Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 927.1736.74

  • EUR

    14 717.58-3.29

  • RUB

    155.73-0.31

+29C

+29C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+29c

  • Hozir

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +25 C

  • 20:00

    +22 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 25-April

+29C

  • Hozir

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +25 C

  • 20:00

    +22 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +17 C

  • Juma, 25

    +29 +20

  • Shanba, 26

    +30 +20

  • Yakshanba, 27

    +33 +20

  • Dushanba, 28

    +38 +20

  • Seshanba, 29

    +30 +20

  • Chorshanba, 30

    +25 +20

  • Payshanba, 01

    +29 +20

  • Juma, 02

    +30 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

MDH adliya vazirlari Toshkentda dolzarb muammolarni muhokama qilishdi

Toshkent bugun yuridik diplomatiya markaziga aylandi. O'zbekiston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo'lib o'tdi.
Jamiyat
316 15:40 | 17.10.2024 15:40

Unda Belarus', Rossiya, Tojikiston, O'zbekiston adliya vazirlari va Qirg'iziston adliya vaziri o'rinbsoari ishtirok etdilar.
Ta'kidlanganidek, globallashuv va davlatlararo aloqalarning kuchayishi sharoitida MDH mamlakatlari huquqiy sohada faol muloqot va hamkorlikni talab etadigan yangi muammolarga duch kelmoqda. Adliya vazirlari kengashi ishtirokchi mamlakatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilikni rivojlantirishda muhim rol' o'ynamoqda. Bu fuqarolar huquqlarini yanada samarali himoya qilish, huquqiy xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro majburiyatlarni bajarishga xizmat qiladi.


Mintaqaviy va global muammolar kuchayib borayotgan bir paytda O'zbekiston poytaxtida o'tkazilgan ushbu uchrashuv nafaqat dolzarb masalalarni muhokama qilish maydoni, balki MDH mamlakatlarining huquqiy tizimini sezilarli darajada o'zgartira oladigan strategik yechimlarni ishlab chiqish maydoniga aylandi.


Toshkentdagi majlis qo'shma tashabbuslarni muhokama qilish, milliy darajada qabul qilingan muvaffaqiyatli amaliyotlar va huquqiy qarorlar bilan o'rtoqlashish imkoniyatini berdi. Ishtirokchilar Hamdo'stlik makonida huquqiy ma'rifat, jumladan, yoshlarni huquqiy tarbiyalash, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati sifatini oshirish kabi keng ko'lamli masalalarni ko'rib chiqdilar.
Bir qator muhim tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Xususan, Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Adliya vazirlari kengashidagi raisligi yakunlari sarhisob qilindi, ilgari qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi ko'rib chiqildi.


Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri O'zbekiston Respublikasining MDHga a'zo davlatlar adliya vazirliklari o'rtasida axborot almashishning elektron tizimini yaratish kontseptsiyasini ishlab chiqish bo'yicha tashabbusini muhokama qilish bo'ldi.


Yagona elektron tizimni yaratish so'rovlarning samaradorligi va tezkorligini oshirish, hujjatlarni qayta ishlash, ijro etish va saqlash ustidan nazoratni kuchaytirish, hujjatlarni yo'qotish holatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Bu tarqoq hujjatlar oqimini yagona tizimga birlashtirish, hujjat yaratish vazifasidan tortib, uni arxivga topshirish va saqlashni ta'minlashgacha bo'lgan hujjat aylanishining butun jarayonini qamrab olish, pirovardida vaqtni tejash imkonini beradi.


Umuman olganda, ushbu tashabbus Hamdo'stlik makonida huquqiy hamkorlikni jadallashtirishga, shuningdek, huquqni qo'llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bunda Yagona elektron tizimni yaratish davlat siri yoki boshqa himoyalanuvchi axborotni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni almashishni nazarda tutmaydi.


MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari kengashining 2025 yilga mo'ljallangan asosiy tadbirlar rejasi, 19-yig'ilish kun tartibi loyihasi tasdiqlandi. Xususan, 2025 yilda Kengash ishchi guruhlari va organlarining yig'ilishlari bilan bir qatorda “Tashkent Law Spring” Iv Xalqaro yuridik forumini o'tkazish, notariat vakillari uchun stajirovkalar, MDHga a'zo davlatlarning stajyorlari va yosh advokatlari uchun vebinarlar turkumini tashkil etish rejalashtirilgan.


Ekspertlarning fikricha, Toshkent majlisi natijalari MDH huquqiy tizimlaridagi keyingi o'zgarishlarning turtki bo'lishi mumkin. Qabul qilingan qarorlar mamlakatlar ichida ham, xalqaro maydonda ham qonunchilik, huquqni qo'llash amaliyoti va institutsional hamkorlik rivojiga ta'sir ko'rsatadi.


Eslatib o'tamiz, MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashi MDH Davlat rahbarlari kengashining Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar adliya vazirlari kengashi to'g'risidagi 2005 yil 26 avgustdagi qarori bilan tashkil etilgan. Uni besh davlat — Armaniston, Belarus', Qirg'iziston, Rossiya va Tojikiston imzolagan.


O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2019 yil 19 noyabrda Kengash a'zoligiga kirdi, 2024 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashiga raislik qilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 533 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 796 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 827 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 8710 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 545 21:55 | 12.10.2024