Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 20-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 20

    +18 +20

  • Dushanba, 21

    +19 +20

  • Seshanba, 22

    +20 +20

  • Chorshanba, 23

    +22 +20

  • Payshanba, 24

    +21 +20

  • Juma, 25

    +24 +20

  • Shanba, 26

    +27 +20

  • Yakshanba, 27

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Virtual muloqot manzaralari

Ish bilan shunchalik bandmizki, yaqinlarimiz holidan telefon va internet orqali so'rashib qo'ya qolamiz. Virtual dunyo hayotimizga tobora singib bormoqda. To'g'ri, bir tomondan yaxshi: vaqtimiz, pulimiz tejaladi. Biroq... Mavzuga kirishdan avval, keling, muloqotning tarixiy ko'rinishlariga nazar tashlaymiz.
Tahlil
1899 13:54 | 18.11.2023 13:54

Ilk pochta xizmati rasman XIX asrda Finlandiyada tashkil topgan. Aslida xat tashish qadimgi Rim va Ossuriya davridayoq shakllangan edi. Masalan, Mo'g'ul imperiyasi davrida 1400 ta xat tashish idoralari mavjud bo'lgan. Qizig'i, ularda odamlardan tashqari hayvonlar ham xizmat qo'rsatgan: 50 mingta ot, 1400 ta buqa, 6700 ta qo'y, 200 ta kuchuk, shuningdek, 400 ta arava va 6000 ta qayiq faqat maktub yetkazish bilan shug'ullangan. Sharq mamlakatlarida esa pochta xizmatini asosan kabutarlar ado etishgan.


Kabutar orqali muloqot yaratish bundan 2000 yil avval Rimda paydo bo'lgan. Jumladan Yuliy Tsezarning pochtachi kaptari bo'lgan. O'n ikkinchi asrda kaptarlar Bog'dodning asosiy elchilariga aylangan. 1851 yil Pol Reyter Londonda kaptarlar xat tashiydigan idora ochadi. Unda beminnat xizmatchilar-kaptarlar Parij-London yo'nalishida xat tashirdilar. Lekin bu ishonchli emas edi. Сhunki kaptarlar yo'lda halok bo'lishi, ovchilar o'qiga uchrashi yoki xatni tushirib qo'yishi mumkin edi. Kaptarlar xizmatidan yigirmanchi asr boshlarigacha foydalanishgan. Birinchi jahon urushida ham Frantsiya, Germaniya, Rossiya tomonlari muloqotga kirishi uchun kaptarlarni ishga solishgan.


Buyuk Britaniyada haqiqiy pochta xizmati 1840 yilda tashkil topdi, unga ko'ra, xat yuboruvchi emas, balki xatni qabul qiluvchi shaxs pochtaga xizmat haqi to'lagan. Ayni shu davrda konvertlar va pochta markalari qo'llanila boshlagan. Yigirmanchi asrga kelib esa havo yo'llari pochta xizmati vujudga keldi, bu ishni ancha osonlashtirar edi. Internet paydo bo'lishi bilan esa qo'l bilan yozilib, turli maskanlarni sayohat qiladigan haqiqiy maktublar davri inqirozga yuz tutdi. Endi soniyalar ichida siz yozgan uzundan uzoq maktublar dunyoning narigi chetidagi kimsaga oppa-oson yetib borardi. Shuningdek, mablag' ham birmuncha tejaladigan bo'ldi: qog'oz, qalam va pochta xizmatiga to'lanadigan pul yonga qoldi. Ilk e-mail Ray Tomlinson tomonidan 1969 yilda yonidagi kopm'yuterga sinash uchun jo'natilgan. O'shanda u @ belgisini ham qo'llagandi. Shu tariqa virtual hayotga ilk odim qo'yildi. Shundan so'ng muloqotning yangi turi –virtual muloqot vujudga keldi va u kun sayin o'z auditoriyasini kengaytirib bormoqda.


Zamonaviy virtual muloqot turlari –telegraf, telefon, SMS, teleks, faks va elektron pochta odamzodning yaqin do'stiga aylanib qoldi. Ba'zi mamlakatlarda hatto nikoh taklifnomalari ham e-mail orqali yuborilmoqda. Faqatgina rasmiy idoralar tashkilotlarga xat orqali murojaat qilish an'anasi saqlanib qoldi. Сhatdagi muloqot esa hozirda ko'p yoshlarning ermagi, qiziqishi va hayot tarziga aylanib qolgan. Bu muloqot turi tufayli foydalanuvchining tanishlari son mingdan ortiq, biroq og'zaki, yuzma-yuz muoqatdagina paydo bo'ladigan mehr, samimiylik, ishonch singari tuyg'ular esa kamyoblashib borayotganiga guvoh bo'lamiz. Rivojlangan mamlakatlarda virtual muloqot orqali tanishib, turmush qurganlarni ham ko'p kuzatamiz. Ular ko'pincha bir-birining tashqi ko'rinishiga qarab emas, balki ichki dunyosi bilan tanishgani uchun ham bir-biriga qattiq bog'lanib qoladilar. Internet orqali bir maromda ketayotgan muhabbat esa yuzma yuz ko'rishishgach tez barham topadi. Boisi inson kamchiliklari faqat yuzma-yuz muloqotdagina ko'zga ko'rina boshlaydi.


Umuman, virtual dunyo qanchalik katta bo'lgani kabi bu mavzuda gapirish ham shunchalik keng. Zamonaviy muloqotdan foydalanish albatta, yaxshi, biroq me'yorni unutmaslik lozim. Axir mehr –ko'zda deganlari bejiz emasdir. Keling, chatdagi “do'stingiz”ni biroz xoli qo'ying-da, yoningizdagi hamrohingizga o'girilib qarang. Balki u sizdan biror shirin so'z kutayotgandir…


Nodira Ibrohimova


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1837 15:11 | 09.11.2023