Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +16 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +16 C

  • Yakshanba, 05

    +18 +20

  • Dushanba, 06

    +18 +20

  • Seshanba, 07

    +17 +20

  • Chorshanba, 08

    +12 +20

  • Payshanba, 09

    +16 +20

  • Juma, 10

    +18 +20

  • Shanba, 11

    +16 +20

  • Yakshanba, 12

    +17 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Jimgina so'zlayotgan tarix

O'zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga sayohat
Jamiyat
975 17:00 | 24.01.2025 17:00

– Diloro, nahotki, bu sen bo'lsang.


– Menman, Muhammad aka, menman!


– Sen bu g'urbatxonada nima qilib yuribsan?


– Meni ham hibsga olishdi...


– Farzandlarimiz qaerda?


– Ularni NKVDchilar Bolalar uyiga topshirishdi. Onam qaraydi, desam ham ko'nishmadi.


– Azizam, bu dunyoga biz bevaqt kelgan ekanmiz, peshonamga sen bilan baxtli yashash o'rniga hayotingni qamoqda azob bilan o'tkazib, o'lib ketish yozilgan ekan. Senga bir narsani aytib qo'yay. Men hech qachon xalq dushmani bo'lmaganman, hech qachon va har qanday holatda davlatni aldaganim yo'q. Hech kimga xiyonat qilganim ham yo'q. Ammo bu yerda meni majburlab, jinoyatchiga aylantirishdi. Shunday bo'lsa-da, qalbim toza. Men bu yerga aybsiz kelganman, bu dunyodan ham aybsiz o'tib ketishim kerak. Sen, Diloro, Xudodan bu zindondan eson-omon chiqib ketishingni, jondan aziz farzandlarimizga bosh bo'lib, uzoq va baxtli yashash sen va bolalarimizga nasib qilishini tilayman.


Men ham farzandlarimiz baxtiga bu yerdan eson-omon chiqishingizni so'rayman.


O'zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga kirib borar ekanmiz, beixtiyor o'tmish sari odimlayotganimizni his etdik. Ya'ni bu yerdagi muhit shundan darak berardi.


Tanishuvni qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan yangi tashkil etilgan ekspozitsiyadan boshladik. Eksponatlar ko'z oldimizda shundayligicha tarixni aks ettirib turardi: hujjatlar, suratlar, “qora qarg'a”, hibs, uzoq o'lkalarga olib ketayotgan vagon, surgun, huquqshunoslarning ayanchli taqdirini aks ettiruvchi “GULAG”dagi mehnat lageri, sovuq va zax qamoqxona, so'roqlar, otilayotgan inson, o'q tovushi, devordagi qon izlari, 1912 yilda barpo etilgan, Jizzax qo'zg'oloni ishtirokchilari saqlangan, Qizil armiyachilar turmasi nomi bilan mashhur bo'lgan qamoqxonadan keltirilgan tarixiy eshik vositasida yaratilgan hibsxona, qatag'on bo'lganlar oilasi boshiga solingan azoblar... Hamma-hammasida o'sha davr ruhi, ovozi, dahshati ko'z oldingizda aslicha namoyon.


Qatag'on yillari ramzi hisoblangan “qora qarg'a” nomi bilan mashhur tarixiy avtomobil' muzeyning nodir eksponatlaridan hisoblanadi. Uning sharpasidan ham qo'rqishgan, kimning xonadoni oldida to'xtasa, bu oila parokandalikka yuz tutgan, unda olib ketilgan kishi qaytmagan. Jizzax qo'zg'oloni esa ayovsiz bostirilgan. Ishtirokchilarining aksari qamoqxonada otib tashlanib, xalq ko'rib qolmasligi uchun yashirin tunnel orqali olib chiqilgan va “turma”dan uzoq bo'lmagan joyga ko'mib tashlangan.


Surgundagi turmush o'rtog'ini izlagan ayollar Qozog'istondagi ALJIR (Vatan xoini bo'lgan insonlar ayollari saqlanadigan lager)ga yuborilib, og'ir sinovlarga duchor etilgan. Bolakaylarning tosh otishlaridan jabr chekib, ohu nolalar qilishgan. Biri otilgan toshdan sut ta'mi kelayotganini sezib qolib, “toshbo'ron”ning asl mohiyatini anglashgan. Oqibatda to'yimli ovqat bo'lgan qurutni yeb jon saqlashgan. Yordam bersa, o'z boshiga ham kulfat tushishini bilgan mahalliy xalq shu usuldan foydalangan. Bolalarini xavf ostiga qo'yib bo'lsa-da, bunga jur'at etishgan. Shunday og'ir damda ham insonlar bir-birini mardona qo'llab-quvvatlashgan.


Maqolamiz boshidagi gaplar ham o'zbek zamonaviy huquqshunosligining asoschisi Muhammadjon Mo'minov va uning rafiqasi, O'zbekistondagi birinchi ayol huquqshunos, 1925 yili 24 yoshida O'zbekiston Respublikasi prokurori yordamchisi lavozimiga tayinlangan Diloro Yusupovaning tergov jarayonidagi uchrashuvdagi dialogdan parchadir.


O'sha mash'um kun, ya'ni 1937 yilning 29 martida O'zbekiston Adliya komissarligining aholiga yuridik yordam va sud himoya bo'limi boshlig'i bo'lgan turmush o'rtog'ini “qora qarg'a” olib ketgach, Diloro Yusupova eri yurt uchun ko'p ish qilganini, aybsiz ekanligini aytib, “markaz”ga xat yozadi. Shundan so'ng u ham lavozimidan olinib, ikki yil qamoqqa tashlanadi. Tergovda ular yuqoridagi holatda bir marta uchrashishadi.


Bu kabi ma'lumotlarni tinglagan, eksponatlar real hayotda bo'layotgandek “so'zlayotgani”dan ta'sirlanib, ularning holatini his etgan barchaning ko'zida yosh miltillaydi.


Qatag'on. Bu nafaqat milliy ozodlik harakati uchun kurashgan Qodiriy, Сho'lpon, Munavvar Qori kabi ijodkorlar, balki boshqa sohalarda ishlagan insonlar boshiga ham kulfat yog'dirgan davrning qora jumlasi. Bu safda prokuratura xodimlari ham bisyor bo'lib, ular ham qiynoqlarga duchor etilgan, surgun qilingan, otilgan. Izlanishlar jarayonida 160 nafardan ziyod qatag'on bo'lgan prokuror aniqlanib, ularning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan “Tarixiy xotira beqiyos” kitobining birinchi va ikkinchi jildlariga 80 nafar shaxs kiritilgani fikrimizning dalilidir. Bo'limlarni kezar ekanmiz, keyingi davrlarda ham huquq himoyachilariga oson bo'lmaganini, “Paxta ishi”, kovid balosi ularning ko'pchiligini qora domiga tortganini ham bilib olamiz.


– Ushbu muzey O'zbekiston prokuraturasining 30 yilligi oldidan tashkil etilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 31 avgustda “Shahidlar xotirasi” xiyobonida bergan topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yil 11 sentyabrda Bosh prokurorning tegishli farmoyishi chiqdi. Shu asosda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida muzeyda Qatag'on qurboni bo'lgan prokuratura xodimlari xotirasini abadiylashtirishga bag'ishlangan yangi ekspozitsiya o'tgan yili Konstitutsiya kuni arafasida o'z faoliyatini boshladi, – deydi muzey xodimi Gulira'no Orifjonova. – Mazkur bo'limda Turkiston Muxtoriyati, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi hamda uning tarkibidagi Qoraqalpog'iston respublikasi va viloyatlar kesimida qatag'onga uchragan prokurorlar va ularning vatan ravnaqiga qo'shgan hissasi namoyish etilgan. Bundan tashqari, o'tgan asrning 40-50, 60-70, 80-yillaridagi qatag'on bo'yicha ham stendlar yaratilgan.


Shu kunlarda qatag'on qilingan har bir xodim haqida alohida monografiya va hujjatli fil'm tayyorlanmoqda. O'zbekiston SSRning birinchi prokuratura binosi Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shahri, Ochildi Miriy ko'chasida joylashgani aniqlandi. Bundan 120 yil oldin qurilgan ushbu bino prokuratura aralashuvi bilan madaniy meros ob'ekti ro'yxatiga olinib, hozir unda rekonstruktsiya ishlari ketmoqda.


Muzeyning foye qismidagi devoriy surat prokuror qiyofasining asrlar kesimida o'zgarib borishini aks ettiradi. Keluvchilar eng so'nggi texnologiyalar yordamida yaratilgan “Adolat – hamisha g'olib” nomli prokuratura sohasi tarixiga bag'ishlangan mapping shou bilan tanishadi. Muzeyning yirik hajmdagi kutubxonasi esa boy kitob fondiga ega.


Muzeyning 2022 yilda tashkil etilgan dastlabki bo'limi O'zbekiston prokuraturasining eng qadimgi davrdan to bugungi kungacha tarixi aks etgan ekspozitsiya O'zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixi, O'zbekiston prokuratura organlari tarixi (Turkiston ASSR, O'zbekistonning mustaqillikkacha bo'lgan davri SSR prokuraturalari tarixi), O'zbekistoning har bir viloyat prokuraturasi tarixi, “Xotira – muqaddas” (yuksak matonat va jasorat namunasi), O'zbekistondagi sud-huquq islohotlari, prokuratura organlarining xalqaro hamkorligi, Yangi O'zbekiston prokuraturasi faoliyati kabi yetti bo'limdan iborat. Shuningdek, bu yerda elektron muzey ham tashkil etilgan bo'lib, unda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan xodimlar, baynalmilalchi jangchilar hamda xizmat vazifalarini bajarish chog'ida vafot etganlar haqida ma'lumotlar berilgan. Oliy darajali unvonga ega bo'lganlar, davlat va idora mukofotlari olgan, qolaversa, ilm-fan sohasida yutuqqa erishganlar hamda sport musobaqalari g'oliblari bo'lgan iste'dod va ilm namoyandalari to'g'risida ham batafsil ma'lumotlar keltirilgan.


Muzey fondida 5 mingga yaqin hujjatlar, 7 mingdan ortiq foto va videomateriallar, 2 mingga yaqin eksponatlar jamlangan.


Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir, degan edi ulug' adib Abdulla Qodiriy. Bizni o'tmish qa'riga uloqtirgan, bugungi kun qiyofasi ham aks etgan jarayonlar ta'sirida vaqt o'tganini ham sezmay qolibmiz. Olis-yaqin hayotimizning ayrim achchiq tomonlaridan jimgina so'zlayotgan tarix bizga ko'p saboq berdi. O'zini, o'zligini anglagan inson bu holatdan tegishli xulosa chiqarishi tayin. Ortga qaytar ekanmiz, beixtiyor yurtdoshlarimizga shunday degimiz keldi: muzeyga o'smir yoshdagi farzandlaringiz bilan keling, ular ham kechagi kunni ko'rsin, his etsin, o'sha kun bilan yashab ko'rsin. Bu bilan aytib emas, ko'rsatgan holda ular tarbiyasiga ta'sir etishingizga ishonchimiz komil.


Siz nima deysiz, qadrdon?


Salim ABDURAHMONOV


ISHONCH



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2152 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1832 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2353 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2121 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat