Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Evropa aholisining uchdan ikki qismini qirib yuborgan “Qora o'lim”

Yaqinda Lancet ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda bir ma'lumot yangradi: tug'ilishning keskin pasayishi sabab yaqin o'n yilliklarda dunyo aholisi 14-asrdan buyon ilk bor kamayishi mumkin ekan. Odamzod soni o'sha vaqtda “Qora o'lim” deya nomlangan vabo pandemiyasi sabab qisqargandi.
Tahlil
1540 10:56 | 25.03.2024 10:56

“Qora o'lim” natijasida dunyo aholisi 400 milliondan 350 million kishiga qisqardi, Yevropa aholisi esa taxminan uchdan biriga kamaydi. Endilikda dunyo aholisi soni tarixda birinchi marta pandemiya bilan bog'liq bo'lmagan tabiiy sabablarga ko'ra kamayishni boshlashi kutilmoqda. Insonlarni dahshatga solgan va millionlarni hayotdan olib ketgan “Qora o'lim” qanday kechgandi?

Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, “Qora o'lim” Oltin O'rda davlati hududlarida paydo bo'lgan. Bundan tashqari, u hayratlanarli tezlik bilan dunyoga tarqalgan - sanoatdan oldingi davrda hech qanday infektsiya bunchalik juda tez tarqalmagan. Katta ehtimol bilan pandemiya Markaziy yoki Sharqiy Osiyoda boshlangan. 1338-1339 yillarda, Issiqko'l yaqinida, hozirgi Qirg'iziston hududida vabodan o'lim ko'paydi. Vabo Yevropaga Kaspiy dengizining shimoliy qirg'og'idan kelgan, u yerdan kasallik Yevroosiyo va Shimoliy Afrikaning ko'plab qismiga tarqalgan. Umumiy hisobda 75 milliondan 200 milliongacha kishi o'lgani haqida ham qarashlar mavjud.

1347 yilda Yevropa qit'asining janubida boshlangan epidemiya bir necha yil ichida Bolqon, Apennin va Pireney yarim orollari, Markaziy Yevropa va hozirgi Frantsiya, Angliya va Norvegiya hududlariga tarqaldi. 1351 yilga kelib, vabodan aziyat chekmagan deyarli birorta ham aholi punkti qolmadi. Turli manbalarga ko'ra, Yevropa aholisi 30-50 foizga (ba'zi manbalarda 60 foizgacha) kamaydi.1351 yilga kelib, vabodan aziyat chekmagan deyarli birorta ham aholi punkti qolmadi. Turli manbalarga ko'ra, Yevropa aholisi 30-50 foizga (ba'zi manbalarda 60 foizgacha) kamaydi.

Albatta, meditsina falaj ahvolda bo'lgan davrda odamlar bunday kattalikdagi falokat tabiiy kelib chiqishiga ishonishmagan. Ular konspirologik qarashlarga tayanib, turli jodugarlar, sehrgarlar va boshqalar ushbu vaboga sabab bo'layotgani, suvlar va quduqlar zaharlanib ketilayotganiga ishonishgan. O'rta asrlar jaholatidagi Yevropa xalqlari ushbu pandemiyadan eng ko'p jabr ko'rgan mintaqa bo'ldi.

Vabo pandemiyasining vujudga kelishida ikkita faktor asosiy rol o'ynadi: iqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy. Iqlimiy faktorni sharhlaydigan bo'lsak, 14-asr global sovish davri bo'lib, u 8-13-asrlardagi issiq va nam iqlimni chekintirdi. Iqlim o'zgarishi ayniqsa Yevroosiyo mintaqasida keskin tarzda yuz berdi. Bu hodisaga sabab bo'lgan omillar hali aniq o'rganilmagan, ammo ular orasida eng ko'p tilga olinadigan quyosh faolligining pasayishidir. Bu jarayon 17-asrning oxirida minimal darajaga yetgan deb ishoniladi. Shuningdek, atmosfera aylanishi o'rtasidagi murakkab o'zaro ta'sirlar va Shimoliy Atlantikadagi Golfstrim oqimining o'zgarishi bunga ta'sir qilgan.

O'sha davrning hujjatlari va xronikalarida Markaziy Xitoyda halokatli qurg'oqchilik va undan keyingi ocharchilik, Xenan provintsiyasida chigirtkalar bostirib kelgani, so'ngra 1333 yilda Xonbaliqni (hozirgi Pekin) qoplagan bo'ron va shiddatli yomg'irlar haqida ma'lumot berilgan. Bularning barchasi, olimlarning fikriga ko'ra, mayda kemiruvchilarning (sichqonlar, kalamushlar va boshqalar) odamlarning yashash joylariga yaqinlashishiga, shuningdek, ularning ko'p to'planishiga olib keldi va natijada epidemiyaning tarqalishiga sabab bo'ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy sabablarning asosiylari esa urushlar va ocharchilik edi. Ayniqsa, o'rta asr Yevropasida vaziyat juda og'ir edi. Ispaniya va Italiyada fuqarolar urushlari, Frantsiyada yuz yillik urush aynan shu davrga to'g'ri keldi. Yevropada o'sha paytda chiqindi tashish tizimi ishlamagan, sanitariya xarob ahvolda, axlatlar to'g'ridan to'g'ri ko'chaga uloqtirilgan. Manbalarda qayd etilishicha, Parijda chiqindilar kattaroq amaldor yoki qirol buyruq bermaguncha va harakatni to'sib qo'ymaguncha yo'ldan olib tashlanmagan. Hatto qassobxonalardan chiqqan qon qoldiqlari ham suvga oqizib yuborilgan, bu suvdan aholi iste'mol uchun foydalangan.

“Qora o'lim”ning birinchi to'lqini 1347 yildan 1351 yilgacha davom etdi. Bu vaqt ichida eng ko'p zarar ko'rgan mamlakatlarda aholining 60 foizigacha vafot etdi. Bu hayratlanarli o'lim darajasi edi va tarixchi-yilnomachilar raqamlarni bo'rttirib yuborishdi: ba'zilari pandemiya oxirida har o'n kishidan faqat bittasi tirik edi, deb taxmin qilishgan.

Vabo faqatgina kambag'al, qashshoqlarnigina domiga tortmagan. Albatta, boylar epidemiyaga uchragan shaharlarni tark etish va nisbatan xavfsiz qishloqlarda karantin qilish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega edi. Masalan, italyan yozuvchisi Jovanni Bokkachcho “Dekameron” asarida kasallikdan qutulish uchun Florentsiyadan qishloqqa qochib ketgan badavlat kishilar haqida yozadi. Ammo boylar ham dahshatli vabo qarshisida ko'pincha ojiz qoldilar. Hatto qirollar, yuqori martabali oqsuyaklar ham yo'qotishlarga uchradi.

Jumladan, 1348 yilda Angliya qiroli Eduard III ning sevimli qizi Ioanna o'zining to'yida Kastiliyaga ketayotganida Bordoda o'latdan vafot etdi. Ioannaning bo'lajak qaynotasi Alfonso Xv va Aragon qirolining rafiqasi qirolicha Eleonora ham vabodan vafot etdilar. Vizantiya imperatori Ioann vI Kantakuzen kenja o'g'lidan ayrildi. Rim papasi Klement vI Avinondagi papa saroyida vabo avj olganida, bir yildan ko'proq vaqt ichida uchta kardinal va uy xizmatkorlarining to'rtdan bir qismini yo'qotgan (o'sha paytda Rim papalari qarorgohi Frantsiyaga majburan ko'chirilgandi).

Bokkachchoning zamondoshi, mashhur shoir Petrarka ham ushbu vabo avj olgan davrda yashagan, shoir ko'plab yaqinlarini, jumladan, sevgisi va ilhomlantiruvchisi Laurani yo'qotgandi. Petrarkaning vabo pandemiyasi paytida yozgan maktublarida omon qolgani uchun aybdorlik hissi aniq ifodalangan. Bir maktubida u “mudhish 1348 yil”ni la'natlagan.

Tarixiy hujjatlarda “Qora o'lim” 1353 yilda tugadi, deya taqdim etiladi, aslida bu dahshatli qirg'inning biroz tin olishi edi, xolos. Yirik vabo epidemiyalari Yevropada 1361 va 1369 yillarda, keyin esa 1370 va 1390 yillarda ham sodir bo'lgan. Ikkinchi epidemiya, ayniqsa, o'g'il bolalar va yigitlarga qattiq ta'sir qildi. Bu ikkilamchi to'lqinlar “Qora o'lim” kabi kuchli emas edi, lekin ular ham o'lim va qashshoqlikka olib keldi va o'rta asrlarning oxirigacha o'zi shundog'am siyrak aholining ko'payishiga to'sqinlik qildi. Yevropada aholi soni faqatgina XIX asrga kelib me'yoriga keldi, bu “Qora o'lim” qit'aga yana 400 yil ta'sirini o'tkazib kelganini bildiradi.

Garchi “Qora o'lim” dunyo, ayniqsa Yevropa xalqlari hayotini ostin-ustun qilib yuborgan bo'lsada, uning ayrim oqibatlari ijobiy bo'lib chiqdi. U o'rta asrlar G'arb jamiyatidagi katta kamchilik va illatlarni ochib tashladi. Endilikda insonlar falokatlarga tayyor turish, ijtimoiy sohalarni kuchaytirish, izlanish va ilm-fanga e'tibor bera boshladilar. Mazkur intilishlar tez orada Uyg'onish davri va Buyuk geografik kashfiyotlarni keltirib chiqardi.


Abror Zohidov,


Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023