Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +13 +20

  • Seshanba, 07

    +14 +20

  • Chorshanba, 08

    +11 +20

  • Payshanba, 09

    +10 +20

  • Juma, 10

    +10 +20

  • Shanba, 11

    +13 +20

  • Yakshanba, 12

    +11 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mo'yqalam tutgan bosqinchi

Rus “demokrati” maqomini olgan Vasiliy Vasil'evich Vereshagin aslida kim edi? 1842 yilda tug'ilib Peterburg badiiy akademiyasi, keyinchalik Parijda tahsil olgan rassomning Samarqandga qanday dahli bor?
Jamiyat
805 11:44 | 26.02.2024 11:44

U Samarqandning qonga botganidan huzurlangan.


Vasiliy Vereshagin nafaqat sovetlar mamlakati balki xorijda ham anchayin mashhur bo'lgan. Parij, London, Berlin, Vena, Budapesht va Amerika qo'shma shtatlarining qator shaharlarida rasmlari ko'rgazmalari tashkil qilingan. “Temur darvozasi”, “Toshkentlik ayol”, Samarqand zindoni”, “Qul bolaning sotilishi” va boshqa o'nlab kartinalari dunyoning ko'pgina muzeylaridan o'rin egallagan.


Rus “demokrati” maqomini olgan Vasiliy Vasil'evich Vereshagin aslida kim edi? 1842 yilda tug'ilib Peterburg badiiy akademiyasi, keyinchalik Parijda tahsil olgan rassomning Samarqandga qanday dahli bor?


Tarixchi olim Hamdam Sodiqovning “Ishonch” gazetasining 1998 yil (25 soni)da chop etilgan “Sadoqat va xiyonat” maqolasida dunyoga tanilgan rassomning asl qiyofasi fosh etiladi. Bayonga ko'ra 1868 yil 8 iyunda bosqinchilar sardori fon Kaufman rahbarligidagi armiya Samarqand ahlining qattiq qarshiligiga duch kelgan. Qattol qo'mondon ko'hna shaharni yer yuzidan supirib tashlash payiga tushib, avvaliga qattiq to'pga tutadi. Qo'l ostidagilarga shaharni butkul yoqib yuborish topshirig'ini beradi. Qirg'inbarotda hech kimni ayab o'tirilmagan. Ayollar yosh bolalar yoppasiga qilichdan o'tkazilgan, uylarga o't qo'yilgan. Qatliom uch kun mobaynida davom etgan.


Bosqinchi armiya qo'shinlari praporshik maqomida bo'lgan Vereshagin Markaziy Osiyodagi xunrezliklar manzarasi unga beqiyos ilhom tufha etganini yozgan. Shu yo'nalishdagi asarlari bilan u shuhrat cho'qqisini zabt etdi ham. U o'z esdaliklarida “agar Samarqand sal ertaroq yondirilganida aholi kuchli qo'rquv ta'siriga tushardi, armiyamiz kamroq talofat ko'rardi”, degan bitiklarni qoldiradi.


To'g'ri u qo'liga qurol olib birovni otmagandir. Kimningdir ko'ksiga tig' ham sanchmagan bo'lishi mumkin. Ammo o'zining yovuzlikni tarannum etuvchi asarlarida mahalliy aholiga bo'lgan cheksiz nafratini singdirishga intilib kelgan. Uning bitiklarining birida bosqinchi tilidan quyidagilar bayon etilgan – “Samarqandda bir qancha askarlar bilan bir uyga bostirib kirdik, qoqsuyak bo'lib ketgan kampir bizni “omon, omon”, deya qarshiladi. O'tirgan bo'yrasining ostida bir narsa qimirladi. Qarasak mo'ylovi sabza urgan yigitcha ekan. Sudrab olib chiqib buvisiga qo'shib nayzaga tortdik”.


General fon Kaufman va boshqa harbiylar “ityalog'iga”ga aylangan rassom ularning har bir qadamini qog'ozga tushirishga intilgan. Esdaliklaridan qaydnoma: “Biz hammamiz generalimiz izidan borib Samarqanddagi amir saroyiga joylashdik. Nihoyatda baland va keng xonalardan iborat asosiy binoni “xo'jayin”, saroy atorfidagi uylarni biz egalladik. Mening qadrdonim general Golavachev chekiga amirning sobiq harami tushdiki, ilgarilari har qanday mard, jasur jangchining qadami bu yerga yetishi amri mahol edi”.


Rassomning sadoqati “ilik” bilan siylangan albatta. Samarqandning chor Rossiyasiga tobe etilganligi munosabati bilan Vereshagin kamdan kam jangchilarga nasib etadigan “Georgiy” ordeni bilan taqdirlanadi.


1904 yilda yapon dengizida minaga uchrab bir guruh harbiylar bilan cho'kib o'lgan rassom, sho'rolar davrida ham beqiyos iste'dod sohibi sifatida madh etilgan. U qanchalik iqtidor sohibi bo'lmasin xalqimiz xotirasida qurolli bosqinchi sifatida muhrlanib qolgan.


Nurilla Shamsiev


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2152 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1832 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2352 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2120 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat