Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 20-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 20

    +18 +20

  • Dushanba, 21

    +19 +20

  • Seshanba, 22

    +20 +20

  • Chorshanba, 23

    +22 +20

  • Payshanba, 24

    +21 +20

  • Juma, 25

    +24 +20

  • Shanba, 26

    +27 +20

  • Yakshanba, 27

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Surishtiruv: Nega ko'p joylarda taomlar bir xil, narxlar har xil?

Biror joyga ovqatlanish uchun kirganingizda, deyarli hamma joylarda bir xil bo'lgan taomlarning narxlari har xilligiga e'tibor berganmisiz? Ayrim joylarda ovqatlar narxi qimmat bo'lgani yetmagandek, yana ofitsiantlarning xizmat haqqi uchun olinadigan 20-25 foizgacha bo'lgan "stavka" sizni hayron qoldirmaydimi?
Tahlil
1824 15:26 | 23.11.2023 15:26

Bugun xo'randa ovqatlanish joyini o'z istagi va imkoniyatiga qarab tanlaydi. Ammo har yerning o'z tosh-u tarozisi bo'lganidek, ularning narxi, sifati va hajmida ajablanarli darajada tafovut mavjud. Masalan, bozordagi bahosi unchalik farq qilmaydigan aynan bir xil masalliqlardan pishirilgan taom aksariyat kafe-oshxonalarda turli narxlarda sotiladi. Bu esa ko'pincha iste'molchilarning haqli e'tirozlariga sabab bo'layotir.


Biz ushbu muammoni eng ko'p iste'mol qilinadigan sevimli ovqatlarimizdan biri bo'lmish palov misolida o'rgandik. Uni tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlarning bozordagi narxidan tortib kafe-oshxonalarda tayyor taom sifatida sotiladigan bahosigacha – barchasini atroflicha tahlil qildik.


Aniqlashimizcha, poytaxtimizdagi oddiy osh markazlarida bu taomning bir portsiyasi 30-37 ming so'm, mashhur osh markazlari va milliy oshxonalarda 35-38 ming so'm, kafe-restoranlarda 40 mingdan 80 ming so'mgacha ekan. Ba'zi yemakxonalarda 10 foizdan 25 foizgacha miqdordagi xizmat haqi ham qo'shilsa, bu narxlar yanada ko'tariladi. Ustama haqning yarmi ofitsiantlarga, yarmi farroshlarga maosh sifatida tarqatiladi. Biroq u nega xo'randalar hisobidan to'lanishini bizga hech kim ro'y-rost tushuntirib bermadi.


To'g'ri, ofitsiant xo'randalarga xizmat qiladi. Qolaversa, «choychaqa» butun dunyo tajribasida bor. Uni iste'molchi ko'nglidan chiqarib berishi ham mumkin. Ammo ayrim joylarda yuqori darajada belgilangan xizmat haqi umumiy hisob ancha qimmatlashishiga olib keladi.


Aslida ofitsiantlar xizmati tamaddixona rivoji va foydasi uchun yo'lga qo'yiladi. Bu ham o'ziga xos etika va madaniyat! Lekin ovqatlanish shoxobchalari sotadigan mahsulotlaridan sof foyda ola turib, yana nega ofitsiantlarning ish haqini iste'molchilar bo'yniga ilib qo'yishi kerak? Ustiga-­ustak, aksariyat yemakxona rahbarlari soliq to'lamaslik uchun ofitsiantlar bilan mehnat shartnomasi tuzmaydi yoki juda kam miqdorda maosh beradi. Sirasini aytganda, 20-25 foizlik xizmat haqi masalasi arzimasdek ko'rinsa-da, zamirida katta muammo mujassam. Demak, albatta, bu masala alohida nazorat oliinishi kerak.


Ovqatlar qiymatini belgilash tartibi va baholar o'rtasidagi tafovutlar haqida so'raganimizda, ish ­boshqaruvchilarning ko'pchiligi bir xil javob berdi. Ya'ni narxlar tamaddixonalarning joylashuvi, qulay sharoiti, sifatli xizmat ko'rsatishi hamda talablar inobatga olingan holda belgilanishini aytishdi.


— Aksariyat kafe yoki restoranlar rahbarlari taomlar narxini iste'molchilar hamyoni ko'taradigan darajada qo'yishadi, — dedi poytaxtimiz markazidagi «AGAT» kafesi ish boshqaruvchisi Usmon Abdufotihov. — Shuning­dek, ovqatlar bahosiga ular joylashgan hudud, ishlatiladigan mahsulotlar sifati ham ta'sir qiladi. Masalan, biz palov uchun zarur sifatli masalliqlarni «Сhorsu» va «Farhod» bozorlaridan xarid qilamiz. Go'shtni boshqa joydan olmaymiz, chunki o'zimizning kushxonamiz bor. Bir qozon oshga 2-2,5 million so'm xarajat qiladigan bo'lsak, uning uchdan ikki qismi xarajatlarni qoplashga sarflanadi, uchdan bir qismi sof foyda sifatida qoladi. Bizda bir kishiga mo'ljallangan 300-350 grammlik oshning bahosi — 32 ming so'm. Faqat ­taomlarga pul to'lanadi, xizmat uchun haq olinmaydi.


— Ovqatlanish shoxobchalarining ham o'ziga yarasha xarajatlari bor, — ­deydi «Osh markazi»ning Bodomzor filiali ish boshqaruvchisi. — Ba'zilarining ijara haqi qimmat, joylashgan hududi qulay, ovqatlar narxi ham shunga yarasha. Qaysi yemakxonani tanlash esa iste'molchilar ixtiyoriga havola. Ayrim oshxonalar 100 nafar xaridorga xizmat ko'rsatib orttirgan daromadni boshqa bir kafe 10 kishilik ovqatni pullash evaziga topadi. Lekin muayyan turdagi ovqatga ishlatiladigan masalliqlar deyarli bir xil bo'ladi. Umumiy qiymati 600 ming so'mlik 40 kilo guruchdan osh damlash uchun 180 ming so'mlik 10 litr yog', 300 ming so'mlik 60 kg. sabzi, 160 ming so'mlik 4 kg. mayiz, 120 ming so'mlik 4 kg. no'xat, 60 ming so'mlik 1 kg. zira, 4 million 250 ming so'mlik 50 kg. go'sht va boshqa xarajatlarni qo'shganda – jami 7 million so'm atrofida mablag' sarflanadi. Pishirilgan osh 280 portsiya bo'ladi va foyda shunga qarab belgilanadi. Har biri 30 ming so'mdan sotiladi, xizmat haqi esa 10 foiz. Menimcha, bu unchalik qimmat narx emas.


Yuqorida o'qiganlaringiz Toshkent shahri tamaddixonalaridagi o'rtacha narx-navo. Aslida 40 ming so'mlik osh ba'zi joylarda 20-25 foizlik xizmat haqi bilan 50-60 ming so'mga aylanadi. Masalan, mashhur osh markazida uning bir portsiya­­si 38 ming so'm. Qo'shimcha go'sht 17 ming, qazi 7 ming, bedana tuxumi 1,5 ming, do'lma 2 ming so'm. Barchasi yaxlit holda olinsa, 50 ming so'm bo'ladi. Xizmat haqi qo'shilsa, 60 ming so'mga aylanadi. 40 ming so'mlik osh tortiladigan ayrim kafelarda 20 foizlik xizmat haqi bilan uning bahosi 70-80 ming so'mga ko'tariladi. Xizmat haqi 12 foizlik boshqa birda palovning narxi nega 45 ming so'm ekaniga izoh so'rab o'tirmadik.


Tayyor taomning o'rtacha bahosini bilish uchun «Сhorsu» bozorida bo'lib, osh masalliqlari narxlariga qiziqdik. Kuzatishlarimizdan ayon bo'lishicha, oddiy guruchning har kilosi ulgurji narxda 16 ming, oshxonalar uchun «Lazer» 25 ming, «Alanga» 20 ming so'mdan sotiladi. Yog'ning litri 15-20 ming, 1 kilogramm no'xat 20-35 ming, zira 100-150 ming, mayiz 30 ming, qora murch 80 ming, qorag'at 150 ming, zirk 130 ming, 100 gramm dafna bargi 10 ming so'm.


Oddiy oshxonalar egalari Pokis­tondan keltirilgan har kilosi 55-60 ming so'mlik mol go'shti, boshqalari 90 ming so'mlik qo'y va 85 ming so'mlik mol go'shti, 150 ming so'mlik qazi xarid qilishar ekan. Bu bozorda to'y oshi 25-27 ming so'mdan sotilarkan.


Tabiiy, endi haqli savollar tug'iladi: xo'sh, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi taomlar bahosi va haj­miga qo'yiladigan talablar mavjud­­mi? Ularning narx-navosi qanday shakllantiriladi?


Bu korxonalar turli toifalarga, ya'ni restoran, kafe, bar, oshxona, choyxona, qahvaxona, mehmonxona, to'yxona va boshqa shu kabi muassasalarga bo'linadi. Ular o'z toifasiga qarab maqomini belgilaydi va iste'molchilarga xizmatlarini taklif etadi.


Oshxonalarda taomlar tayyorlash uchun sotib olingan masalliqlar narxiga 50 foizgacha ustama qo'yilishi belgilangan. Сhunki ularda ovqatlar buyurtma bo'yicha pishirilmaydi, balki oldindan tayyorlab qo'yiladi. Kafelarda esa yarim tayyor taomlar bo'lib, buyurtma olingach, tayyorlanadi. Ofitsiantlar xizmati hisobga olingani bois ularning narxi oshxonanikiga nisbatan qimmatroq bo'ladi. Kafe ma'mu­riyati ushbu masalliqlar narxiga nisbatan 100 foizgacha ustama narx qo'yish huquqiga ega. Nikoh va boshqa marosimlar o'tkaziladigan to'yxona egalari buyurtmachi bilan kelishib, 50 foizdan 100 foizgacha ustama haq olishlari mumkin. Restoranlarda esa 200 foizdan 300 foizgacha ustama qo'yilishiga ruxsat etilgan. Boisi, buyurtma qilingan yegulik­larni tezda sifatli qilib tayyorlashda bir necha oshpaz ishtirok etadi hamda mijozlarga bir necha ofitsiant xizmat ko'rsatadi.


Hech kimga sir emas, endilikda aksariyatimiz kafe, restoran va oshxonalarda ovqatlanishga odatlanganmiz. Bu maskanlarda bayramlar, tantanali tadbirlar, to'y va ma'rakalar ham o'tkaziladi. Ular turizm nuqtai nazaridan ham muhim tarmoq sanaladi. Shu bois mamlakatimizga mazali taomlarni tanovul qilish uchun keladigan sayyohlar ham bor. Kafe-restoranlarning ko'rinishi, dizayni esa bir-biridan ajoyib. Xo'randalar zali qimmatbaho mebellar, maxsus anjomlar bilan jihozlangan, devorlari chiroyli suratlar va bezaklar bilan sayqallangan. Stollar ustidagi dasturxonlarga antiqa idish-tovoqlar qo'yilgan. Hozirgi raqobat muhitida ba'zi tamaddixonalar teatrlashib ham ketgan. Binobarin, ularda faqat taomlar uchun emas, balki o'sha go'zalliklar, badastir sharoitlar, sifatli xizmatlar uchun ham haq olinadi.


Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi mutaxassisi Jamol Qodirov tamaddixonalardagi narx-navoni tadbirkorlarning o'zlari belgilashi, bu masalaga qonunan aralashish mumkin emasligini aytdi. Mazkur shoxobchalar mutasaddilari esa mavjud holatlar va tafovutlarni oqlash uchun ko'plab vaj-bahonalarni ro'kach qilish­lari mumkin. Lekin bu iste'molchilar huquqlarini poymol qilish uchun asos bo'lolmaydi. O'z navbatida, shuni unutmaslik kerakki, narx-navolarni tartibga soladigan, aholi daromadlari, iste'mol savatchasi kabi ko'rsatkichlar e'tiborga olingan tegishli me'yoriy hujjat qabul qilinmas ekan, taomlar narxi o'sishda, ularga har kim o'z bilgicha ustama haq qo'yishda davom etaveradi...


Umida Xudoyberganova,
Gulruhbegim Odashboeva
Ishonch.uz muxbirlari.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1838 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1899 13:54 | 18.11.2023