch­­ni xalqaro kapital sifatida qo'llashni taqozo etadi. So'nggi yillarda ushbu pragmatik yondashuv qaysidir ma'noda o'z samaralarini ham bera boshladi: ishonch xalqaro munosabatlardagi yangi valyutaga aylandi, mamlakatimiz ushbu valyutani topish va undan qanday oqilona foydalanish yo'llarini o'rgandi.


Mamlakatimiz so'nggi yillarda dunyoning ­ko'plab yetakchi davlatlari bilan o'zaro manfaatli siyosiy, iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirishga jiddiy e'tibor beryapti. Zero, Prezidentimizning O'zbekistonni barqaror rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish kabi ezgu maqsadlarini amalga oshirish uchun yangi investitsiyalar, yangi ish o'rinlari, qudratli sanoat, mintaqaviy xavfsizlik masalalari ham suv va havodek zarur.


2017 yildan buyon mamlakatimiz tashqi savdosi deyarli ikki barobardan ziyodga oshdi, diplomatik xaritasi esa vengriyadan to Indoneziyagacha bo'lgan 10 dan ziyod yangi elchixonalar bilan boyidi.


Prezident geosiyosat sub'ekti sifatida


Shavkat Mirziyoev O'zbekiston tashqi siyosatining faqat ohangini emas, balki mohiya­tini ham tubdan o'zgartirdi. U diplomatiya­­ni faqat tashqi faoliyat idoralariga singdirmadi, uni o'z siyosiy irodasining uzviy davomiga aylantirdi. Afg'oniston bilan bog'liq muzokaralarda ishtirok etishdan tortib, Termizdagi sammitlargacha bo'lgan ko'plab jarayonlar shaxsan Prezidentimizning tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. O'tgan yili Qozog'iston Prezidenti Qosim Jo'mart To'qaevning davlatimiz rahbariga yo'llagan tabrigida shunday so'zlar bitilgan:


«Siz olib borayotgan bunyodkor siyosat va oqilona rahbarligingiz bois bugun Siz xalqingizning umume'tirof etilgan yetakchisiga aylangansiz, xalqaro hamjamiyatda munosib ravishda yuksak nufuz va obro'-e'tiborga egasiz.


Ishonchim komilki, Siz belgilab bergan strategik yo'nalishga qat'iy amal qilgan hamda muhim tashabbuslar va islohotlarni samarali amalga oshirgan holda, qardosh o'zbek xalqi Siz ko'zlagan yuksak maqsadlarga – taraqqiy etgan Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadiga albatta erishadi.


Men o'rtamizdagi ishonchli munosabatlarni ardoqlayman va mamlakatlarimiz hamda xalqlarimizning o'zaro do'stlik, yaqin qo'shnichilik va ko'p qirrali hamkorligini mustahkamlashdagi Sizning ulkan shaxsiy hissangizni yuksak qadrlayman».


Agar diqqat qilgan bo'lsangiz, mana, sakkiz yildirki, bunday samimiy va yuksak e'tiroflarni Markaziy Osiyoning har bir davlat rahbari alohida hurmat bilan tilga oladi. Shunki davlatimiz rahbari o'zining pragmatik tashqi siyosat doktrinasi bilan mintaqamiz davlatlarini, xalqlarini birlashtira oladigan yangi g'oya, yangi nafas olib kirdi. Darhaqiqat, Markaziy Osiyodagi bugungi o'zaro ishonch va hurmatga tayangan davlatlar­aro siyosatda Shavkat Mirziyoev fenomenining alohida o'rni bor. Zero, biz shunday bir davr­­ga kirdikki, dunyoda kechayotgan tahlikali vaziyatlarda o'zaro hamjihatlik, bosiqlik va tinchlikka asoslangan siyosatgina samara beradi. Mamlakatimizning xalqaro siyosatda o'zaro ishonchga asos­langan yondashuvi Toshkentni Afg'oniston kabi murakkab masalalarda ham tan olingan vositachiga aylantirgani ayni haqiqatdir.


Markaziy osiyo: parokandalikdan yakdillik sari


Darhaqiqat, qo'shnilarimiz bilan iliq munosabatlarning tiklanishi davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilgan eng ko'zga ko'ringan yutuqlardan biridir. Shegara, suv, logistika, savdo-sotiq bilan bog'liq ko'p yillar davomida hal etilmagan muammolar qayta ko'rib chiqildi va hal etildi. Shavkat Mirziyoev o'tmishdan meros muammolarni bartaraf etish bilan bir qatorda, butunlay yangi mintaqaviy hamkorlik modelini yaratdi. masalan, 2025 yil 31 mart kuni Xo'jand shahrida imzolangan Qirg'iziston, Tojikis­ton va O'zbekiston o'rtasida uch davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi shartnoma aynan davlatimiz rahbarining sa'y-harakatlari bilan imzolandi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining o'tgan yili avgust oyida bo'lib o'tgan Iv Maslahat uchrashuvi yakunida «Markaziy Osiyo – 2040» mintaqaviy hamkorlikni rivoj­lantirish kontseptsiyasi qabul qilindi­. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo'shma bayonotida 2025−2027 yillarga mo'ljallangan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish yo'l xaritasi; 2025−2027 yillarga mo'ljallangan Markaziy Osiyo davlatlarining sanoat kooperatsiya­sini rivojlantirish bo'yicha harakatlar rejasi ham tasdiqlandi.


2023–2025 yillar mobaynida O'zbekiston tarixiy ahamiyatga ega kelishuv va sammitlar tashabbus­kori hamda maydoni sifatida Markaziy Osiyo­ning siyosiy manzarasini tubdan o'zgartirdi. Xo'jand deklaratsiyasi – qo'shni davlatlar o'rtasida abadiy do'stlik to'g'risidagi kelishuvning imzolanishidan tortib, Samarqandda bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo birinchi sammiti hamda Toshkentda bo'lib o'tgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasigacha bo'lgan voqealar mamlakatimizning Sharq va G'arb o'rtasidagi konstruktiv vositachi sifatidagi nufuzi tobora oshib borayotganini yaqqol namoyon etdi.


Jahon hamjamiyati O'zbekistonning yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash, mintaqaviy barqarorlik va global muloqotni ilgari surishdagi sa'y­-harakatlarini tobora ko'proq e'tirof etmoqda.


Afg'oniston: keskinlik emas, diplomatiya


Dunyoning ko'plab davlatlari Afg'onistonni boykot qilgan bir paytda, O'zbekiston muloqot yo'lini tanladi. Sabab aniq: Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlikni Afg'onis­tonsiz ta'minlab bo'lmaydi.


Mamlakatimiz 2018 yildan beri afg'on delegatsiyalari bilan 20 dan oshiq uchrashuv o'tkazdi. Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Shusha shahridagi sammitida Afg'oniston muammosi haqida to'xtalib, uni kunimizning «muhim masalalaridan biri» ekanini alohida ta'kidladi.


«Ming afsuski, jahonning boshqa mintaqalarida urush va mojarolar kuchayib borayotgani oqibatida yon qo'shnimiz bo'lgan va ko'p millionli turkiy xalqlar istiqomat qilayotgan Afg'onis­tondagi vaziyat xalqaro hamjamiyat e'tiboridan chetda qolib ketmoqda», dedi Prezidentimiz.


Davlatimiz rahbari, shuningdek, O'zbekistonning afg'on xalqiga zarur yordam ko'rsatishni bundan buyon ham davom ettirishini bildirdi. Zero, biz atrofimizdagi davlatlarda ro'y berayotgan voqealarga befarq bo'la olmaymiz. Shunki Afg'oniston mintaqaviy taqdirimizning bir bo'lagidir. Shu bois ham Markaziy Osiyo, xususan, Afg'onistondagi barqarorlik butun mintaqaning taraqqiyotida eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan biri hisoblanadi.


O'zbekiston hozirgi kunda Afg'oniston bilan logistika, energetika, ta'lim kabi ko'plab sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, shu yilning 17 iyul' kuni Kobul shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvida O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston Trans-Afg'on temir yo'lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo'yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.


Bloklarsiz ko'p yo'nalishli siyosat


O'zbekiston Xitoy, AQSh, Rossiya, Yevropa ­Ittifoqi, Turkiya va Fors ko'rfazi davlatlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Ammo hech qanday harbiy bloklarga a'zo bo'lmagan. Bu betaraflik emas, balki strategik avtonomiyadir. Davlatimiz rahbari uchun dunyo mamlakatlari bilan yaqin hamkorlik, o'zaro do'stlik munosabatlari keskinlik, tarafkashlikdan-da muhimroq. Shunki ziddiyatlar mamlakatlar uchun hech qanday siyosiy dividend keltirmaydi. Aksincha, davlatlar murosa va o'zaro hurmat asosidagina barqaror rivojlanishga erishishi mumkin. Bu ikki karra landlocked maqomiga ega O'zbekiston uchun o'ta muhim siyosiy doktrina asoslaridan biridir. Qolaversa, O'zbekiston yaqin kelajakda transport va logistika markaziga aylanishni maqsad qilgan. O'zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo'lgan transport yo'laklari mamlakatimizni dengiz portlari bilan bog'laydigan hamda Yevropa, Xitoy, Rossiya, Eron kabi asosiy iqtisodiy hamkorlar bilan uzviy aloqani ta'minlay oladigan yo'nalishlardir. Eng muhim yo'laklar qatoriga TRACECA (Evropa – Kavkaz – Osiyo) yo'lagi, Eron orqali Fors ko'rfaziga chiquvchi yo'lak, Qozog'iston va Rossiya hududlari orqali Boltiq va Qora dengiz portlariga olib boradigan yo'nalishlar, Xitoy hamda Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog'lovchi logistika tarmoqlari kabi ko'plab yo'nalishlar kiradi.


Ushbu koridorlar O'zbekistonning tashqi savdo aloqalarini kengaytirish, tranzit salohiyatini oshirish va global ta'minot zanjirlariga ­integratsiyalashuvida muhim o'rin tutadi.


Global institutlar bilan hamkorlik


O'zbekiston hozirda JSTga a'zo bo'lish borasida muzokaralar olib bormoqda. BMT, YeXHT, YeIdan tashqari, GSP+, ShHT, IHT, MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Bu esa mamlakatimizning xalqaro standartlarga, texnologiya va bozorlarga yetishishning eng maqbul vositasidir. Shuningdek, jahonga ochiqlik mamlakatimizdagi ichki o'zgarish­larga ham turtki bermoqda. Investitsiyalar oqimining oshishi, reytinglarning o'sishi va iqtisodiyotdagi modernizatsiya dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo'lgan ishonchi natijasidir.


2024 yilda 9 ta xalqaro reytingda O'zbekistonning o'rni yaxshilandi. Jumladan, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O'zbekiston 2024 yilda avvalgi hisobot davriga nisbatan 6 pog'onaga ko'tarilib, 193 davlat orasida 63-o'rinni egalladi. Elektron hukumat sohasida rivojlanish bo'yicha «yuqori» guruhdan «juda yuqori» guruhga ko'tarilgan 17 davlat qatoridan joy oldi.


Jahon bankining 2023 yil uchun e'lon qilingan Statistika faoliyati samaradorligi indeksida respublikamiz o'z ko'rsatkichlarini 17 pog'onaga yaxshilab, 217 davlat orasida 62-o'ringa ko'tarildi.


Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida mamlakatimiz 48 pog'onaga yuqorilab, 190 davlat orasida 91-o'rinni egalladi.


O'zbekiston ayollar huquqlari va gender tenglik sohasida eng katta natijalarga erishgan muhim islohotlarni amalga oshirgan 5 mamlakatdan biri sifatida qayd etildi. Bularning barchasi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning dunyoqarashi, qat'iya­­ti, irodasi va O'zbekistonni dunyoning yetakchi mamlakatlari qatorida ko'rish orzusi bosqichma-bosqich amalga oshayotganidan dalolat beradi.


O'zbekiston tashqi siyosati faqat bayonotlar, shartnomalar yoki qog'ozda aks etayotgan rasmiy voqelik emas. Bu – Yangi O'zbekiston davlat kontseptsiyasining yuragi, siyosiy irodaning amaldagi ifodasi, xalq xohishi va geosiyosiy ehtiyojlar hosilasidir. Mamlakatimiz endi taqlid emas, tadqiq qilayotgan davlat. U o'z yo'lini – haqiqiy mustaqil sub'ekt sifatidagi o'rnini izlayapti. O'z manfaatlarini chuqur anglab, ularni xalqaro maydonda sof vijdon va sog'lom da'vo bilan himoya qilmoqda.


Prezident Shavkat Mirziyoev tashqi siyosatda «o'zaro ishonch» tushunchasini strategik resurs darajasiga ko'tardi. Bu tamoyil diplomatik uslub bilan bir qatorda yangi muvozanatlar, yangi integ­ratsiyalar va yangi mintaqaviy haqiqatlarni shakllantirmoqda. Endi O'zbekiston chekka hudud emas – markaz, tomoshabin emas – ishtirokchi, ob'ekt emas – sub'ekt. Shu o'rinda tashqi siyo­sat ham yo'nalishgina emas, yo'lning o'zidir. Uning barqarorligi, qat'iyati va intellektual asosi O'zbekistonning kelajakdagi geosiyosiy o'rnini belgilaydi.


Jahongir NAHANOv


«ISHONCH»



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 2699 11:30 | 13.09.2023