Valyuta UZS
  • USD

    12 275.58-11.73

  • EUR

    14 591.98-52.04

  • RUB

    159.090.26

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 15-February

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 18:00

    +16 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 15

    +17 +20

  • Dushanba, 16

    +15 +20

  • Seshanba, 17

    +16 +20

  • Chorshanba, 18

    +18 +20

  • Payshanba, 19

    +23 +20

  • Juma, 20

    +16 +20

  • Shanba, 21

    +9 +20

  • Yakshanba, 22

    +13 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Tashievning O'zbekiston bilan tarixiy kelishuvlardagi roli qanday bo'lgan?

Qirg'iziston siyosiy maydonida so'nggi yillarda eng ta'sirli shaxslardan biri hisoblangan Qamchibek Tashievning lavozimdan olinishi butun mintaqada katta muhokamalarga sabab bo'ldi. Ayniqsa, u nafaqat maxsus xizmat rahbari, balki amalda prezidentdan keyingi ikkinchi siyosiy figura sifatida qaralar edi.
Siyosat
121 13:45 | 15.02.2026 13:45

Xo'sh, Tashiev kim? U qanday qilib siyosatga keldi va nima uchun kutilmaganda lavozimdan ketdi? Uning O'zbekiston bilan tarixiy kelishuvlardagi roli qanday bo'lgan? Bugungi maqolamizda ana shular haqda so'z boradi.


Oddiy oiladan chiqqan siyosatchi


Qamchibek Tashiev 1968 yilda Qirg'izistonning Jalolobod viloyatida tug'ilgan. U oddiy qishloq oilasida o'sgan, bolaligi tog'li hududda jismoniy mehnat va qat'iy intizomda o'tgani haqida ko'p gapiriladi.


Ma'lumotlarga ko'ra, u oliy ta'limni Qirg'izistonda olgan, keyin iqtisod va huquq sohalarida faoliyat yuritgan. Ilk mehnat faoliyati tadbirkorlik va mahalliy boshqaruv tizimi bilan bog'liq bo'lgan.


Tashiev siyosatga 2000 yillar boshida kirib keldi. U parlament deputati bo'lib saylandi va tez orada milliy pozitsiyasi, keskin bayonotlari bilan tanildi. 2010 yildagi siyosiy beqarorlikdan keyin u xavfsizlik sohasida muhim lavozimlarda ishladi. 2020 yil oktyabr voqealaridan keyin esa mamlakatda hokimiyat o'zgarishi jarayonida asosiy figuralardan biriga aylandi.


2020 yilda u Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi etib tayinlandi va shu lavozimda 2026 yilgacha ishladi.


Milliy xavfsizlik rahbari sifatidagi asosiy ishlari


Tashievning faoliyati davrida u uyushgan jinoyatchilikka qarshi keskin kurash boshlagani bilan tanildi. Masalan, mamlakatdagi yirik kriminal avtoritetlardan biri yo'q qilingani uning siyosati va qattiqqo'lligi natijasi sifatida baholanadi. Bundan tashqari u davlat amaldorlari tomonidan o'zlashtirilgan 300 millard mablag'ni davlat byudjetiga qaytarishga erishgandi.


Bu jarayon xalq orasida uning obro'sini oshirdi. Ko'pchilik uni “qattiqqo'l, lekin tartib o'rnatuvchi rahbar” deb qabul qila boshladi.


O'zbekiston bilan chegara masalasidagi tarixiy kelishuvlar


Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi sifatida Qamchibek Tashiev faqat kuch ishlatar tizim rahbari emas, balki muhim muzokarachi sifatida ham namoyon bo'ldi. U O'zbekiston bilan davlat chegarasini aniqlash bo'yicha hukumatlararo delegatsiyaga rahbarlik qilib, o'nlab yillar davomida hal bo'lmay kelgan muammolarni yechish jarayonida markaziy figuraga aylandi.


Eng murakkab uchastkalardan biri O'zbekistonning Andijon viloyati hamda Qirg'izistonning Jalolobod viloyati o'rtasidagi chegara hududlari edi. Bu yerlarda anklavlar, qishloq yo'llari, yer va suv resurslaridan foydalanish, aholining erkin harakati kabi masalalar uzoq yillar davomida bahsli bo'lib kelgan. Tashiev rahbarligidagi muzokaralar natijasida bir qator hududlar aniq belgilab olindi, ayrim joylarda esa yer almashish mexanizmi orqali kelishuvga erishildi. Bu esa chegarada tez-tez yuz berib turadigan mahalliy mojarolarni sezilarli kamaytirdi.


Tashiev ishtirok etgan eng shov-shuvli kelishuvlardan biri – Kampirobod suv ombori (O'zbekistonda Andijon suv ombori deb ataladi) bo'yicha bitim hisoblanadi. Bu masala o'nlab yillar davomida ikki davlat o'rtasidagi eng bahsli nuqtalardan biri bo'lib kelgan. 2022 yilda tomonlar suv ombori O'zbekiston balansida qolishi, qirg'iz tomoniga yer uchastkalari va kompensatsiya mexanizmlari taqdim etilishi hamda suvdan birgalikda foydalanish tartibi bo'yicha kelishuvga erishdi. Tashiev bu kelishuvni Qirg'iziston parlamentida shaxsan himoya qilgan va uni mamlakat manfaatlariga mos kelishini ta'kidlagan.


Shuningdek, Farg'ona vodiysidagi mayda anklav va yarim anklav hududlari bo'yicha ham kelishuvlar amalga oshirildi. Aholi o'tish yo'llari, chorva yo'laklari va qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanish tartibga solindi. Bu qarorlar chegara hududlarida yashovchi aholi hayotini ancha yengillashtirdi.


Natijada 2023 yilga kelib O'zbekiston va Qirg'iziston qariyb 1300 kilometrlik davlat chegarasining deyarli barchasini kelishib olganini ma'lum qildi. Mutaxassislar bu jarayonni Markaziy Osiyodagi eng muhim diplomatik muvaffaqiyatlardan biri sifatida baholashmoqda. Ko'p jihatdan bu natijada Tashievning shaxsiy ishtiroki va siyosiy irodasi muhim omil bo'lgani ta'kidlanadi.


Nega xalq ishonch bildirdi?


Tashievning xalq orasida ommalashishining bir necha sababi bor. U avvalo korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi qattiq siyosat olib bordi. Milliy manfaatlar haqida ochiq gapirdi. Kuchli lider obrazida namoyon bo'ldi. Bunda uning Prezident bilan yaqin siyosiy ittifoq olib borgani ham katta yordam bergan. Ko'p yillar davomida u prezident bilan siyosiy jihatdan yonma-yon turadigan shaxs sifatida qaralgan.


Kutilmagan iste'fo sababi va O'zbekiston bilan munosabatlarga ta'siri


2026 yil 10 fevral kuni prezident Sadir Japarov Tashievni lavozimdan ozod qildi. Qizig'i shundaki, qaror qabul qilingan paytda Tashiev Germaniyada davolanishda bo'lgan. Uning o'zi ham iste'foni “kutilmagan qaror” deb atagan. Prezident keyinchalik sababni siyosiy ziddiyatlar bilan izohladi. Aytilishicha, parlamentda ayrim guruhlar “prezident tomoni” va “general tomoni” deb ajralib ketish xavfi paydo bo'lgan. Shu sabab jamiyatda bo'linishning oldini olish uchun qaror qabul qilingan.


Ayrim tahlilchilar esa bu qaror mamlakatda kuchlar muvozanatini saqlash maqsadida qabul qilinganini aytishmoqda. “Amaldorning ishdan ketishi O'zbekistonga qanday ta'sir qilishi mumkin?” degan savolga javob beradigan bo'lsak, mutaxassislarning fikricha, katta o'zgarish bo'lishi kutilmaydi. Shunki O'zbekiston va Qirg'iziston munosabatlari hozir institutsional darajaga chiqqan. Ya'ni, faqat bir shaxsga bog'liq emas.


Shuning uchun ham chegara yoki iqtisodiy hamkorlik masalalarida keskin o'zgarish ehtimoli kam.


Ayrim tahlilchilar esa Tashiev kelajakda siyosatga yana qaytishi yoki hatto prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligini ham istisno qilishmaydi.


Nima bo'lganda ham Qamchibek Tashiev Qirg'iziston siyosiy tarixida iz qoldirgan shaxslardan biri bo'lib qoladi. Uning faoliyati davrida mamlakat xavfsizlik siyosati kuchaydi, jinoyatchilikka qarshi kurash keskinlashdi va qo'shni davlatlar bilan munosabatlarda muhim kelishuvlarga erishildi. Ammo siyosatda eng kuchli figuralar ham bir kunda sahnadan ketishi mumkinligi yana bir bor isbotlandi.


O'zJOKU talabasi


Rushana Zarpullaeva


tayyorladi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 2390 11:30 | 13.09.2023