Madaminbek qabri qaerda joylashgan?
Madaminbekning 1920 yil may oyida fojiali ravishda o'limidan so'ng, manbalarga ko'ra, unga nisbatan ixlosi baland bo'lgan qirg'izlar uning tanasidan judo qilingan va xo'rlangan boshini sovetlardan (ayrim manbalarda qo'rboshi Xolxo'ja)dan sotib olib, uni izzat-ikrom bilan dafn qiladilar.
Madaminbekning so'nggi manzili Isfayramsoy qirg'og'ida, Takatayloqdagi Shig'ay qishlog'i (Qirg'iziston Respublikasi)dadir. Madaminbekning sovet davrida uzoq vaqt qarovsiz qolgan qabrini 1994-1996 yillar hofiz Dadaxon Hasanov boshchiligidagi bir guruh farg'onaliklar ziyorat qilib, atrofiga panjara va qabrtosh o'rnatgan edi.
Madaminbekning qabrtoshiga quyidagi so'zlar yozilgan:
Turing begim, gunohlarni yuvaylik,
Bosqinchini Ona yurtdan quvaylik
Ma'lumot o'rnida, 1920 yil 6 martda Madaminbek bilan Turkiston fronti 2-Turkiston o'qchi diviziyasining boshlig'i N.A.Verevkin-Raxal'skiy va diviziya harbiy-siyosiy komissari Slepchenko o'rtasida Skobelev (Farg'ona)da sulh bitimi imzolagan.
Ishonch.uz



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0