Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+12C

+12C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+12c

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 19-April

+12C

  • Hozir

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +16 C

  • 15:00

    +17 C

  • 16:00

    +17 C

  • 17:00

    +17 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +16 C

  • 20:00

    +14 C

  • 21:00

    +13 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +10 C

  • Shanba, 19

    +12 +20

  • Yakshanba, 20

    +14 +20

  • Dushanba, 21

    +17 +20

  • Seshanba, 22

    +18 +20

  • Chorshanba, 23

    +18 +20

  • Payshanba, 24

    +20 +20

  • Juma, 25

    +23 +20

  • Shanba, 26

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Yolg'on, botil va behuda ishlardan tiyilish haqiqiy ro'zadir

Ramazon oyi go'zal insoniy fazilatlarni yuksaltirish, milliy qadriyalarimizni asrab-avaylash, ularni yanada kengroq targ'ib qilish uchun bebaho fursatdir. Bu muborak kunlarda ma'naviy poklik, mehr-oqibat, xayru saxovat, oila va mahallalarda o'zaro mehr-oqibatni mustahkamlash, yoshlarni go'zal xulq sohiblari etib kamol toptirish, ehtiyojmand insonlarga ko'mak va yordam ko'rsatish kabi ezgu amallarga yo'ldosh bo'lmoqlik farzdir.
Tahlil
1244 12:52 | 25.03.2024 12:52

Ammo xayrli ishlar o'rniga turli illatlar ham bo'y ko'rsatib turibdi. O'g'irlik, bosqinlik, qotillik, pora olish haqidagi xabarlarni eshitib turibmiz. Poklanish faqatgina yeb-ichishdan tiyilish emas, balki yomonliklardan ham yiroq bo'lishdir.

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o'qituvchisi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, Respublika “Ma'rifat” targ'ibotchilari jamiyati a'zosi Saidafzal Saidjalolov Ramazon oyi fazilatlari xususida fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

Prezidentimizning joriy yil 7 martda qabul qilingan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o'tkazish to'g'risida”gi Qarorda ma'naviy poklik masalasiga e'tibor qaratildi. Ma'naviy poklik – turli ma'naviy qusurlardan qutilishni anglatadi. Ulug' bobolarimiz o'gitlarida Ramazon iymonli inson uchun o'ziga xos tarbiya maktabi ekani ta'kidlangan. Ramazonga ruhiy poklanish madrasasi, deya baho berganlar. Bu madrasaning darsxonasi – inson vujudi, o'qituvchisi – bir oy tutiladigan ro'za ibodati, erishiladigan natija – yolg'on, hasad, adovat, g'iybat va o'zgalar haqiga tajovuz kabi illatlardan poklanishdir.

Afsuski, mana shunday ulug' kunlarda na dinu diyonat, na urfu siyosat, na ilmu ma'rifatning mohiyatiga yetmagan kishilar sodir etayotgan ayrim jinoyatlar haqidagi xabarlarni ko'rib ko'ngil ozorlanadi. Ramazondek muborak oyda insonlar ezgulik, mehru muruvvat, o'zaro lutfu oqibat xislatlarni bilan mavjlanib turgan lahzalarda Xudodan qo'rqmay, bandasidan uyalmay pora olishga jur'at etayotgan kimsalar borligi kishini hayratlantiradi.

Nahotki ulug' bobolarimizdan meros qadriyatlarimizni anglamayapmiz? Turli xil gunohlardan nafsni qutqarishgan, u boshlaydigan jinoyatlarni yo'lini to'sishga, yomonliklardan tiyilishga zo'r imkon paydo bo'lganida jinoyat yo'liga qirish naqadar tuban va jirkanch holdir.


Ramazon – sabr oyi. Nafaqat, yeyish-ichishdan, balki turli gunoh ishlardan, jinoyat va huquqbuzarliklardan tiyilish, go'zal sabr qilish orqali ma'naviy poklik, insoniy barkamollikka intilish oyidir. Hazrat Umar: “Faqat yeyish va ichishdan tiyilish ro'za emas, balki yolg'on, botil va behuda ishlardan tiyilish haqiqiy ro'zadir” deya ta'kidlagan. Zero inson ushbu ulug' kunlarda yolg'onchilik, hasadgo'ylik, g'iybatchilik, poraxo'rlik kabi gunoh va botil ishlardan tiyilsa imoni halovat topadi. Halovat bor joyda osoyishtalik, osoyishtalik bor joyda fayzu baraka bo'ladi.

Pora olish botil ishlardan ekani ayni haqiqat. Korruptsiya – halollik kushandasi, davlatlar va xalqlar inqirozining omillaridan biri ekani shubhasizdir. Ramazon – poraxo'rlik illatidan qutulish uchun zo'r imkoniyat, xayr va baraka oyidir. Pora va korruptsiyaga o'rgangan inson boyligi, molu davlati kamayib qolishidan xavotir olmasin. Zero, Ramazon pok iymonli, sof vijdonli insonlarning rizqi ko'payadigan, halol kasbiga fayzu baraka yog'iladigan, to'kinlik va farovonlik oyidir.

Bu asrlar davomida minglab hayotiy misollar bilan isbotlangan, ortiqcha izoh talaba qilmaydigan haqiqatdir!

Gulrux ODAShBOEVA,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 1834 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 1895 13:54 | 18.11.2023