+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ko'k minor - armonli dunyoning timsoli

Kalta minor Ichan qal'aning tashrif qog'ozi desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning sharqdagi shuhrati Eyfel minorasinikidan qolishmaydi. Asrlar osha o'z jozibasini yo'qotmagan minora tarixi Xivaga kelgan har bir sayyohni qiziqtiradi.
Jamiyat
1115 21:28 | 20.03.2024 21:28

Ushbu minora qurilishi 1853 yilda Muhammad Aminxon topshirig'i asosida boshlangan. Xonning buyrug'iga ko'ra, minora balandligi 100 metrdan oshishi kerak bo'lgan. Xon minora tepasiga chiqib, Buxoroni ko'rishni orzu qilgan.


Minora qurilishi davom etayotgan davrda Muhammad Aminxon urushda vafot etgan. Uning o'rniga taxtga o'tirgan Abdullaxon Muhammad Aminxonning nomi el orasida ulug'lanishini, tarixda qolishini istamaganligi oqibatida, minora qurilishini to'xtatgan.


Hasad emas, havas yengadi deydilar. Garchi qurilishi tugallanmagan bo'lsa-da Muhammad Aminxon minorasi asrlar osha salobat to'kib, hamon uning bunyodkoriga olqishlar olib kelmoqda.


Kesik konus shaklidagi, eni 14,5 metr, balandligi 29 metr, fundament chuqurligi – 15 metrdan iborat afsonaviy minora haqida xalq orasida ko'plab rivoyatlar yuradi. Bu minora Kalta minor, Ko'k minor deb ham ataladi. Har safar Ichan qal'ada bo'lganimizda armonli dunyo timsoli bo'lgan Kalta minor qarshisida xayolimizdan ko'p o'ylar o'tdi.


Ichan qal'adagi har bir imorat, har bir naqsh, har bir eksponat o'z tarixiga ega. Ular kishiga hayrat va havas ulashib, dunyo nigohini o'ziga jalb qilmoqda.


Muhabbat To'raboeva


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2322 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 2009 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2586 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2306 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat