Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 20-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 20

    +18 +20

  • Dushanba, 21

    +19 +20

  • Seshanba, 22

    +20 +20

  • Chorshanba, 23

    +22 +20

  • Payshanba, 24

    +21 +20

  • Juma, 25

    +24 +20

  • Shanba, 26

    +27 +20

  • Yakshanba, 27

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ijtimoiy tarmoq qahramonlari: bloger, motivator, psixologlarni kim nazorat qiladi?

Bundan 10-15 yil ilgari kino qahramonlari, san'atkor va sportchilar tomoshabin uchun ideal bo'lgan. Buni qarangki, bugun ularning o'rnini boshqalar egalladi. Hozir ijtimoiy tarmoqda faollik bo'yicha ayrim blogerlarga uncha-muncha odam yetolmayapti. Bugun axborot va media maydonida ularning o'rni yuqori.
Tahlil
2188 08:51 | 19.11.2023 08:51

To'g'ri, jamiyatning ba'zi og'riqli nuqtalari ko'p hollarda blogerlarning chiqishi bilan ijobiy hal etilmoqda. Buni inkor etib bo'lmaydi. Ammo so'z erkinligidan turli maqsadlarda foydalanayotganlari ham bor va ularning chiqishlari muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Masalan, eriga “ikkinchi xotin” tuhfa qilgan “Сhechenka” – Gulzoda Abdullaeva javobgarlikka tortilgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.


Bloger hayotiga havas qilib, oilasini buzganlar ko'paymoqda
Afsuski, bu haqiqat. Blogerlarning soxta hashamatli hayoti yosh qizlar tugul, oilali ayollarni ham yo'ldan urmoqda. To'g'ri-da, har kuni tinimsiz kelayotgan gul va sovg'alar, qimmat restoranlarda ovqatlanish va deyarli har oy chet elga sayohatga chiqish kimga yoqmaydi? Obunachilar sonini oshirish maqsadida videokontent eng hashamatli mehmonxona va restoranlarda tasvirga olinmoqda. Bu esa tomoshabinda blogerlarning hayoti hamisha shunday chiroyli bo'ladi, degan qarash shakllanishiga olib kelmoqda.


Bugun Internetda yana bir qatlam faol. Blogerlarning xurmacha qiliqlariga arang toqat qilib kelayotgan edik, endi ularning safiga motivator va psixologlar ham qo'shildi. Eng achinarlisi, bir-ikki nafar ayol psixolog intim mavzularda odamlar orasida so'rovnoma o'tkazmoqda. Taassufki, shu kabi kontentlarning tomoshabini ko'p.


Shoira MIRSODIQOVA, jurnalist:
– Taniqli psixolog bilan interv'yu uyushtirganim Youtube platformasida ommalashdi. O'sha interv'yudan ko'p o'tmay, katta yoshli ayollar davrasiga tushib qoldim. Ko'rsatuvdagi psixolog gaplariga onaxonlar e'tiroz bildirib, uning ortidan qanday voqealar bo'lib ketganini aytishdi. O'shanda psixolog “kelinlar oilada hech kimning xizmatini qilishga majbur emas”ligini aytgandi. Bundan ayrim kelinlar bir yoqlama xulosa chiqarib, oilada ko'plab nizolarga sababchi bo'lgan. Bu kabi holatlarni mushtariylar o'zimga ham yozgach, psixologlardan interv'yu olishni kamaytirdim. Hozir firibgarlik, bir tiyinga qimmat kurslar sotish urfga kirdi. Eng qizig'i, salomatlikdan umuman xabari bo'lmaganlar o'zidan “dietolog” yasab olgan. Bilasizmi, xatar nimada? Ko'plab ayollar shularga ishonib qolyapti. Eng mashhur psixologlarning shaxsiy hayotiga kirib borsangiz, o'z oilasini saqlab qololmagan. Shunchalik zo'r mutaxassis ekansan, nimaga o'zingni oilang parokanda, deb so'raydigan odam yo'q.


Aslida ular ko'rsatayotgan chiroyli hayotning aksariyati yolg'ondan iborat. O'zim yaqindan bilgan psixologdan xalqni aldab topayotgan pullaringiz qanchalik halol, deb so'radim. Javob berolmadi. Unutmang, infolo'ttivozlar ko'chadagi tilanchilardan anchayin xavfli.


Maqolani yozayotib, Instagramda 873 ming obunachisi bor Sitora Ubaydullaeva (Zabihulloh Sitora) ismli blogerning quyidagi postiga ko'zim tushdi:
“Blogerlarning hayotiga qarab, tinch oilasini buzayotganlarga aytadiganlarim bor. Hech qachon boshqaning hayoti bilan o'zingiznikini solishtirmang. Instagramga kirasiz, siz kuzatayotgan insonlar qaergadir ovqatlanishga borgan yoki go'zallik salonida o'tirgan bo'ladi. Shopping va gullar, turli sovg'alardan ko'zingiz quvnaydi. Siz ko'rayotgan mana shu hayot virtual hayot hisoblanadi. Aksariyati sahnalashtiriladi. Hayotiga havas qilib o'tirgan blogerlaringiz ham aslida siz o'tayotgan muammolardan o'tgan yoki ayni vaqtda boshidan o'tkazayotgan bo'ladi. Blogerlarda ham turli xil muammolar, kelishmovchiliklar, ziddiyatlar, betoblik va albatta, yetishmovchiliklar kuzatiladi. Nega siz kuzatadigan insonlar eri bilan urushganini, yaqinlari bilan kelishmay qolganini, farzandlariga o'z vaqtida issiq ovqat tayyorlab berolmaganini ko'rsatmaydi? Nega makiyajsiz, filtirlarsiz kamdan-kam ko'rinadi? Buning sababi bitta. Inson go'zallikka intiluvchan va blogerlar ham hayotining faqat yaxshi tomonlarini ko'rsatadi. Blogerlarning hayotiga o'xshagan hayot xohlab qancha oilalar buzilayotganiga qarshiman. Virtual hayotdagi go'zallik uchun farzandlaringizni yetim qilmang, eringizni hech kim bilan solishtirmang. O'z hayotingizda, o'z rolingizda maza qilib yashang”.


Rohila SAMADOVA:
– Kelinim blogerlarning hayotini kuzatib o'zgardi. O'g'limga turli xil blogerlarning eri uyushtirgan syurprizlari va qimmatbaho sovg'alarini ko'rsatib, “Siz ham shunday sovg'alar olib bering”, deydigan, behudaga arazlaydigan odat chiqardi. Ikkisining orasi sovuqlashayotganini bilib, ichimdan ezilzam-da kelinimga telefon ishlatmang, deb ayta olmadim. Yaqinda o'g'lim, keliningizga javob berdim, uyida dam olib kelsin degach, damim ichimga tushdi. Kelinim ota-onasinikida 20 kun yashadi. Borib olib kelay desam, o'g'lim unamadi. Sahardan qudamning qo'ng'irog'idan uyg'ondim. “Osmonda yurgan qizim o'ziga kelib qoldi, o'g'lingiz kelib olib ketsin”, degach ko'nglim yorishdi. Qushning ham ini buzilmasin. Ko'z tegmasin, kelinim shu muddat ichida ota-onasidan ancha tarbiya olibdi. Qudamga ming rahmat, yoshlar yana oldingidek ahil-inoq yashashyapti.


Сhala psixologlarga hayotingizni ishonmang!
Bugun 2-3 ta kursda o'qib, o'zini psixolog sanayotganlarning sanog'i ko'p. Instagramda sahifa ochib, aksariyati shu paytgacha siyqasi chiqib ketgan mavzularni qayta-qayta olib chiqmoqda. Mijozni ham aynan ijtimoiy tarmoqlardagi blogi orqali topadi. Ularning inson ruhiyatiga ta'siri yuqori ekanligini inobatga olsak, ommaga olib chiqayotgan mavzularini bir nazoratdan o'tkazish zarurmikan, deb o'ylab qolaman. E'tibor bering, aksariyat psixologlarning media kontenti “Ma'shuqalik sirlari”, “Ikkinchi xotin bo'lishning afzalliklari” qabilida.
Afsuski, mana shunday targ'ibotlar tufayli turmushga chiqmagan qizlar kimningdir ikkinchi xotini bo'lishni xohlamoqda.


“Motivator” va “aqlvator”lar
Hozir yana bir qatlam avj oldi. Bu hammamizga ma'lum bo'lgan – “Motivatorlar”dir. Zamonaviy tildagi nomi – infolo'ttivozlar. Ayni paytda ularning aksariyati firibgarlikda gumonlanib, javobgarlikka tortildi. Lekin bu bilan ularning faoliyati to'xtab qolmadi. Сhunki xalq ishonishda davom etib, haligacha kurslarini sotib olyapti. Demak, ularga talab bor ekan, yangidan-yangi “hunarlar” chiqaveradi.


Yashirishning hojati yo'q, bugun yoshlar orasida oson pul topishga qiziqadiganlar har qachongidan ko'p. Infolo'ttivozlarga esa aynan shu qatlam kerak. Bu toifa odamlar osongina tuzoqqa tushadi.


Firibgarlar doim o'ziga ishonadi va ommaviy nutq so'zlashda katta tajribaga ega bo'ladi. Bu ularga auditoriya oldida ishonchli va professional ko'rinishga yordam beradi. Odatda mashhur bloger va yulduzlar bilan PR orqali ishonch qozonishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda motivatorlikka oid videolar ketma-ketligini chiqaradi. Sizda go'yoki uni kursini sotib olgach, boyib ketish istagi paydo bo'ladi va bir tiyinga arzimaydigan qimmat kurslarini sotib olasiz. Shu tariqa infolo'ttivozlarning yanada boyishiga xizmat qilasiz. Shunday ekan, u qadar sodda bo'lmang.
Aslida haqiqiy motivator o'z sohasida ko'p yillik tajribaga ega va ma'lum bir yutuqlarga erishgan bo'ladi. U dars o'tayotganda shogirdlariga shunchaki mo'may daromad sifatida qaramaydi va chindan ham, o'z tajribasi bilan o'rtoqlashadi.


Feruza RAHIMOVA
Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Nilufar Abdumalikova

14:24 | 19.11.2023

Juda qiziqarli bo’libdi. Ayni hozirgi zamon muammosi

Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1838 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1899 13:54 | 18.11.2023