Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 20-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 20

    +18 +20

  • Dushanba, 21

    +19 +20

  • Seshanba, 22

    +20 +20

  • Chorshanba, 23

    +22 +20

  • Payshanba, 24

    +21 +20

  • Juma, 25

    +24 +20

  • Shanba, 26

    +27 +20

  • Yakshanba, 27

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Kaltak, qamoq, jarima: Rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilar qanday jazolanadi?

Intizom, tartib kabi so'zlar eng ko'p ishlatiladigan dargohlardan biri shubhasiz – maktab. Temir intizom qonuniyatlari ko'pchilikka yoqmasa-da, o'quvchi kelajagi uchun bu muhim omilligi isbotlangan. Ammo oxirgi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlarda o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi mojarolar tez-tez kuzatilib, turli bahslarga sabab bo'lmoqda.
Tahlil
2089 10:47 | 17.11.2023 10:47

Dunyo mamlakatlarida esa o'quvchini tartibga chorlash, hatto shu maqsadda jazolash choralari qo'llanilishi yangilik emas.


Quyida rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi tajribasi bilan tanishtiramiz.


Jismoniy jazo


Janubiy Koreyada o'qituvchi itoatsiz o'quvchilarni jismoniy jazolashi mumkin. Koreyalik professor Kim Sun Gi fikricha, Janubiy Koreyadagi maktab biroz armiyani eslatadi. Barcha maktab o'quvchilari forma kiyishlari shart, ularning soch turmagi va tashqi ko'rinishi maktab qoidalarida aniq tasvirlangan, buni armiya qoidalari bilan solishtirish mumkin. Shuningdek, bunday tartib Janubiy Koreyadagi ta'lim muassasalarida jismoniy jazo hukm surishini ham bildiradi. Ammo hozirda mamlakatdagi maktablarning katta qismi o'quvchilarni jismoniy jazolashdan butunlay voz kechgan.


Shunga qaramay, ta'lim muassasasida tartib va intizomni saqlash uchun jismoniy jazoni ma'qul ko'radiganlar ham yetarlicha.


Bundan tashqari, Koreya ta'lim tizimida ikki xil – yakka va guruhiy jazolash usuli ham bor.


Birinchisi, arzimas xatolar, uy vazifasini bajarmaslik yoki darsdagi odobsizlik uchun ko'rsatkich tayoqcha bilan tananing biror joyiga urish. Bu urish nomiga bo'lib, bolaga og'riq bermaydi va ular bundan shikoyat qilishmaydi.


Guruhiy jazolashda esa bir o'quvchining xatosini butun sinf bo'yniga oladi. Bunda ko'pincha o'quvchilar jazoni birgalikda o'taydi. Masalan, ma'lum vaqt qo'llarini yuqoriga ko'targan holda turib, jazolanadi.


Darsdan qoldirib yuborish


Amerikada o'quvchiga qo'llaniladigan eng og'ir jazo – o'quvchini ma'lum vaqt maktabdan chetlatish. Amerikalik maktab o'quvchisi uchun bu – fojia. Сhunki yomon baho olganlar keyingi yilga qoldirib yuboriladi.


Maktabdagi jiddiy qoidabuzarliklar bilan hatto politsiya va sud tizimi shug'ullanadi. Agar bolaning aybi darsga quloq solmagani bo'lsa, ota-onasi uni darhol psixologga olib boradi va farzandi o'zini nega bunday tutayotganini aniqlashtiradi.


Jarimalar


Buyuk Britaniyada o'quvchi sababsiz darsga kelmasa, buning uchun u yoki uning ota-onasi jazolanadi. Eng keng tarqalgan jazo turi – jarima.


Qamoq


Frantsiyada bolalar maktabga borishlari shart. Bu frantssuz bolalariga ham, qochqinlarga ham tegishli. Bola darsga bormasa, ota-onalar sababini ta'lim muassasasi rahbariyatiga tushuntirishi kerak. Agar o'quvchi to'rt marta dars qoldirsa, direktor o'quv guruhini chaqirish huquqiga ega. Agar muammo ota-onalar bilan hal bo'lmasa, tegishli organlarga xabar qilinadi. Bunda ota-onalar jarima to'lashlariga to'g'ri keladi. Bordi-yu bu kabi holatlar bolaning ta'lim olishiga tahdid solsa, ota-onalar 2 yillik qamoq yoki kattaroq miqdorda jarimaga tortilishi ham mumkin.


Maftuna KARIMOVA tayyorladi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1838 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1899 13:54 | 18.11.2023