Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +13 +20

  • Seshanba, 07

    +14 +20

  • Chorshanba, 08

    +11 +20

  • Payshanba, 09

    +10 +20

  • Juma, 10

    +10 +20

  • Shanba, 11

    +13 +20

  • Yakshanba, 12

    +11 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Turkiyadagi vatandosh: “Turklar bir maqsad atrofida birlasha oladigan kuchli xalq deb bilaman”

“Xorijdagi vatandosh” loyihamizning bugungi mehmoni,  O'zbekistondagi sobiq jurnalist Abror Masharipov. Suhbatdoshimiz 12 yildan beri Turkiyada yashaydi va ayni paytda Ebrar O'zbek taxallusi bilan blog yuritadi, tarjimon.
Jamiyat
1108 10:56 | 31.07.2024 10:56

Abror aka, O'zbekistonda taniqli jurnalist, tarjimon edingiz. Turkiyaga borib yashash, ilm olish istagi qanday paydo bo'ldi?


Bu orzu o'zi azaliy edi. Maktabda 5-6 sinfda o'qib yurgan paytlarimdayoq paydo bo'lgan. Jahon tarixi darsligida Ayo-Sofiya rasmini ko'rganman va u cherkov sifatida tanishtirilgan edi, biroq rasmning bir tarafida Alloh, yana bir tarafida Muhammad payg'ambarimizning muborak ismlari yozilgani ajablantirgan. Nega cherkov bo'lsa bu ismlar yozilgan? deya o'ylaganman va shu bilan Turkiya davlatiga, tiliga qiziqish boshlangan. Yozuvchi Rashod Nuri Guntekinning asarlariga mehr qo'yganman. Tan olish kerak, turk adabiyoti ham yorqin va bu tilda juda go'zal asarlar bor. 2012 yilda doktoranturada grant yutdim va o'sha yili ilm olish uchun bu davlatga keldim.


Turkiyaga ilk kelgan kunlaringizni, moslashish jarayonlaringizni qanday xotirlaysiz?


– Turkiyaga kelishimdan avval madaniyatini, tarixini tilini yaxshi o'rgangan edim. Qiyinchiik ovqatlari borasida bo'lgan. Ayolim oldimga kelguniga qadar kun ora yotoqxonada beriladigan turklarning merjemek sho'rvasidan charchagan edim. Hozirgacha bu sho'rvani ichgim kelmaydi.


Ko'pchilik talabalar magistratura va doktoranturani Turkiyada amalga oshirishni xohlaydi, buning qanday ijobiy tomonlari bor? Umuman, ta'lim tizimi qanday ustunliklarga ega?


Haqiqatdan ilm yo'lidan ketmoqchi bo'lganlarga Turkiya davlatini tavsiya qilaman. Ilm-fan nazarimda bizdan ancha oldinroqda. Buning sababi, Turkiya Yevropaga yaqin va bu boradagi yutuqlarni tezroq o'zlashtirish imkoni bor. Turk olimlarining aksariyati Yevropada ilmiy ish yoqlaydi va o'z bilimlarini davlatiga olib keladi. Bevosita guvoh bo'lganim O'zbekistonda bakalavr va magistraturada men eshitmagan nazariyani doktoranturada o'rgandim.



Turklarning qaysi udumlari va an'analariga haligacha hayratda qolasiz?


Turklar ham o'zimizga o'xshagan, orzu-havasli xalq. Ayniqsa, buni to'ylarda ko'rish mumkin, faqat to'ylarida bizdagidek noz-ne'matlarni isrof qilmaydi. Menga yoqqan tarafi kelin-kuyovga qarindoshlari to'y kuni sharoitidan kelib chiqib, oltin va pul berishadi. Anchagina oltin va pul yig'iladi. Bu kelin-kuyov to'ydan keyin moddiy qiynalib qolsa, sotsa mablag' bo'ladi degani. Turklar shu narsani yaxshi o'ylashgan. Yana bir yaxshi tarafi yosh kelin-kuyovni alohida uyga ko'chirishadi. Judayam kamdan-kam holatlarda kelin qaynona-qaynota bilan yashaydi. Сhekka joylarda haliyam birga yashayotganlar bo'lishi mumkin, katta shaharlarda esa deyarli uchratmaysiz. Bu endi bizni o'zbekchiligimizga to'g'ri kelmaydigan holat. O'zbeklarda kelin qaynona-qaynotani xizmatini qilish kerak degan, tushuncha bor. Yoshlarning kattalarga yordam berishini qo'llab-quvvatlayman, ammo ikki yosh hech bo'lmasa bir-ikki bolali bo'lguncha alohida yashagani ma'qul.


Turklarning yana qanday havas qilsa arziydigan jihatlari bor?


Menga turklarning vatanparvarligi judayam yoqadi. Vatanining bayrog'ini turklardek sevib ardoqlaydigan xalq bo'lmasa kerak. Muqaddas hisoblashadi. Haqiqattan vatanparvar, millatparvar. Turkiyada 2016 yillarda davlat to'ntarishiga urinish bo'lgan. Voqealarni kuzatganman. O'shanda qurollanganlar bilan oddiy xalq qurolsiz maydonga chiqqan va vatani uchun hatto o'limgacha tiq boqishdan qo'rqmagan. Bir maqsad, bir g'oya atrofida birlasha oladigan kuchli xalq deb bilaman.


Ta'lim tizimi bizning yurtdan tubdan farq qiladimi? Bog'cha, maktab, universitetlaridagi ta'lim tizimi haqida nima deya olasiz?


– Ta'lim tizimi 4+4+4 modulida ish ko'radi. Boshlang'ich, o'rta va litsey har biri 4 yildan iborat. Bakalavr va magistratura bosqichi bizniki bilan bir xil. Turk ta'limining yana bir yaxshi tarafi siz ta'limning qaysi bosqichida o'qiy olmay qolib ketgan bo'lsangiz, sirtdan ta'lim olishingiz mumkin, ya'ni maktabning boshlang'ich sinflarida ayrim sabablariga ko'ra o'qiy olmagan bo'lsangiz, qachon bo'lsa ham qayta o'qishingiz mumkin.


Bilamizki, o'zbek muhojirlari asosan uy xizmatchisi bo'lib ishlaydi. Ular bu borada qanday qiyinchiliklarga duch keladi?


– Haqsiz, bizning ayollarimiz aksariyati uy ishlarida ishlaydi. Bu 24 soatlik ish bilan band degani. Sababi, uyda qolib ishlaganda uyda har vaqt ish chiqib qolishi mumkin. Ish soatlarini cheklash qiyin. Asosan bemor keksalarni parvarish qiladi, bolalarga enagalik qiladi. Turkiyada mehnat qilayotgan ayollarimizning mehnat sharoitlari havas qilarli darajada emas, aksincha og'ir. Afsuski, rasman mehnat faoliyatini olib boradiganlar kam. Statistika bilan tanishdim: ayni paytda 56 ming 101 mingdan ziyod o'zbekistonlik migrant Turkiyada yashamoqda. Ishlash ruxsatnomasi bor fuqarolarimiz esa 8 yarim mingtaga yaqin ekan. Yurtdoshlarimizga tavsiyam, imkon qadar ishga rasmiy kirish kerak. Buning yaxshi taraflari ko'p, eng avvalo, tibbiy sug'urta bo'ladi. Bu shifoxonadan bemalol foydalanish imkonini beradi. Afsuski, har doim ham ish beruvchilar rasman ishga olavermaydi. Yana bitta muhim jihati, Turkiyada ishlaydiganlarning mehnat staji O'zbekistonda amal qilmaydi. Qirg'iziston va Turkiya o'rtasida shunday qonun imzolangan, unga ko'ra qirg'izlarning Turkiyadagi ish staji o'z vatanida hisobga olinadi. Agar ikki davlat o'rtasida hujjat imzolansa, bizning yurtdoshlarimizga ham kelajakda pensiyaga chiqishiga yaxshi yordam bo'lardi.


– Til bilish masalasi qay darajada o'rin tutadi?


Turkiyaga kelayotganlar hech bo'lmasa oddiy muloqotga kirishishni o'rganib kelishsa faqat o'zlari uchun yaxshi bo'ladi. Ko'pchilik turk tili oson, darrov o'rganib ketasan deyishadi. Bu gapga butunlay qo'shila olmayman. Turkiyaga kelganimga 12 yil bo'ldi, o'rgana boshlaganimga 30 yil. Bilasizmi, haligacha turk tilini o'rganaman. Qardosh til bo'lishiga qaramasdan oson til emas. O'zbek tilidek boy til. Xazinasi katta. Oz bo'lsada turk tilini bilish hujjat ishlarida o'zlariga asqotadi. Harholda kamroq xarajat bilan ishlarini bitiradi.


Turkiyada qanday ishlarda ishladingiz? Mehnat faoliyatingiz bosqichlari...


Oyoqqa turib olishimiz oson bo'lmagan. Ilk kelgan kezlarim mehmonxonada, mebel tsexda ishlaganman. Ancha yillardan beri tarjimon bo'lib ishlayapman. Bu ishim o'zim uchun qulay. Turkiyadagi ko'p tashkilotlar, O'zbekistondagi nashriyotlar bilan hamkorlik qilaman. Rasman hech qaerga bog'liq emasman, erkin ishlayman.



O'zbekistondagi xotiralaringiz, asosan qanday holatlarni sog'inasiz?


Rahmatli ota-onamni va ular bilan o'tkazgan mo'jazgina hovlimizni va bolaligimni sog'inaman. O'ylab qarasam, inson xotiralarini va unga bog'langan insonlarni sog'inar ekan. Dadam oshga usta edilar. Supada mazza qilib, oilaviy tanovul qilar edik. Shom paytidan oldin hovlimizga suv sepib, tartibga keltirar edik. Yer va rayhon hidi qo'shilib, ajib kayfiyat berardi. Xotiralar qaerda shakllansa, inson o'sha joyga talpinib yasharkan. Afsuski, farzandlarim O'zbekistonni sog'inmaydi, sababi, ularning bolaligi O'zbekiston bilan bog'liqmas. Endi aqlini taniy boshlaganda Turkiyada yashashardi. Shu sabab bo'lsa kerak, Turkiyada qolishni xohlaydi. Bu holatni chet elda yashaydiganlar yaxshi tushunadi. Bola qaerda ulg'aysa, xotiralari o'sha manzilda qolarkan.


Turkiyadagi yurtdoshlarimiz eng ko'p qanday xatolarga yo'l qo'yadi?


Afsuski, ko'pchiligimiz qonunlarga rioya qilishni bilmaymiz, bilsak ham xohlamaymiz. Umuman boshqa davlatga borsak ham ishlarimizni pora bilan hal qilishga urinamiz. Hujjatni to'g'ri yo'llar bilan hal qilish o'rniga noto'g'ri, qonunga xilof yo'l bilan bajarishga urinamiz. Mendan “yo'lini qilib ozgina xarajat qilsak ishimiz bitadimi? deb so'raydiganlar ko'p. Boshqa davlatga borganingizda hech qachon pora berishga harakat qilmang. Davlat ishiga zo'rg'a ishga kirgan odamlarga sizning kichkina beradigan mablag'ingiz qiziqmas. Ozgina qo'shimcha mablag' deb yaxshi ishidan voz kechmaydi. Keyin yana bitta kamchiligimiz yurtdoshlarimiz kontrabanda bilan ko'p shug'ullanadi. Faoliyatim davomida sud hujjatlarini ham tarjima qilaman. Afsuski, yurtimizdan kelayotgan yurtdoshlarimiz kontrabanda bilan elektron sigareta olib kelishadi. Shaxsiy foydalanish limitidan ko'p olishgani uchun bojxona xodimlari mahsulotlarni musodara qiladi. Qonun bo'yicha ta'qiqlangan boshqa mahsulotlar ham olib keladi. Qarabsizki, sud yillar davomida cho'ziladi. Suhbatlashsam, tirikchilik deyishadi, baraka topgurlar tirikchiligimiz qonunlarni buzish hisobiga bo'lmasligi kerak-da. Ustiga-ustak bu boshqa davlat, O'zbekiston emas. Yoki o'zingiz tug'ilib o'sgan davlat emas. Bu umuman boshqa davlat. Qaerga borsak borgan joyimizning qonun, qoidalariga rioya qilishimiz kerak.


Muammoli vaziyatlarga duch kelganda, odatda ular qanday yo'l tutishadi?


Muammoli vaziyatlarda qaerga borishni bilishmaydi. Sababi, yashash joyi ruxsatnomasi bo'lmagani uchun politsiyaga murojaat qilolmaydi. Agar politsiyaga uchrashsa, eng avvalo, yashash ruxsatnomang bormi? Qonuniy yashayapsanmi, deydi. Shuning uchun iloji boricha hujjatlar joyida bo'lishi kerak. Istanbulda o'zbek-xotin qizlar jamiyati ochildi, bu jamiyat o'z nomi bilan yurtimizdan kelgan ayollarimizning huquqlarini himoya qiladi, qiyin vaziyatga tushsa yordam beradi.


Mehnat muhojirlarimizga mana shunga o'xshagan kattaroq tashkilot bo'lsa, yanayam yaxshi bo'lardi. Turkiyaga kelayotgan yurtdoshlarimiz oz bo'lsada, bu davlatning qonunlarini o'rganib kelishsa, muammoli vaziyatlarga kamroq tushadi.


Sir emaski, o'zbek qizi va turk yigitining oila qurish statistikasi so'nggi yillarda oshgan. Turkka turmushga chiqayotgan o'zbek qizlari odatda qanday shartlar qo'yadi?


Turkiyada xotin-qizlarni huquqlari qonunan yaxshi ta'minlangan. Turmushga chiqayotgan ayollarimiz qanaqa shartlar qo'yishyapti bilmayman, ammo bitta narsani, albatta, aytish kerak. Oilaga bo'lgan munosabat bizning ayollarimizda boshqacharoq va bu turk ayollaridan yaxshi tomonga farq qiladi. Oilaga, eriga bizning ayollarimiz ko'proq hurmat ko'rsatadi. Turk ayollari ham hurmat ko'rsatadi, faqat ular hamma narsada teng huquqlikni talab qiladi. Oilada ayol uy ishlarini bajarsa, erim ham bajarishi shart degan o'yda bo'ladi. Aslida, ikki millat vakili oila qursa eng katta farq bu madaniyatida bilinadi. Eng avvalo, oddiygina ovqatdan ham oilada kelishmovchilik kelib chiqishi bu keyinchalik janjalga aylanishi ham mumkin. Shuning uchun boshqa millat vakiliga turmushga chiqayotganda madaniyatlar o'rtasidagi farqni inobatga olish kerak. Mana shu farqni ko'tara olamanmi, yo'qmi deb inson o'ziga savol berishi kerak. O'zbek ayollari turkka erga tegayotganda madaniyatini o'rganishsin.


Turk va o'zbek ayolining ajrimi muammolarga boy ekan. Jarayon qanday kechadi?


Ajrimga er va xotin o'zaro rozi bo'lsa muammoli vaziyat emas.


Turk yigitlariga turmushga chiqqan xorijliklar statistikasida o'zbekiston ayollari birinchi o'rinda ekan…


Bu statistika to'g'ri, ammo noto'g'ri tushunilmasin. Turk erkakka turmushga chiqayotgan qizlarning hammasi yosh qizlar emas. Ular orasida 45-50 yoshgacha bo'lganlari ham ko'p. O'zbek jamiyatidagi bitta salbiy jihatni aytmasam bo'lmas, erkak ajrashsa, faqat ayoli bilan emas farzandlari bilan ham ajrashadi. Farzandlari uchun kam aliment to'lash uchun eng pastkash ishlarni ham bajarishga tayyor. Shaxsan bir nechta odamni taniyman, o'zini farzandiga pul sarflashni xohlamaydi. Turk erkaklari o'zbek ayollarini farzandi bilan bemalol qabul qiladi, otalik qiladi. Ikkita hatto uchta bolasi bilan ham erga tegayotgan ayollarimiz bor. Agar iqtisodiy va ma'naviy, ijtimoiy qiyinchilikda bo'lmasa ayol turkka turmushga chiqmaydi, deb o'ylayman. Keyin ajrashgan ayollarning aksariyati hatto ota uyiga ham sig'maydi. Mana Turkiyaga onasi bilan qancha bola kelgan, hammasi ulg'aymoqda. Asta-sekin bu yerning fuqaroligini olib, shu yerga moslashib ketmoqda. Biz nafaqat yurtimizda baxtini topolmagan ayollarimizdan balki bolalarimizdan ham ajrayapmiz. Oila qurish va qaerda yashash, albatta, hammaning o'z ixtiyori bilan bo'ladigan hodisa. Ammo, o'zga yurtga yaqinlarini tashlab ketish uchun ayoldan katta jasorat kerak. Bu ayol uchun katta qadam. Sobiq eri tomonidan berilgan arzimas aliment bolaning xarajatlarini qoplamaydi. Ayol bu berilgan pul bilan kiyimini olib bersinmi, qornini to'qlasinmi yoki o'qisinmi?


Sir emaski, o'zbek ayollari Turkiyaga ishlashga borganida yo enagalik qiladi yoki uy xizmatchisi bo'lib ishlaydi. Guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek, millatimiz nomiga dog' tushirayotgalari ham uchraydi. Amaliyotingizda shunday insonlarga duch kelganmisiz?


Shaxsan uchratmaganman, lekin xabarlarda o'qiyman. Bu judayam og'riqli mavzu. Noto'g'ri qadam tashlaydigan ayolarimiz ham afsuski yo'q emas. Bir-ikkita shunday ayollar boshqa barcha yurtdoshlarimizga isnod bo'lib qoladi. O'zbekistonlik desa ensasi qotadiganlar ham uchraydi. Afsuslanarli tarafi, o'zbeklarni faqat qora ishlarda ishlaydi deb o'ylaydigan turklar ko'p. Vaholanki, qanchadan-qancha iste'dodli yoshlarimiz, olimlarimiz bor. Eng yomoni, uy xizmatchisi sifatida o'zbekni ko'rsatadigan fil'm va seriallar bor. Yoki har-xil shou dasturlarida o'zim ko'rganim uy ishchisini o'zbek deb tasvirlaganini. Bundan o'zbek sifatida hafa bo'ldim. Vaholanki, bu yerda tadbirkorlik qilayotgan qanchadan-qancha biznesmenlar, olimlar ishlamoqda. Biz ularning ham faoliyatini ko'proq ko'rsatishimiz kerak. O'zbek haqidagi noto'g'ri tasavvurlarni o'zgartirishga harakat qilish kerak.


– Yaqinda turli OAV larda o'zbeklarning Turkiyaga kirishi qattiq tekshirilmoqda degan xabarlar tarqaldi. Aslida haqiqiy vaziyat qanday?


– Yuqorida aytganimdek o'zimizda ham ayb bor. Haqiqatda tekshiruv qattiq. Bu birinchisi. Ikkinchisi Rossiyadagi terrakt Turkiyani ham hushyor torttirdi. Ayniqsa, Istanbul markazlarida nazorat kuchli. Yurtdoshlarimiz yashash va ishlash imkonini beruvchi hujjatlarni tayyorlamaydi, oqibatda ko'pchiligi qiyin vaziyatga tushib qoladi. Turkiya jamoatchiligida qochqinlardan tezroq qutulish kerak degan fikr shakllanib qoldi. Bunda, albatta, siyosatchilarning va targ'ibotlarning ta'siri bor. Hozirda Turkiyada 3 milliondan ziyod suriyalik qochqinlar bor. Bu faqat suriyaliklarning statistikasi. Iroq, Afg'oniston, Afrika va boshqa iqtisodiy qiyinchilikka duch kelga davlatlardan kelgan xorijliklar bor. Aholisi qochqinlardan tezroq tozalanishini xohlayapti.


– Oilangiz, farzandlaringiz haqida ma'lumot bersangiz...


Ayolim oliy ma'lumotli, ammo hozirda farzandlarim tarbiyasi bilan band. Ikki nafar farzandim bor va ular litseyda o'qishadi.


– O'zbek mediasini kuzatib borasizmi, qanday loyihalar yoqmoqda?


Afsuski, kuzatib bormayman. Vaqtim judayam tig'iz.


Feruza RAHIMOVA,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2152 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1832 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2352 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2120 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat