Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Buyuk Xitoy devori: qabristonga aylangan ulkan qurilish

Dunyoda inson qo'li bilan bunyod etilgan hayratlanarli yodgorliklar ko'p. Misr ehromlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Minglab yil avval qurilgan bo'lsada, ularning bunyod etilishi haqida turli - gap so'zlar va mish-mishlar yuradi. Xitoy shimoli-sharqida joylashgan, 9 ming kilometrga yaqin masofani egallagan Buyuk Xitoy devori ham ana shunday tarixiy inshootlardan sanaladi. Shu o'rinda bir qiziq savol tug'iladi: nega insonlar minglab kilometrlarga cho'zilgan devor bunyod etishgan, bu devor o'zining asl vazifasini bajarganmi? Devor juda uzoq o'tmishda qurilgani sabab u haqda turli gap-so'zlar, farazlar va fikrlar mavjud.
Tahlil
5040 10:17 | 23.03.2024 10:17

Xitoy devori oz-ko'p emas 1800 yil davomida bunyod etilgan. Miloddan avval III asrda Tsin imperiyasi hukmdori Tsin Shixuandi tashabbusi bilan boshlangan qurilish milodiy 1644 yilga qadar davom etgan. Albatta, ushbu davr oralig'ida uzluksiz katta qurilishlar bo'lmagan. Uni qurish Xitoy tarixining “Kurashyotgan podsholiklar” davrida boshlangandi. Inshoot ikki qavatli bo'lib, balandligi 6,6 metr, ayrim joylari bundan ham balandroq. Poydevorining kengligi – 6,5 metr, ustki qisminiki – 5-5,5 metrni tashkil qiladi. Uzunligi qariyb 6 ming kilometrga teng. Devor mamlakat poytaxti Pekin shahridan 40-45 kilometrcha shimoli-g'arbda janubi-g'arbga buriladi, so'ngra Su'jou shahridan o'tib, Gansu o'lkasidagi Szya­yuyguan qal'asida tugaydi. U taroshlangan qattiq va rangdor tog' jinslari, g'ishtlar hamda loydan ko'tarilgan. Har 60-100 metrda minoralar, muhim strategik ahamiyatga ega hududlar va tog'li yo'llar yoqasida istehkomlar mavjud bo'lgan.



Kimlar qurgan?


Tarixchilarga ko'ra, devor juda og'ir sharoitlarda, ayovsiz va qattiq tartib ostida qurilgan. O'sha paytda mamlakatda o'g'il bola tug'ilishi musibat o'rnida ko'rilardi: yigit kishi voyaga yetgach devor qurilishiga jo'nardi. U yoqdan sog'-omon qaytib kelish faqat omadi kulganlarga nasib qilardi. Qiyin sharoitlar va turli kasalliklar sabab ishchilar orasida qurbonlar ko'p bo'lardi. Ularni alohida dafn qilish vaqt va xarajat talab qilgani uchun ko'p ishchilar devorning ostiga yoki ichiga ko'mib yuborilgan. Shu sababdan Buyuk Xitoy devori ayrim manbalarda “Ulkan qabriston” deya ham tilga olinadi. Ekspertlarga ko'ra, qurilish 500 ming kishidan oshiq ishchining (ayrim manbalarda bu miqdor bir millionga ham nisbat beriladi) hayotiga nuqta qo'ygan.



Tsin sulolasi davrida Buyuk Xitoy devorini qurish, saqlash va nazorat qilish mahkumlar uchun umumiy vazifalar edi. Noqonuniy ishchilarni oddiy fuqarolardan farqlash uchun rasmiylar ularning sochini oldirib, yuzlarini qoraygan va zanjirband qilgan. Qotillikdan tortib soliq to'lashdan bo'yin tovlashgacha bo'lgan barcha jinoyatchilar devor qurilishida ishtirok etish yoki uning qurilishi uchun haq olish bilan jazolangan.

Kosmosdan ko'rilishi to'g'ri emas

Ma'lumot o'rnida: Xitoy devori haqida yana bir gap-so'z yuradi, aytishlaricha, uni koinotdan turib bemalol ko'rsa bo'lar emish. Aslida, bu fakt haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Kosmosdan devorni ko'rishga ko'p urinishlar bo'lgan. NASA mutaxassislarining aytishicha, Xitoy devorini orbitadan qurollanmagan ko'z bilan ko'rish mumkin emas.

Gap shundaki, uzunligi minglab kilometrlarni tashkil etsa, ob'ektning kengligi atigi 5-8 metrni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, devor kosmosdan ko'rinib bo'lmaydigan darajada yupqa. Va ba'zida qadimiy devor adashtiriladigan joy ko'pincha tog' tizmasi yoki ulkan daryo bo'lib chiqadi.

Shuningdek, inshoot yaxlit va bir-biriga ulanib ketadigan qismlardan tashkil topgan degan qarash ham asosga ega emas. Devor bir necha bo'laklarni o'zida birlashtirgan, umumiy uzunligi 20 ming kilometr(!)ni tashkil etuvchi qurilish ob'ekti sanaladi.

O'zi nima uchun qurilgan?


Devorning nima uchun qurilganligining eng mashhur talqini sifatida miloddan avvalgi III asrda Xitoyning shimolida joylashgan hududlarda yashagan ko'chmanchi xunn qabilalari bosqinidan himoyalanish keltiriladi. Boshqa versiyalarga ko'ra, qurilganidan bir necha asrlar o'tgach, devor Xitoy xalqlarini ichki nizolardan himoya qilgan, shuningdek, savdo yo'li bo'lib xizmat qilgan va umuman mudofaa funktsiyalariga ega bo'lmagan. Ba'zi olimlar devorni mudofaa deb hisoblamaydilar, chunki devorning kichik qalinligi ko'chmanchilarning Xitoyga osongina kirib borishiga imkon bergan.

Bundan tashqari Buyuk Xitoy devori juda katta edi va ko'p qismlari yomon qo'riqlanar, qo'riqchilar soni juda oz edi. Minglab kilometrga cho'zilgan hududni qo'riqlash va dushmanga qarshilik qilish uchun xitoyliklarda resurs yo'q edi. Bu esa devorning mudofaa inshooti sifatidagi nufuzini anchagina tushirib yuborgan.

Jahon me'morchiligining noyob yodgorligi ko'pchilik o'ylanganidek, nafaqat mudofaa maqsadida qurilgan, balki devorning shimoliy qismi Xitoy hukumatiga transport va odamlar harakatini nazorat qilish, soliqlarni yig'ishga ham yordam bergan.

Isroil, mo'g'ul va amerikalik arxeologlar guruhi ikki yil davomida Buyuk Xitoy devorining shimoliy qismini o'rganishdi. Ular mashhur tuzilma nafaqat ko'chmanchi qabilalaridan himoya, balki boshqa maqsadlar uchun bunyod etilganini aniqlashdi. Ular mashhur tuzilma nafaqat ko'chmanchi qabilalaridan himoya, balki boshqa maqsadlar uchun bunyod etilganini aniqlashdi.

Mutaxassislar devorning zamonaviy Mo'g'uliston davlati hududidan o'tgan 740 kilometrlik qismini birinchi marta to'liq xaritaga tushirishdi. Ba'zilar uni “Shimoliy chiziq”, boshqalari “Сhingizxon devori” deb atashadi. Yangi tadqiqot uchun arxeologlar devor vayronalari bo'ylab qazilgan sun'iy yo'ldosh va dron tasvirlaridan, shuningdek, radiokarbonli namunalardan foydalanganlar.

Ma'lum bo'lishicha, shimoliy qism Сhingizxon qo'shini bosqinidan o'nlab yillar oldin qurilgan (Shimoliy Xitoyda mo'g'ullar tomonidan Tsin imperiyasining zabt etilishi 1211-1215 yillarda sodir bo'lgan). Tadqiqotchilar, shuningdek, inshootning nisbatan past balandligi, g'ayrioddiy marshruti va harbiy ahamiyatga ega bo'lmagan qadimiy yo'llarga yaqinligiga ham e'tibor qaratishdi. Bularning barchasi strukturaning mudofaa qobiliyatini shubha ostiga qo'ydi.

Quddusdagi Ibroniy universitetidan Gideon Shelax-Laviyning so'zlariga ko'ra, zamonaviy olimlar Shimoliy chiziqqa yetarlicha e'tibor bermagan. “Biz bu ko'proq tinch aholi va chorva mollarining harakatini nazorat qilish haqida degan xulosaga keldik. Balki bu tuzilma hokimiyatga migratsiyani jilovlash va ularning hududiga kirganlarga soliq solishga yordam bergandir”, - deya tushuntiradi u.

Yana bir muhim versiya bor – Xitoy devori mamlakatni tashqi dushmandan himoyalash uchun emas, balki o'z aholisining chetga chiqib ketishi, boshqa tamaddunlarga aralashishidan to'sib turish va davlat hududini qat'iy chegaralab olish uchun qurilgan.Yana bir muhim versiya bor – Xitoy devori mamlakatni tashqi dushmandan himoyalash uchun emas, balki o'z aholisining chetga chiqib ketishi, boshqa tamaddunlarga aralashishidan to'sib turish va davlat hududini qat'iy chegaralab olish uchun qurilgan.

Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Х.Сарвар

07:00 | 31.10.2024

Рахмат! "Буюк Хитой Девори" хакида куп нарсаларни билиб олдим. Купчилик инсонлар "Коинотдан куринади" деб хисоблайди, менинг хам шубхам бор иди шу сузга, инди билиб олдим. Яна бир бор каттакон Рахмат!

Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023