Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +16 +20

  • Dushanba, 06

    +17 +20

  • Seshanba, 07

    +15 +20

  • Chorshanba, 08

    +12 +20

  • Payshanba, 09

    +13 +20

  • Juma, 10

    +15 +20

  • Shanba, 11

    +15 +20

  • Yakshanba, 12

    +14 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

"Sovchi" sovchi emas, "ovchi" bo'lib chiqdi

Toshkentlik Iymona yosh turmushga chiqqach, avvalboshda baxtli hayot kechirdi, uch nafar farzandli ham bo'ldi. Ammo o'zaro kelishmovchiliklar sabab vaqt o'tib, u eri bilan ajrashdi. Keyinchalik farzandlarini yolg'iz o'zi tarbiyalab, voyaga yetkazdi.
Jamiyat
776 13:20 | 20.06.2024 13:20

Albatta, Iymona farzandlari kamolini ko'rib quvonardi. Ammo yoshi ulg'aygani sayin “Bolalarim ham uyli-joyli bo'lib ketgach, yolg'izlanib qolmaymanmi? Keksaygan chog'i har kimning yonida jufti haloli bo'lgani ma'qul emasmi?”, degan savollar uni ko'p o'ylantirardi.


Shunday kunlarning birida telegramdagi Zamonaviy sovchilarguruhida Odil ismli kishining:


“Yoshim 46 da! Mebel' ta'mirlovchi ustaman. Rafiqam bilan ajrashganman. Nasib etsa, og'ir-bosiq, iboli-hayoli ayolga uylanish niyatidaman”, degan mazmundagi gaplarini o'qib qoldi-yu, tinchi yo'qoldi.


O'ylay-o'ylay, oxiri o'sha odamga yozma ravishda xabar yo'llab qayta tanishdi, telefon orqali so'zlashib, u bilan yuzma-yuz uchrashmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Bu taklifga erkak darhol rozi bo'ldi.


Kelishuvga ko'ra, uchinchi kuni Iymona ertalab sovchi bo'lib kelgan talabgorni uyida kutib oldi. Eshikni ochgani hamono qarshisida 46 yoshli erkakni emas, aksincha navqiron yigitni ko'rib, biroz ajablandi.


Kamtarona bezatilgan dasturxon atrofida ikkovlon uzoq suhbatlashib, bir-biriga oldingi oilaviy hayoti va kelgusi niyatini so'zlab berishdi. Alqissa, gaplari bir joydan chiqib, turmush qurishga ahd qilishdi.


Odil ertasi kuni choshgoh payti yana Iymonanikida paydo bo'lib, nikoh o'qiydigan mulla topganini, u peshindan keyin kelishini aytdi. Bir oz o'tgach, yigit o'z yumushlari bilan mashg'ul ayolga “Men tezda do'konga borib kelay”, dediyu uydan shoshib chiqib ketdi.


Iymona kimgadir qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldimi, qo'l telefonini izlay boshladi. Lekin hammayoqni titkilab chiqsa-da, topolmadi. Ustiga-ustak, Odil ham hadeganda qaytavermadi.


Ana shunda Iymona bu yigit ketishi oldidan nima uchun yon-atrofga bezovtalanib boqqanini va yo'lak zinapoyalaridan nega yovdan qochganday yugurib tushganini ilg'aganday bo'ldi.


Ko'nglida allanechuk shubha uyg'ongach, shosha-pisha uy telefoniga yopishib, o'zining va Odilning qo'l telefoni raqamini qayta-qayta terdi. Afsus, har safar bu raqamlar o'chirilgani haqida javob oldi. Alqissa, u chuv tushganini anglab yetdi va ro'y bergan voqea to'g'risida huquqni muhofaza qiluvchi organga shikoyat xati yozdi.


Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlariday, Odil tez orada qo'lga olindi va ustidan jinoiy ish ochildi.


Shu asosda o'tkazilgan tergov va sud jarayonlarida aniqlanishicha, aslida farg'onalik 32 yoshli bu yigit vaqtincha ishsiz bo'lib, 2023 yilning o'zida ketma-ket uch marta firibgarlikka, o'g'rilik singari jinoyatlarga qo'l urgan ekan.


Oqibatda Jinoyat kodeksining 168-, 169- va 227-moddalari tegishli qismlari va bandlari bilan muayyan muddatlarga axloq tuzatish ishlari va ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilgan. Shunga qaramay, to'g'ri yo'lning boshini tutmagan. Hatto so'nggi jazo muddati tugamay turib, o'zidan 17 yosh katta Iymonaga go'yoki uylanishga va yordamlashishga va'dalar bergan. Amalda esa uning 4 million 500 ming so'mlik telefonini o'marib ketib, “Qo'yliq” bozorida notanish xaridorga 1 million 800 ming so'mga pullab yuborgan.


Ushbu ish yaqinda jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tumani sudida atroflicha ko'rib chiqildi. Pirovardida xavfli retsidivist sanalgan Odil bu safar ham Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan qilmishni sodir etganlikda aybdor deb topildi.


Shunga muvofiq, unga nisbatan besh yil, muqaddam boshqa sudlar qo'llagan jazoni qisman qo'shish yo'li bilan uzil-kesil o'tash uchun besh yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.


Tolibjon OBIDOV,
jinoyat ishlari bo'yicha


Shayxontohur tumani sudi raisi


Gavhar EShONQULOVA,
O'zJOKU talabasi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2152 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1832 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2353 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2121 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat