Xususiy korxonalar yoki qo'shma korxonalar o'z xodimiga mehnat ta'tili bermaslikka haqlimi?
Savolga O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Murojaatlar bilan ishlash sho''ba mudiri Go'zalya Rzaeva javob berdi.
— Albatta xususiy va qo'shma korxonalarda ishlayotgan xodimlar ham mehnat ta'tili olishga haqli. O'zbekiston Konstitutsiyasining 44-moddasiga asosan, har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tilini belgilash orqali ta'minlanadi.
Ushbu holatda siz o'z huquqingizni himoya qilish maqsadida davlat yoki kasaba uyushmalari mehnat inspektsiyasiga murojaat qiling.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ma'lumot uchun! Mehnat kodeksining 217-moddasining har yilgi asosiy eng kam mehnat ta'tilining davomiyligi yigirma bir kalendar' kunni tashkil etadi. Bundan kelib chiqib aytish kerakki, sizga minimal yigirma bir kalendar' kun ta'til berilishi shart.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 218-moddasiga asosan, qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar berish, shuningdek, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan ko'paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.
Shunday ekan, sizga beriladigan ta'tilning aniq miqdorini bilish uchun ishlab turgan joyingizdagi jamoa shartnomasi bilan ham tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0