+24C

+24C

    O'zbekiston
    • Siyosat
    • Sport
    • Jamiyat
    • Iqtisod
    Xorij
    • Iqtisod
    • Siyosat
    Intervyu
    • Madaniyat va ma'rifat
    Kutubxona
    • Adabiyot
    • Ilmiy ishlar
    • Maqolalar
    • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
    Boshqalar
    • Suratlar so‘zlaganda...
    • Kolumnistlar
    • Arxiv
    • O'zbekiston jurnalistlari

    Telefon raqamingizni kiritng

    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

    Kirish

    O'tgan besh oyda xodimlar foydasiga 3,7 mlrd so'm zarar pullari undirib berildi – Kasaba uyushmalari federatsiyasi

    Bu haqda AOKAda o'tkazilgan brifingda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi axborot xizmati rahbari Muhabbat O'rmonbekova ma'lum qildi.
    Mehnat huquqi
    2386 10:25 | 14.06.2024 10:25

    Qayd etilishicha, 2024-yilning dastlabki besh oyi yakunlariga ko'ra kasaba uyushmalariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2115 ta murojaat, shu jumladan 88 ta jamoaviy murojaat bo'yicha atroflicha o'rganishlar amalga oshirildi.


    Mehnatkashlar huquqlarini tiklashni so'rab kasaba uyushmalari tomonidan ish beruvchilarga 30 ta taqdimnoma kiritilishi va muzokaralar olib borilishi natijasida qonun buzilishi holatlari bartaraf etilishiga erishildi.


    2024-yilning o'tgan besh oyida Kasaba uyushmalari tomonidan xodimlar foydasiga 3 mlrd. 683 mln. so'mdan ortiq zarar pullari undirib berildi. 2023-yil va joriy yilning o'tgan 5 oyi davomida esa kasaba uyushmalari tomonidan jami 4 ming 17 nafar mehnatkashning huquqlari tiklanib, xodimlar foydasiga 29 milliard 713 million so'mdan ortiq zarar pullari undirib berildi.


    Shu jumladan g'ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatilgan xodimlar kasaba uyushmalari tashkilotlari yordamida avvalgi lavozimiga tiklanib, majburiy progul vaqti uchun jami 789 million 119 ming so'm haq undirib berildi.


    Kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlarning ish haqlari va hisob-kitob pullarini olishda amaliy yordam ko'rsatilishi natijasida 2682 nafar xodimning huquqlari tiklanib, ular foydasiga jami 26 milliard 367 million 998 ming so'm haq undirib berildi.


    Izoh qoldirish
    Jo‘natish
    Maqolaga baho bering
    0/5

    0

    0

    0

    0

    0

    Maqolaga baho bering
    0/5

    0

    0

    0

    0

    0

    Mavzuga oid

    Mehnat huquqi
    Shifokorlar huquqi tiklandi
    0 2745 12:32 | 26.09.2023
    Mehnat huquqi
    Mehnat huquqi