Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Orol yagona emas: Yer yuzidan yo'q bo'layotgan suv havzalari

Evropa Ittifoqining “Kopernikus” dasturi Orol dengizining koinotdan tushirilgan suratini e'lon qildi. Mutaxassislarga ko'ra, bir paytlar jahonning eng yirik ko'llaridan biri bo'lgan hududning g'arbida biroz miqdorda suv qolgan. Agar tendentsiya o'zgarmaydigan bo'lsa, bu suv ham taxminan 5 yillarda butunlay bug'lanib ketadi va yaxlit Orolqum sahrosi paydo bo'ladi.
Tahlil
1422 21:50 | 18.03.2024 21:50

60 yilning nari-berisida kichikroq bir davlatning hududiga teng maydonda mavj urib turgan Orol dengizi sahroga aylandi. Xo'sh, Markaziy Osiyodagi ekologik falokatga o'xshash hodisalar dunyoda uchraydimi yoki bu yagonami? Afsuski, jahonda shiddat bilan quriyotgan va Orol dengiziga o'xshab yo'q bo'lib ketayotgan havzalar bisyor.


Quyida ularning ayrimlarini ko'rib o'tamiz.


Poopo ko'li (Boliviya)


Poopo Janubiy Amerikadagi Titikakadan keyin ikkinchi eng katta tuzli ko'l edi, u Сhili bilan chegarada joylashgan bo'lib, maydoni 2337 kvadrat kilometrni tashkil etardi.



1991-2016 yillar oralig'ida ko'lning suvi ko'p miqdorda bug'lanib ketdi. Bunga Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suv yuzasi qatlami haroratini oshirgan global isish sabab bo'lgan. Bu hodisa El Nino deb ataladi.


Ko'lning yo'q bo'lib ketishi mahalliy flora va faunaning 200 turining nobud bo'lishiga olib keldi va ba'zi tirik mavjudotlar boshqa hududlarga ko'chdi. Mahalliy aholi baliq ovlash bilan shug'ullangan, shuning uchun ularning odatiy turmush tarzi butunlay o'zgargan. Ko'pchilik bu yerdan shaharlarga ko'chib o'tmoqda.


Urmiya ko'li (Eron)


Erondagi Urmiya ko'li ham ayni damda deyarli yo'q bo'lib ketgan. Ilgari uning uzunligi 140 kilometrdan ortiq, kengligi esa 50 kilometrni tashkil etgan. Hozir uning hajmi 95 foizga qisqardi va bor-yo'g'i 32 kub kilometrni tashkil etdi.



2005 yilda boshlangan kuchli qurg'oqchilikdan oldin Urmiya ko'li taxminan 5200 kvadrat metr maydonni egallagan. Afsuski, u suvining 88 foizini yo'qotdi. Bu ekologik ofatning bir qancha sabablari bor: ammo, inson faoliyati asosiy hisoblanadi. Aksariyat ekspertlarning fikricha, qurg'oqchilikning asosiy sababi Urmiyadan Tabriz shahriga ko'lni kesib o'tuvchi avtomobil' yo'li qurilishidir.


Urmiya Yaqin Sharqdagi eng katta ko'llardan biri edi. Bu ko'lni 11 ta daryo suvga to'yintirgan, oltita to'g'on qurilgan.


Bir paytlar bu joylar go'zal va dam oluvchilarni o'ziga jalb qiladigan maskanlar edi. Endi sobiq ko'l hududida oppoq tuz qoplamalarinigina ko'rish mumkin.


Urmiya ko'lining qadimgi forscha nomi Сhichast bo'lib, “yorqin” degan ma'noni beradi. Bu nom ko'l qirg'og'ida joylashgan yorqin minerallar va sho'r kristallar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shundan so'ng, ko'lning rangi tufayli forslar uni Kabodan deb atashgan, bu jozibali degan ma'noni anglatadi.


Сhad ko'li (Afrika)


Сhad ko'li masalasi Afrikadagi eng o'tkir ekologik masalalardan biri sanaladi. Сhad ko'li basseynida noyob ekotizim rivojlangan. Uning millionlab yillik tarixi bor. Ko'l Сhad, Niger, Kamerun va Nigeriya davlatlari chegarasida joylashgan. So'nggi ming yillikda ko'l yettinchi marta qurib qoldi. Qizig'i, ko'lning qurib qolishi avval ham kuzatilgan va u o'z-o'zidan yana tiklangan.



Ammo uning oxirgi marta qurishi haqiqiy falokatga aylandi. Qurish sabablaridan biri Markaziy Afrikaning Сhad ko'lini oziqlantiradigan Shari va Logone daryolarining sayoz bo'lib qolgani edi. Biroq, bu ham inson aralashuvisiz sodir bo'lishi mumkin emas edi. Gap shundaki, Shari qirg'oqlarida yashovchi aholi dehqonchilik maqsadida daryo suvidan palapartish va xo'jasizlarcha foydalana boshladi. Bundan tashqari hudud qoloq bo'lgani sababli suvni tedovchi texnologiyalar haqida gap bo'lishi ham mumkin emasdi. Natijada, Сhad ko'liga juda oz manbalar oqib kela boshladi.


Ilgari bu ko'l 10 000 kvadrat milyadan ortiq maydonga ega edi, ammo 1963 yildan 2001 yilgacha u 95 foizga kamaydi va 1,5 ming kv. kmga yaqin hududni tashkil etadi. Endi mahalliy yovvoyi tabiatga boy hudud cho'lga aylanmoqda.


Сhad ko'lida 179 baliq turlari aniqlangan. Ko'l 50 million kishidan oshiq aholining hayot tarziga ta'sir etadi.


Katta sho'r ko'l (AQSh)


So'nggi yigirma yillik qurg'oqchilik davrida AQShning Yuta shtatidagi Katta sho'r ko'l rekord darajaga qisqardi va zaharli tuzli bo'ronlar manbaiga aylandi (ko'l holati Orol dengizinikiga o'xshab ketadi). Suv ombori tubidagi chang yovvoyi tabiat va yaqin atrofda yashovchi odamlarga xavf tug'dirmoqda, deb yozdi Reuters agentligi.


AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yil iyul oyi boshida ko'ldagi suv dengiz sathida 1,27 ming metrgacha pasaygan - bu 1847 yilda kuzatuvlar boshlanganidan beri eng past darajadir. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ko'l o'z maydonining deyarli yarmini yo'qotib, deyarli ikki ming kvadrat kilometr tubi ochilib qolgan.



Yuta universitetidan iqlimshunos Kevin Perri ko'l qirg'og'ida joylashgan Solt-Leyk-Siti megapolisi allaqachon chang bo'ronlaridan aziyat chekayotganini aytdi, mutaxassislar prognozlariga ko'ra, yaqin yillarda atrof-muhit ifloslanishi ortadi.


Tadqiqotchining fikriga ko'ra, 2002 yilgi Qishki Olimpiada o'yinlarini qabul qilgan shahar iqlim o'zgarishi bo'yicha shoshilinch choralar ko'rilmasa, “changli ko'l shahri”ga aylanish xavfi bor.


Hozir qurigan ko'l tubida kaltsiy, oltingugurt, mishyak shuningdek, mis va kumush qazilma chiqindilari mavjud. Ushbu elementlarni o'z ichiga olgan changdan uzoq vaqt nafas olish o'pka va siydik pufagi saratoni, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va boshqa jiddiy kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi. Zaharli zarralar nafaqat odamlarga, balki yovvoyi tabiatga ham tahdid soladi. Shunday qilib, bu har yili mavsumiy migratsiya paytida Katta sho'r ko'lga uchadigan qushlarning 330 dan ortiq turlariga salbiy ta'sir qilishi mumkin.


Ko'lning sayozlashishi mintaqa uchun iqtisodiy xavflarni ham anglatadi, chunki suvda ko'plab qisqichbaqalar yashaydi – ular har yili Yuta shtatiga ikki milliard dollarga yaqin daromad olib keladi. Vaziyatni to'g'irlash uchun mutaxassislar fermer xo'jaliklari, sanoat korxonalari va munitsipalitetlar tomonidan ko'l irmoqlarida suv iste'molini kamaytirishni taklif qilishdi.


O'lik dengiz (Yaqin Sharq)


O'lik dengiz Iordaniya va Falastin o'rtasidagi, Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'idagi ko'l hisoblanadi. Dengiz sathidan o'ta pastda joylashgan va kurort, dam olish xususiyatiga ega maskan sanaladi. Dunyodagi eng sho'r suvga ega havzalardan biri bo'lib, so'nggi paytlarda uning ham hududi qisqarib bormoqda. Uni suvi shu qadar sho'rki, cho'milgan odam umuman cho'kmaydi.



Olimlarning ta'kidlashicha, hozirda O'lik dengiz juda sayoz bo'lib qolgan. Har yili suv sathi bir metrga pasayadi.


Dengiz nafaqat iqlim o'zgarishi tufayli bug'lanib ketyapti, balki bu yerda qimmatbaho foydali qazilmalarni qazib oladigan sanoatchilarning aybi ham sabab bo'lmoqda.


Ko'plab mutaxassislarning fikriga ko'ra vaziyat o'zgarmasa, 2050 yilga kelib O'lik dengiz butunlay qurib qoladi.


“Olimlar agar suvdan hozirgi darajada foydalanishda davom etsa, atrof-muhit vayron bo'lishidan ogohlantirmoqda”, — deyiladi hisobotlarda.


Abror Zohidov



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023