Valyuta UZS
  • USD

    12 593.7790.78

  • EUR

    14 698.19213.48

  • RUB

    158.492.55

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 08-August

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 08

    +16 +20

  • Shanba, 09

    +18 +20

  • Yakshanba, 10

    +19 +20

  • Dushanba, 11

    +20 +20

  • Seshanba, 12

    +22 +20

  • Chorshanba, 13

    +21 +20

  • Payshanba, 14

    +22 +20

  • Juma, 15

    +22 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Korruptsiya — halokatga yo'l

BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'yicha har yili o'rtacha 1 trillion dollar mablag' korruptsion maqsadlarda sarflanadi. Har yili dunyo iqtisodiyoti korruptsiya tufayli 2,6 trillion dollar miqdorida zarar ko'radi.
Jamiyat
544 16:03 | 29.02.2024 16:03

Korruptsiya – bu jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga, qonun ustuvorligini izdan chiqishiga, shuningdek, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to'sqinlik qilib hayot sifatini yomonlashtirib odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.


Achinarlisi esa, har qanday shaxsda xoh u oddiy fuqaro yoki mansabdor shaxs bo'lsin ularda davlatga hamda qonun ustuvorligiga nisbatan ishonchning yo'qolishi hamda javobgarlik muqarrarligi printsipining tanazzulga uchrashiga olib keladi. Natijada mansabdor shaxslar pora olish va mansab vakolaridan qasddan foydalanishni oddiy hol sifatida qabul qilish, odamlarda pora bermasdan masalani hal etish mumkin emas, degan psixologiya va instinktning shakllanishiga olib keladi.


Natijada ushbu muammodan ikki-uchta ishdan bo'shatishlar bilan qutulib bo'lmasligi kundek ravshan bo'lib qoladi. Sababi korruptsiyaga qarshi kurashda shaxslar bilan kurashish samarasiz ekanligini tarix isbotlab bergan.


Сhunki bugungi dunyo hamjamiyatida ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag'al bo'lishidan qat'iy nazar, barcha mamlakatlarda uchramoqda. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo'yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Lekin bugungi kunda ushbu illat bilan samarali kurashayotgan qator mamlakatlar (Finlandiya, Shvetsiya, Daniya, Singapur) o'zining ijobiy tajribasiga ega. Ushbu ijobiy tajribalarni o'rganish va uni hayotimizga implementatsiya qilishdan avval korruptsiyani vujudga keltirayotgan omillarni konkret aniqlab olishimiz zarur. Shundagina biz shaxsga qarshi emas, balki ushbu salbiy illatlarni vujudga keltirayotgan sabab va sharoitlarga qarshi kurasha olamiz.


Quyidagi omillar korruptsiyani yuzaga keltiruvchi sanaladi:


– aholi huquqiy savodxonligidagi muammolar xususan, aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik. Shuningdek, biror-bir muammoni hal etishda advokatga murojaat qilish lozimligi haqidagi madaniyatning yetishmasligi;


– aksariyat hollarda fuqarolarda muammolarni hal etishning qonuniy yo'llarini izlamasdan tanish-bilishchilik qilish, qonuniy yo'l bilan hal qilinishi mumkin bo'lgan masalalar yuzasidan pora taklif qilish tarzidagi hamda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat degan psixologiyaning shakllanib qolganligi;


– ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi aynan bitta faoliyatning turli instantsiyalar tomonidan tartibga solinishi, davlat tashkiloti va muassasalariga yuklatiladigan vazifa va topshiriqlarning tartibsizligi hamda ularning asosiy xizmat vazifalari, huquqlari va majburiyatlari yuzasidan yagona kontseptsiyaning mavjud emasligi;


- davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo'lgan daromadlardan kamligi;


– haqiqiy mustaqil sud hokimiyatining shakllanmaganligi;


kadrlar siyosati bilan bog'liq va boshqa muammolar.


Shu bilan birga iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi, inflyatsiyaning yuqori darajasi, mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi, mamlakatdagi diniy va axloq qoidalar bilan bog'liq qator omillar korruptsiyaning shakllanishi va rivojlanishida asosiy faktorlardan bo'lib xizmat qiladi.


Demak korruptsiyaga qarshi kurashda yuqorida sanab o'tilgan omillarni bartaraf etish ko'zlangan maqsadlarga erishishda eng samarali yo'l hisoblanadi.


Tan olib aytishimiz lozimki oxirgi yillarda korruptsiyaga qarshi kurash sohasida mamlakatimizda katta islohotlar amalga oshirilmoqda hamda o'z samarasini bera boshlaganligi quvonarli holat. Lekin, qator ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan korruptsiyaviy huquqbuzarliklarning saqlanib qolinayotganligi achchiq bo'lsada ayni haqiqat.


Mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlash xususan, amaldagi jinoyat qonunining asosiy printsiplaridan biri hisosblangan “javobgarlik muqarrarligi” printsipini har qanday qiyin vaziyatda ham to'liq ishlashini hamda hayotga tadbiq etilishi lozim. Har qanday shaxs xoh u oddiy fuqaro yoki mansabdor shaxs bo'lishidan qat'iy nazar sodir etayotgan harakatlari uchun javobgarlik muqarrar ekanligini butun vujudi bilan his etishi va ishonch hosil qilishi hamda doimo sergak bo'lishi kerak.


A.Saidov
Jinoyat ishlari bo'yicha Olmazor tuman sudi raisi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1290 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 921 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 1209 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1211 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 10717 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 923 21:55 | 12.10.2024