Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 20-April

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 20

    +15 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +20 +20

  • Payshanba, 24

    +19 +20

  • Juma, 25

    +22 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

  • Yakshanba, 27

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Davlat nazaridan chetda qolgan muammo: ijara narxi yana qancha oshadi?

O'zbekistonda, ayniqsa poytaxt Toshkentda ijarada yashovchilar soni muntazam ortib bormoqda. Bu esa ushbu sektorda talab va taklifning mutanosib ravishda rivojlanishi kerakligini anglatadi.
Tahlil
1840 12:23 | 04.11.2023 12:23

O'zbekistonda, ayniqsa poytaxt Toshkentda ijarada yashovchilar soni muntazam ortib bormoqda. Joriy yilning yozida biroz pasaygandek tuyilgan narx kuz kelishi bilan yana shiddatli ko'tarila boshladi va o'sish bo'yicha o'tgan yillarni ham ortda qoldiryapti. Ijarada yashovchilar tobora ko'proq daromadlarini boshpana to'lovi uchun berishga majbur bo'lishyapti. Eng ayanchlisi – bu jiddiy muammo yechimi bo'yicha biror aniq dastur, zimmasiga olgan mutasaddi yo'q.


Qiziqarli fakt: Bugungi kunda Toshkent shahrida 50 ming dollarga kvartira sotib olinsa va ijaraga berilsa, u o'rtacha 10 yilda sarflangan pulni chiqaradi. Oddiy hisob-kitob qilib ko'ramiz: 2023 yilning kuzidagi narxlar bo'yicha 50 ming dollarga uy olish mumkin. Lekin ayni shu vaqtda 400 dollarga ijara uy topish muammo. Bu yiliga 4,8 ming, 10 yilda esa 48 ming dollar demakdir. Ammo muhim jihat bor – amaldagi tendentsiya bo'yicha olsak, ijara narxi yil sayin oshaveradi. Сhunki o'tgan yili shunday uylar 300 dollar atrofida bo'lgan. Agar 450-500 dollar hisoblasak, 8-9 yildayoq xarajatlar qoplanib ketadi.


Xo'sh, nima qilibdi, dersiz? Gap shundaki, bu o'ziga xos iqtisodiy ko'rsatkich bo'lib, dunyoning yirik shaharlarida mazkur ko'rsatkich 20-30, hatto 40 yilni tashkil qiladi. Ya'ni O'zbekiston poytaxtida bu borada nomutanosiblik bor.


Nomutanosiblik yana bir jihatda yaqqol ko'zga ko'rinadi. Bu daromadning ijaraga yo'naltirilgan foizi.


Ma'lumot uchun: Ijaraning oylik daromadga nisbati butun dunyoda o'ziga xos indeks hisoblanadi. Agar inson o'z daromadining 30 foizini ijara uchun sarflasa, o'zini iqtisodiy jihatdan mustaqil hisoblashi va oilasi byudjetini rivojlantirishi mumkin. Agar ijara daromadning 40 foizidan oshsa, og'irlik qila boshlashi, 50 foiz va undan yuqori ko'rsatkichlarga chiqishi insonni murakkab vaziyatga tushirishi aniqlangan.


Shubhasiz, Toshkentda ijarada yashayotganlarning mutlaq ko'pchiligiga ijara to'lovi eng kamida og'irlik qila boshlagan yoki u tufayli murakkab vaziyatga tushilgan.


Nega shunday?


Talab va taklif qonuni to'g'ri ishlamayapti. Ya'ni talab muntazam oshib borgani holda taklif ko'paymayapti. Faqat ijara bilan shug'ullanuvchi biznesmenlar, tashkilotlar mutlaqo yo'q. Ijaraga mo'ljallangan uylar qurishni hech kim xayoliga ham keltirmayapti. Davlatda bu borada qandaydir rejaning, biror dasturning o'zi yo'q.


Holbuki boshpana muammosi barcha rivojlangan davlatlarda birinchi darajali masalalardan biri hisoblanadi. Сhunki inson ertalab yashab turgan uyidan chiqib ketayotganida kechqurun qaytadigan oshiyoni tinch bo'lishiga amin bo'lsagina, xotirjam ishlay oladi.


Ammo O'zbekistonning yovvoyi qonunlar asosida ishlovchi ijara bozori nafaqat ijaraga oluvchining, balki mulk egasining ham huquqlarini bot-bot poymol qilib turadi.


Keling, ijarada yashovchi qahramonlardan iqtiboslar o'qiymiz:


“13 yil ichida 24 ta uyga ko'chdik. Uy egalarining yaxshilariyam, yomonlariyam bor. Qish kunlarida, sovuqda sarson bo'lib, tomidan chakka o'tib turgan uyda yashagan paytlarimiz bo'ldi. Uchastkavoylarning tekshir-tekshiridan bezgan, qo'shnilarning “viloyatlik, kelgindi” deb sig'dirmagan kunlarni ko'rdik. Bu ham mayli, ijaraga arang uy topib, botib yotgan uyni yig'ishtirib tozalaganimizdan keyin uy egasi kelib, “uyni ijaraga bermaydigan bo'ldik”, deganda hech joyga sig'may ketganman”.


* * *


“O'zim oliy ma'lumotliman, davlat ishida 18 yildan ortiq ishlaganman. Maktabda, litseyda, institutda... Hatto juda nufuzli tashkilotlarda ham. Ammo shuni tushundimki, men kabi uch farzandli, boquvchisini yo'qotgan ayol 18 yil emas, 180 yilda ham pul yig'ib o'ziga uy ololmas ekan. 2013 yildan buyon, ya'ni 10 yildirki ijara uylarda yashab kelaman”.


* * *


“Ijaradagi “staj”im 17 yil! Ehhee, qanday uylarda yashamadim. 1990 yilda talabalikdan boshlangan ijara hayotim 2007 yilda katta qiyinchiliklar, qarzlar yordamida uy olishimgacha davom etgan”.


* * *


“6,5 mln so'm maosh olaman. Lekin ijaraga qancha to'lashimni bilasizmi? 450 dollar! Bu 5,5 mln so'm degani. Men boyligim tufayli qimmat uyda turmayman. Bu uyning bahosi o'zi 250 dollar edi. Ammo ijara beruvchi qisqa muddat ichida ikki marta ko'tardi va hozirgi narxga olib keldi. Ayolim ham oliy ma'lumotli, lekin 2,5 mln so'm oylik oladi. Vatanimizni sevamiz, lekin ba'zan unga sig'may ketayotganimizni his qilamiz...”


E'tiborli jihati, bu so'zlarning birortasi o'ydirma emas, barchasi real qahramonlarning kechmishlari. Ular bu shafqatsiz hayot bilan muntazam kurashib kelmoqdalar.


Xo'sh, yechim nimada?


* Davlat miqiyosida aynan ijaraga mo'ljallangan uylar qurilishini rag'batlantirish kerak. Tasavvur qiling, 100 xonadonli ko'p qavatli uy va hammasi ijara. Narxlar ijtimoiy, ya'ni hamyonbop, ammo biznes egasi uchun muntazam daromadli;


* Turkiya tajribasi bizga yaxshi o'rnak bo'la oladi. Bu davlatda ham ijara narxlarining keskin oshishi kuzatilganida davlat ijaraga oluvchilar huquqlarini himoya qilish uchun qator qonunlar qabul qilgan. Jumladan, to'lov faqat milliy valyutada bo'lishi, belgilangan muddat davomida narx o'zgartirilmasligi, ijarachi bilan kelishmagan holda ko'chmas mulk sotilmasligi kabi.


Bundan tashqari hukumat faqat ma'muriy buyruqbozlik yo'lini tutmay, o'zi ham ijtimoiy uylar qurilishini keng ko'lamda moliyalashtirgan. Ya'ni davlatning o'zi ijaraga mo'ljallangan ko'plab uylar qurgan va quryapti. Bu esa bozorga ta'sir qiladi albatta;


* Puldor insonlar byudjet narxlardagi ko'chmas mulklarni xarid qilib, ijaraga berishni ko'paytirishlari maqsadga muvofiq. Bozorda taklif kengayishi narx barqarorligiga olib keladi. Qolaversa, pul tikkanlar daromadli bo'lishadi;


* Bo'sh yotgan uylarni ma'lum vaqtdan keyin ijtimoiy ijaraga berish majburiyatini yuklash kerak. Albatta, bu qonunlarga mos kelmaydi, mulk egasi istasa, uyini bo'm-bo'sh qo'yib chiritib tashlashi mumkin. Lekin qonunlar omma ehtiyojlari, jamoatchilik fikrini ham aks ettirishi shart. Bu borada soliq instrumentidan foydalanish mumkin, ya'ni bo'sh turgan uylar ko'proq soliqqa tortilsa, ijaraga beruvchilar ko'payadi;


* Homiylikni ko'paytirish zarur. Imkoni borlar ijarada+muhtojlikda yashayotganlarni qo'llab quvvatlashni yo'lga qo'yishlari, yana bunday harakatni targ'ib qilishlari lozim.


Eng muhim jihat – davlat yangi qurilayotgan va qo'ldan-qo'lga o'tayotgan uylarning bir hovuch guruhlar o'rtasida aylanavermasligini turli uslublarda nazorat qilishi zarur. Сhunki ijarada yashovchi o'rta qatlamning noroziligi ijtimoiy taranglik keltirib chiqaradi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1838 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1899 13:54 | 18.11.2023