Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+1C

+1C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+1c

  • Hozir

    +1 C

  • 12:00

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+1C

  • Hozir

    +1 C

  • 12:00

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +1 +20

  • Chorshanba, 12

    +0 +20

  • Payshanba, 13

    +3 +20

  • Juma, 14

    +3 +20

  • Shanba, 15

    +5 +20

  • Yakshanba, 16

    +2 +20

  • Dushanba, 17

    +6 +20

  • Seshanba, 18

    +7 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mehnat faoliyatini boshlayotganlar nimalarni bilishi kerak?

Ishga kirayotganda mehnat shartnomasi, sinov muddati, qanday hujjatlar taqdim etilishi haqida ko'pchilikda savollar tug'iladi. Umuman olganda ishga kirmoqchi bo'lgan xodim yana nimalarni bilishi zarur? “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bosh maslahatchisi, huquqshunos Lobar Rozimova bu borada o'z tavsiyalarini beradi.
Mehnat huquqi
1526 16:17 | 24.11.2023 16:17
  1. Mehnat shartnomasi bo'lishi shart.

Agar siz qonuniy ishlamoqchi bo'lsangiz, unda mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilishlarini talab qilishingiz kerak. Сhunki mehnat shartnomasiga asosan daromad solig'i to'laysiz va qonuniy ishlayotgan hisoblanasiz. Mehnat shartnomasi mehnat huquqlarini kafolatlaydi. Ammo mehnat shartnomasida tomonlarning huquqlari teng bo'lishi kerak.


  1. Mehnat shartnomasini to'liq o'qing va o'rganing.

Mehnat shartnomasida mehnat shartnomasining mazmuni, shakli, rekvizitlari, kuchga kirishi va ishning boshlanish sanasi ko'rsatilgan bo'lishi shartdir. Aks holda mehnat shartnomasi haqiqiy emas deb topilishi yoki sizning zararingizga ishlashi mumkin. Shuningdek, agar mehnat shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilgan bo'lsa ular haqiqiy bo'lmaydi:


  • xodimning holatini mehnat to'g'risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;
  • mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzadigan;
  • majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
  • xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan, sha'niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo'lsa.
  1. Ishga olishmasa, sababini so'rang.

Qonunchilikda ishga qabul qilishni rad etish mumkin bo'lmagan asoslar mavjud. Masalan, homilador yoki yosh bolali bo'lsa, ish beruvchi ushbu asoslarni ko'rsatib ishga qabul qilishni rad etishi mumkin emas. Quyidagi holatlar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi:


  • mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish;
  • ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
  • ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
  • homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik;
  • sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Agar sizni ishga qabul qilishmasa, rad etish asosini talab qilishga haqlisiz, ish beruvchi 3 kun ichida yozma javob berishi shart.


  1. Qanday hujjatlar so'ralayotganiga e'tibor bering.

Ish beruvchi faqatgina qonunchilikda belgilangan hujjatlarnigina talab qilishga haqlidir.


Ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:


  • pasportni yoki uning o'rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani, o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;
  • oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. O'rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o'rniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi ma'lumotnomani taqdim etadi;.
  • harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
  • oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplomni, qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnomani (sertifikatni) yoxud boshqa tegishli hujjatni;
  • soliq to'lovchining identifikatsiya raqamini;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (mavjud bo'lganda);
  • jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasini, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno.

Agar ushbu hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlar talab qilinayotgan bo'lsa, qanday qonuniy asosga ko'ra ekanligini so'rash kerak bo'ladi.


  1. Dastlabki sinov muddati nima?

Dastlabki sinov muddati xodimni qanday ishlashi yoki uning lavozimga muvofiqligini aniqlash uchun belgilanishi mumkin. Ammo shuni unutmaslik lozimki, daslabki sinov muddati hamma xodimlarga nisbatan ham qo'llanilmaydi. Quyidagilarga ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:


  • homilador ayol, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to'lmagan bolani yolg'iz o'zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
  • zaxiraga qo'yiladigan ish o'rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo'lgan shaxslar;
  • davlat grantlari asosida o'qigan va oliy ta'lim tashkilotini tamomlagan kundan e'tiboran 3 oy ichida yo'llanma bo'yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
  • tegishli ta'lim tashkilotini tamomlagan kundan e'tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo'yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
  • 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
  • 18 yoshga to'lmagan shaxslar;
  • ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo'yicha bekor qilgan bo'lsa, o'sha shaxslar;
  • ishlab chiqarishda o'qitish shartnomasi bo'yicha ushbu ish beruvchida o'qishni o'tagan o'quvchilar;
  • jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Shuningdek, dastlabki sinov muddati 3 oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o'rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo'linmalarining rahbarlari uchun esa 6 oydan oshmasligi kerak.


Feruza RAHIMOVA tayyorladi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 1357 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi