+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Dunyodagi eng o'rganish murakkab tillar qaysilar?

Xorijiy tillarni o'rganish insonga ko'plab imkoniyatlar taqdim qiladi. Sayohatlar, daromadli ish, yangi tanishuvlar shular jumlasidandir. Ammo, boshlanishiga o'rganish osonroq bo'lgan til bilan qiziqqan ma'qulroq.
Jamiyat
5415 11:48 | 06.08.2024 11:48

Dunyoda o'rganish uchun eng qiyin til qaysi ekanligini bilasizmi?


8- o'rin — frantsuz tili
Frantsuz tili roman tillari guruhi


Frantsuz tili — buyuk olimlar hamda faylasuflar so'zlashgan til bo'lish bilan birga roman tillari guruhiga tegishli sanaladi. Dunyoning 29 ta mamlakatida yashovchi insonlar mazkur tilda muloqot qiladi. Frantsuz tilidagi eng qiyin narsa — so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishdir. Tilni o'rganishga endi kirishgan insonlar unli harflar tufayli juda ko'p adashadi. Bu til dunyodagi eng ko'p o'rganilishi bo'yicha ingliz tilidan keyingi ikkinchi o'rinni egallaydi.


7- o'rin — norveg tili
Norveg tilida standart mavjud emas
Og'zaki norveg tilida aniq bir tasdiqlangan standart mavjud emas. Shu sababli muloqot vaqtida juda ko'p qiyinchilik yuzaga keladi. Norvegiyaning bir shahrida tilni o'rganib, mamlakatning ikkinchi burchagiga yo'l olsangiz, bu yerliklar sizni tushunmasligi ham mumkin. Norveg tilida shevalar haddan tashqari ko'p.


6- o'rin — nemis tili
Nemis tilida ham shevalar yetarlicha
So'zlarni to'g'ri talaffuz qilish uchun 44 ta tovushni o'rganish kerak. Nemis tili grammatik jihatdan ham biroz qiyin tuyulishi mumkin. Mazkur tildagi so'zlar haddan tashqari ko'p turlanishi sababli ham o'rganish vaqtida qiyinchiliklar yuzaga keladi.


5-o'rin — ivrit tili
Ivrit tili dunyodagi eng qadimiy til sanaladi
Uning yozilishi ham, grammatikasi ham tilni o'rganish vaqtida kata qiyinchiliklarga sabab bo'ladi. Harflarning barchasi bir-biriga ikki tomchi suvdek o'xshaydi. Bundan tashqari, ivrit tilidagi matnni o'ngdan chapga qarab o'qish kerak.


4-o'rin — island tili
Qadimgi tillar sanalmish island tili
Bu ham dunyodagi eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Rasman mazkur tilda so'zlashuvchilar faqat Islandiyada yashashadi. Tilning asosiy grammatikasi 10 asrdan beri deyarli o'zgarmagan. Leksikasi haddan tashqari qiyin. Ushbu tilni mustaqil ravishda o'rganish imkonsiz.


3-o'rin — rus tili
Rus tili ham o'rganish uchun qiyin sanaladi
Bu ayniqsa, tilni o'zlashtirish istagidagi xorijliklarga tegishlidir. Tovushlar va harflarning ko'pligi, urg'u tushunchasi, sinonimlar ham o'quvchilarni juda ko'p adashtiradi.


2-o'rin — arab tili
Arab tili eng murakkab tillardan biri
Dunyodagi eng murakkab tillardan biri — arab tili hisoblanadi. Arab tilining yozuvi haddan tashqari qiyin. Aslida arab alifbosidagi harflar soni 28 ta. Ammo ular so'zboshida, o'rtasi va oxirida kelishiga qarab turlicha yoziladi. Fonetikada ham o'ziga xosliklar yetarlicha.


1 o'rin — xitoy tili
Xitoy tili “Ginnesning rekordlar kitobi”da
Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. Xitoy lug'atlarida 85 000 tadan ortiq ieroglif mavjud. Ammo so'zlashuvda ularning 7000 tasi ishlatiladi. Ularning har birini eslab qolish lozim. Ierogliflarni to'g'ri yozish esa butunlay boshqa masala. Fonetikada to'rt xil ohang mavjud bo'lib, bita so'zni noto'g'ri talaffuz qilish orqali uning ma'nosini butunlay o'zgartirib yuborish mumkin.


Madina Po'lat qizi ”Ishonch.uz”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2357 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 2051 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2637 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2339 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat