Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 20-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 20:00

    +15 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +13 C

  • 23:00

    +11 C

  • Yakshanba, 20

    +18 +20

  • Dushanba, 21

    +19 +20

  • Seshanba, 22

    +20 +20

  • Chorshanba, 23

    +22 +20

  • Payshanba, 24

    +21 +20

  • Juma, 25

    +24 +20

  • Shanba, 26

    +27 +20

  • Yakshanba, 27

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'sha pullarni eslaysizmi? So'mimiz ajdodi – so'm-kuponga 30 yil to'ldi

Mustaqillikning ilk yillari esingizdami?  Qator siyosiy chaqiriqlar, bo'shab qolgan peshtaxtalar, shiddat bilan oshib borayotgan narxlar va deyarli hamma o'zini savdoga urayotgan bir davr edi. O'sha paytlarning yana bir o'ziga xos timsoli bo'lardi – so'm-kupon. 1993 yilning 15 noyabrida muomalaga chiqarilgan so'm-kupon bir yil ham amalda bo'lmaganiga qaramay, ko'pchilikning esida qolgan.
Tahlil
1788 15:34 | 15.11.2023 15:34


Rasmga izoh: So'm-kupon qadrsizlanib ketgan yillari ko'pchilik bu pullarni oddiy bosmaxonalarda yoki komp'yuter printerlari yordamida ham bosib chiqarishyapti, degan mish-mishlarga ishonardi. Aslida so'm-kuponlar Anglyaning «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan.

So'm-kuponni muomalaga kiritish maqsadlaridan biri, o'sha shiddatli inflyatsiya davrida yangi valyutani darhol murakkab holatga tushirmaslik, o'ziga xos o'tish davrini ta'minlash edi. Ya'ni, so'm-kupon avval milliy valyuta o'rnida ishlab beradi va inflyatsiya yukini zimmasiga oladi. Keyinchalik esa haqiqiy valyuta – so'm muomalaga chiqariladi.


So'm muomalaga chiqdi. Mana, 30 yildirki ishlatib kelinmoqda. Uning qay darajada qadrsizlangani iqtisodchilar uchun tadqiqotlar manbai. Ammo bir narsa aniq – dastlab so'm chiqarilgan paytda 100 so'mlik eng yirik va nihoyatda quvvatli banknota edi. Bugunning eng yirik puli – 200 000 so'mlik kupyura esa yengil, hatto bir bozorlik qilishga ham yetmaydi. So'm-kuponning eng yirik kupyurasi 10 000 talik ham so'mimizning changida qolib ketdi. Ayni paytdagi eng yirik kupyura ilk so'm-kuponnikidan 20 marta, so'mdan esa 2000 marta katta.


Xo'sh, bu omillar so'mni denominatsiya qilishga asos bo'ladimi?


Hukumatning yoki Markaziy bankning milliy valyutamiz denominatsiyasi (oddiyroq tilda almashtirish, ortiqcha «nol»larni olib tashlash) bo'yicha biror qarori e'lon qilinmagan. Yaqin kelajakda bunday reja borligidan ham bexabarmiz. Aksincha, Markaziy bank bunday xabarlarni muntazam ravishda rad etib keladi. Maqolamiz so'm va uning ajdodi bo'lgan so'm-kuponning xarid quvvatlarini va inflyatsiya bizda hamda boshqalarda qay darajada ekanligini solishtirishdan iborat.


Keling, yaqin o'tmishimizga qayta nazar tashlaymiz. Ittifoq tarqalib, mustaqillikka endi erishgan yillarimizda hali milliy valyutamiz muomalaga kiritilmagan, amalda rubllardan foydalanardik. Bu iqtisodiyotga xavf tug'dirardi. Shunda hukumatimiz chetdan kirib keluvchi ortiqcha rubldan himoyalanish maqsadida so'm-kuponni joriy qildi. Bu biz yaxshi bilgan so'm-kuponlardan farq qilardi — yoshi kattaroq yurtdoshlarimiz rublga qo'shib qirqib beriladigan kartochkalarni yaxshi eslashadi. 1992 yildan boshlab rubl' va so'm-kuponni birgalikda ishlatganimizdan so'ng, doimiy ishlovchi milliy valyutadan oldin, 1993 yil 15 noyabrda haqiqiy so'm-kupon amalga kiritildi. Shu yilning 22 noyabrida so'm-kupon kartochkalari bekor qilindi. So'm-kuponlar 1994 yilning 1 avgustiga qadar amalda bo'ldi.


Iqtisodchi Otabek Bakirov shunday yozadi:


– So'm-kupon bilan bir kunda 1993 yil 15 noyabrdan qo'shni qardosh Qozog'istonda tenge ham muomalaga chiqarilgan.


Tarix uchun eslab o'tish kerakki, Rossiya MDHda hech kimni ogohlantirmasdan 1993 yil avgustdan o'zining rublini joriy etib, qiymatini yo'qotgan sovet rubllari bilan boshqa sobiq ittifoq respublikalari iqtisodiyotini parokanda etish harakatlarini boshlagach, Qozog'iston va O'zbekiston o'zaro birgalikdagi umumiy valyutasini joriy qilish rejalarini ishlab chiqqan. Bu haqda Prezident Islom Karimov 1993 yil noyabr' boshida Oliy Kengash sessiyasida ham to'xtalgandi. Ming afsuski, mintaqamizda integratsiyamizni boshlab berishi mumkin bo'lgan bu ulug' qadam turli provokatsiya va sinovlar tufayli bosilmay qolib ketgan...


Endi bevosita mavzuga qaytamiz. So'm-kupon umrining oxirgi oylarida biz odatda butun bozorga baho berishda indikator sifatida ishlatuvchi go'shtning qiymati 20-25 ming so'm-kupon, pul denominatsiyasi e'lon qilinganidan keyin 30-33 ming so'm-kuponga chiqqandi (qizig'i, denominatsiya 1000:1 qiymatda o'tkazilgan bo'lsa-da, undan so'ng go'shtning bahosi 25-35 so'm bo'lmay, 12-15 so'mga tushgandi). Shakarning bahosi 3-4 ming so'm-kupon, shahar transporti 1000 so'm-kupon atrofida edi.


Lekin avtomobil', uy-joy, kvartiralarning bahosini hozirgi kun bilan solishtirib bo'lmaydi. Сhunki bitta “Jiguli” avtomobilining puliga viloyatlar markazidan 3 ta kvartira xarid qilish mumkin bo'lgan. Shuningdek, narxlar ham shu qadar turli-tuman ediki, har bir viloyatning o'zida asosiy iste'mol mahsulotlari turli bozorlarda turlicha sotilardi. (Odamlar yoppasiga savdo bilan shug'ullanib ketgani bejizga emas-da).


So'm-kupon negadir o'ta qadrsiz valyuta sifatida yodda qolgan. O'sha payt buni ta'riflaganlardan biri shunday degandi: “Bitta daftar 250 so'm. 250 ta bittalik so'm-kuponni yig'ib chiqsang bitta daftardan qalinroq bo'ladi. Bu pulimiz qog'ozdan ham qadrsiz degani”. U odam balki haq bo'lgandir. Ammo bugungi so'mimiz bilan solishtirganda so'm-kupon u qadar beqadr bo'lmaganini bilib olamiz.


Hozirda go'shtning o'rtacha bahosi 70-90 ming so'm atrofida («go'sht 60 ming» degan peshtaxtani ko'rsatib, tortishishga urinmang), shakarning arzoni 15000 so'mdan sotilyapti, shahar transportida 2000 so'mdan kamiga yurolmaysiz. Xo'sh, bu so'mimizni yengillashtirib, hammaga qulay qilib olish vaqti kelganini anglatadimi?


Bizningcha yo'q.


Sabablari:


  • Avvalo bu ancha murakkab va qimmat jarayon, barcha pullarni almashtirish ko'p mablag' talab qiladi;
  • So'mimizga o'rganib qoldik, oldingi almashinuvlar bizda yoqimli taassurot qoldirmagan;
  • Hukumat katta hajmda pul ko'tarib yurishning oldini olish choralarini ko'rdi – 100 mingtalik, 200 mingtaliklar muomalar kiritildi;
  • Engmuhimi, milliy valyuta qadrini oshirishga faqat denominatsiya orqali erishilmaydi.

Ba'zan bu usul umuman samara bermasligi ham mumkin. Pul qadri iqtisodiy islohotlar samarasi o'laroq oshiriladi.


Pulimizning juda qadrsizlanib ketganini ta'kidlaydiganlar maqolamizning davomini o'qishsin.


Nollardan «voz kechish» tarixi


Bu jarayon juda ko'p davlatlarda amalga oshirilgan. Masalan, Turkiya 2005 yili birato'la oltita noldan voz kechgan, 1 000 000:1 qiymatda denominatsiya o'tkazgan. Ammo bugun ham bu davlatda inflyatsiya va deval'vatsiya juda yuqori. Rossiya 1998 yili 1000:1 denominatsiya qilgan.Aholida oldingi almashuvlar, xususan, 1991 yili 50-100 rubllik pullarni uch kun ichida almashtirish zarurati katta noroziliklar keltirib chiqargan, shu bois hukumat eski pullarni 2003 yilga qadar ham qabul qilavergandi. 1995 yili Pol'shato'rtta, 1996 yili Gruziya oltita, 2005 yili Ruminiya to'rtta noldan voz kechgan.


Tarixdagi eng katta inflyatsiya Germaniyada yoki Zimbabveda bo'lgan, deb hisoblovchilar adashadilar. Germaniyada qadrsizlanishning oldini olish uchun maosh bir kunda ikki marta berilgani qayd etilgan. Zimbabveda esa 100 trillion taliklar amalga kiritilgandan keyin ham foydasi bo'lmagach, AQSh dollariga o'tib qo'yaqolishgan.


Tarixda qayd etilgan eng kuchli giperinflyatsiya 1946 yili Vengriyada qaydetilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu davlatning valyutasi — penge bir sutkada 400 foizga qadrsizlana boshladi va tez orada sekstillion kupyuralik (sekstillion – 1 raqamiortidan 21 ta nol') pullar muomalaga kiritildi. Lekin bu ham foyda bermadi va hukumat 100 sekstillionlik chiqarish ustida o'ylay boshladi. Shunda pengedan butunlay voz kechishga qaror qilindi va 400 oktillionga 1 qiymatda yangi pul — forintga o'tildi (oktillion — 1 dan keyin 27 nol'!).


Albatta, so'mimizniham, iqtisodiyotimizni ham u davlatlar bilan solishtirib bo'lmaydi. Qolaversa, giperinflyatsiya yuz bergan yoki berayotgan davlatlarni misol keltirib, masalani xaspo'shlashni yatimiz ham yo'q. Maqsadimiz mavzuga oid ma'lumotlar bilan bo'lishish, so'mimiz ajdodi bo'lgan so'm-kuponni xotirlash xolos.


Abror ZOHIDOV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

2

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (2)

Севара

20:08 | 15.11.2023

Сайт фаолиятига омад тилаймиз.

Севара

20:10 | 15.11.2023

Сайт ишларига омад тилаймиз

Maqolaga baho bering
5/5

2

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1838 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1899 13:54 | 18.11.2023