Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 927.1736.74

  • EUR

    14 717.58-3.29

  • RUB

    155.73-0.31

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 09:00

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 25-April

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 09:00

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • Juma, 25

    +17 +20

  • Shanba, 26

    +20 +20

  • Yakshanba, 27

    +21 +20

  • Dushanba, 28

    +24 +20

  • Seshanba, 29

    +23 +20

  • Chorshanba, 30

    +15 +20

  • Payshanba, 01

    +19 +20

  • Juma, 02

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qo'sh ustunimning biri

Ushbu bitiklarimni onam – Qumrixon Abdulhamid qizi xotirasiga bag'ishlayman.
Jamiyat
543 21:55 | 12.10.2024 21:55

Birovning haqi


Bu hol muttasil har yili takrorlanadi. Hamma yozda dam olsa, men avji kuzda mehnat ta'tiliga chiqaman. Boshqalarga o'xshab, sayru sayohat qilish qayda, deysiz?.. Qishloqqa boraman. Oz emas-ko'p emas, roppa-rosa to'rt hafta bobokasbimni qilaman: anor bog'lab, anor ko'maman.


Hech esimdan chiqmaydi. O'shanda mezon oyining oxirgi jumasi edi. Har qalay, otam machitga ketgandi. Katta akam ikkimiz tomorqada ishlayotgandik. Kuz kunlari bir tutamligidan, iliq damlar g'animatligidan nihoyatda shoshilayotgandik.


Tushga yaqin havo isib ketdi. Tomoqni birrov ho'llab olmasak bo'lmaydi. Сhoy keltirish niyatida hovli tomon yurdim. Oshxonaga kirayotib, onam oldi oynavand ayvonimizda kim bilandir quyuq suhbatlashayotganini sezdim. Derazaga parda tutilgani bois mehmonning o'zini ko'rmadim. Ammo ovozidan darhol tanidim: pochtachi yigit!


Uning ismi Davron. Yoshi akamnikidan ham kattaroq, mendan besh-olti ko'ylakni ortiq yirtgan. Bo'yi pakana. Qo'l-oyoqlari kaltabaqay. Jussasi g'o'labirday – xo'ppa semiz. Aft-angori sap-sariq. Ko'zlari moviy, qoshlari qalin-o'siq. Sochu kipriklari qizg'ishtob. Boshi tepakal. Yurishlari ajabtovur: bamisoli g'ildirab ketayotgan bochkaga o'xshaydi. Bir narsadan quruq qolayotgandek pildirab qadam tashlaydi. Gap-so'zlari o'ta muloyim, o'ta nozik. Lekin o'ziga ancha-muncha pishiq. Huda-behuda jon koyitmaydi. Kimdan hayiqsa, o'shaning gazeta-jurnalini vaqtida eltib beradi. Boshqalarnikini esa, uch-to'rt kunligini bitta qilib, bolalardanmi, qo'ni-qo'shnilardanmi, yo'l-yo'lakay berib yuboradi.


U ba'zan xufiyona ish ko'radi. “Ortiqcha yuk”ni imi-jimida guzardagi qassoblaru pistafurush ayollarga oshiradi. Evaziga ming bor ta'na-dashnom eshitsa ham pinak buzmaydi. “Yo'rgakda tekkan eski kasali”dan voz kechmaydi. Faqat nafaqa pullarinigina hech kimga ishonmaydi. Issiq-sovuq, qor-yomg'ir demasdan, shalog'i chiqqan velosipedida uyma-uy yurib, o'zi tarqatadi. Bekorga emas, albatta. Bitta siri bor: odamiga qarab, birovdan ozroq, birovdan ko'proq pul urib qoladi. Go'yoki “hojatbaror”ligi uchun “arzimas xizmat haqi” oladi.


Albatta, buni hamma biladi, hamma gapiradi. Biroq yuziga aytmaydi. Musulmonchilikka borib, istihola qiladi. Pochtachi esa mana shu o'zbekona andishaning otini qo'rqoq deb biladi.


Ehtimol, shundanmi, men uni unchalik xushlamayman. Tamagirligini hecham hazm qilolmayman. Onam bo'lsa, aksincha, mudom izzatini joyiga qo'yadi. Ayniqsa, pensiya pulini keltirganda iyib ketadi. Aylanib-o'rgilib so'rashadi. “Davronboy”, “Davronboy”lab to'rga o'tqazadi. Сhoy damlab, dasturxon yozadi. Bizga aytmagan dardini, mingyillik sirdoshidek, unga aytadi.


Ishonmasangiz, ana, quloq soling: hozir ham ikkovlon dunyoning bor tashvishlarini unutib, qizg'in gurunglashayapti...


Yo'q, to'xtang, adashdim chog'i, aslida pochtachi soddagina onamni har galgidek bemalol laqillatayapti. Nafaqa pulini berish bahona undan qurtdekkina qilib, “xizmat haqi” undirayapti:


– Bunisi sizniki. Unisi cholingizniki. Jami – olti ming besh yuz so'm (u paytlarda bu kattagina pul sanalardi). Men xizmat haqimga ikkovingizdan bor-yo'g'i uch yuz yigirma besh so'mgina obqoldim. Rozimisiz, xola?


Ortidan onamning sokin-xotirjam ovozi eshitildi:


– Mayli, roziman, Davronboy, roziman. Haloling bo'sin. Ie, shoshma, ma, manavi yuz so'mniyam qo'shib olaqol... Ha, baraka top, iloyo, mani yoshimga yetib yur!..


Demak, tushunarli: pochtachining navbatdagi “biznes-savdo”si pishdi. Ko'z ochib-yumguncha ikki pensionerning hisobidan naqd to'rt yuz yigirma besh so'm tekin pul hamyoniga tushdi.


Kuppa-kunduzgi kishibilmas bu qaroqchilikka befarq qaray olmadim. Onam aytmoqchi, “chestniy muxbir"ligimga bordim.


– Assalomu alaykum, hormang, Davron aka! – dedim eshikni shartta ochib, ayvonga qiya mo'ralarkanman. – Xush kepsiz!


Pochtachi onamdan olgan “shirinkamo”sini endigina ko'krak cho'ntagiga solayotgan ekan, bexos bosh suqqanimni ko'rib, kalovlanib qoldi.


– Ie-ie, – dedi shosha-pisha oyoqqa qalqib. – Bu-u... sen shu yerdamiding, ukajon?.. Men bilmabman, qachon kelding?


Mendan oldin onam hozirjavoblik qildi.


– Bir hafta bo'ldi. Otpuskaga chiqqan. O'shandan buyon agaratda ishlayapti, – dedi mamnuniyat bilan.


– A-a, shunaqami?.. – Pochtachi joyiga cho'karkan, hamon esankiraganicha onamga o'girildi. – Bu o'zi-i... sizlarda anor ja serob-da, xola. Erinmay sanasa, shu bi-ir... to'rt yuz tup chiqar-ov?!.. – dedi dovdirab.


–E, yo'q, uncha ko'p emas. Katta-kichigi aralash uch yuzu oltmish beshta! – Onam uning taxminiga aniqlik kiritdi. Etagidagi pullarni shoshmay ko'rpacha qatiga qistirgach, pochtachiga batafsil “hisobot” berishga kirishdi. – Bari bir xil. To'lka tuyatish so'rtidan. Oldi o'ttiz-o'ttiz ikki yillik. Orasida qaynotam rahmatli ekkanlari, tirikligida butun qishloqdi onaxoniga aylangan qaynonamdi qo'li tekkanlari ham talaygina.


Gap shu yerga kelganda men norozi ohangda tomoq qirdim. Negaki, onamning fe'l-atvori ma'lum. U, xoh tanish-xoh notanish bo'lsin, barchani birdek ko'ngliga yaqin olaveradi. Birov so'rasa-so'ramasa, dilida borini to'kib solaveradi. Bu kimgadir yoqadi, kimgadir yo'q. Shu bois bunday kezlarda men o'zimcha hushyorlik ko'rsataman. Mavridini topib, gap oqovasini boshqa o'zanga burib yuborish payida bo'laman. Hozir ham shundoq qilmoqchi edimu, uddasidan chiqolmadim. Onam bezovtalanayotganimga, asabiylashgancha ostonaga o'tirib olganimga parvo ham qilmay, “hisobot nutqi”ni davom ettirdi.


– Endi, birovdan yashiradigan joyi yo'q, Davronboy, bizdi ro'zg'ordi kam-ko'sti shu anorlar bilan, dedi salmoqlab. – Man sanga aytsam, anor jannatdan chiqqan daraxt. Mevasi – beg'ubor, ming bir dardga davo ne'mat. Qancha yema, me'dangga urmaydi. Ruhingni tetiklashtiradi. Daromadiyam durust. – Onam mamnun jilmayib, yenglarini shimardi. Sochiqqa o'ralgan choynakdan choy quyib, pochtachiga uzatdi. – Faqat mehnati sal og'irroq. Kuz payti bog'lab ko'mishda, ko'klam chog'i ochib, tiklashda odamni toza qiynaydi. Otasi bilan to'rt aka-uka oylab tinim bilmaydi. Kelinlarimu mani qo'lim qish bo'yi anor sotishdan bo'shamaydi. Qarib, hosildan qolganlarini ko'chirib tashlaylik, desak, ko'zimiz qiymaydi. Uvolidan qo'rqamiz, Davronboy, uvolidan.


Onam oilaviy hayotimizga doir “axborot”ini yakunlar-yakunlamas, men tomonga bosh burdi-yu, gapi og'zida chala qoldi.


– Ha, bolam, – dedi-da, to'satdan tanbeh berdi. – Bu nima qiliq? Nega kofirga o'xshab bo'sag'ada o'tiribsan? Yoki ostonani bosib turish bexosiyat ekanini bilmaysanmi?.. Qani, o'rningdan tur, bundoq ichkariga kirib, Davronboy akang bilan odamga o'xshab ko'rish!


Aytganini qildim. Biroq changga botgan etigimni yechishga erindim. Poygakda turiboq, pochtachiga qo'l cho'zdim. Uning kulchadek dumaloq-issiq kaftlarini mahkam siqayotib, etdor barmoqlari bilinar-bilinmas titrayotganini sezdim.


– Qani, ke, so'riga chiq, ukajon. – Pochtachi o'ng'aysizlanib, menga yolg'on manzirat qila boshladi. Avvalgi joyidan sal yuqoriga o'tirayotib, beixtiyor ko'krak cho'ntagini ustidan siypalab qo'ydi. – Bu-u, ishqilib, o'zing omonmisan, ukajon? O'ynab-kulib, bardam-baquvvatgina yuribsanmi? Bu... ishlaring qalay?


Ochig'i, uning har ikki gapining birida “ukajon-ukajon”lab yaltoqlanishi, ustiga-ustak, nuqul “bu-bu” deya talmovsirashi g'ashimga tegdi. Jinim qo'zib, qitmirligim tutdi.


– Сhatoq! – dedim tuyqusdan tomdan tarasha tushganday qilib. – Anchadan beri yangi ish izlayapman.


– Yo'g'-e, nahotki? – U o'zi sezmagan holda ikkinchi bor cho'ntagini paypasladi. – Bu-u... rostdanmi?


– Rost! – deya onamga yashirincha ko'z qirimni tashladim. U derazani ochish bilan band bo'lib, yolg'onimga e'tibor bermayotganidan foydalanib, pochtachiga rosmanasiga piching otdim. – Mabodo, pochtangizda bo'sh o'rin yo'qmi? Bo'lsa, ayting, bir amallab joylashib olardim.


– Voy, nimalar deyapsan, ukajon? – Davron aka astoydil taajjublandi. – Bu-u... sani sohang boshqa, bizniki boshqa bo'sa...


– Nima qipti, tirikchilikning aybi bormi? – Temirni issig'ida bosish uchun boyagidan battar to'ng'illadim. Eshik kesakisiga suyanayotib, tag'in tilimga erk berdim. – Axir, qishlog'imiz xuddi shaharday katta. Kim ko'p – pensioner ko'p. Har pul tarqatganimda istaganimcha “choychaqa” ishlasam, yana oylik olib tursam, yomonmi? Qaytaga bir o'q bilan ikki quyonni urganim ma'qul-ku!


Pochtachi kosa tagidagi nimkosani anglab yetdi shekilli, avvalgidan-da battarroq garangsib, moviy ko'zlarini mendan olib qochdi. Qizg'ishtob kipriklari tez-tez pirpirab, qizlarnikidek lo'ppi yuzlari duv qizardi. Nogoh qo'lga tushgan o'g'ri mushuk singari dam menga, dam joyiga kelib o'tirgan onamga olazarak boqdi. So'ngra qaltiroq barmoqlari bilan cho'ntagini kavladi. Boyagi pulni chiqarib, dasturxon chetiga qo'ydi. O'rtaga noqulay jimlik cho'kdi. Onam nima gapligini tushunib yetdimi, mening qo'rsligimdan mulzam tortganday, lablarini qimtidi. Xah, nodon-a!” deganday, oppoq sochli boshini sarak-sarak qildi.


– Kechirasan, ukajon. – Sukunatni pochtachining palag'da tovushi buzdi. – Buni opangdi o'zlari ko'ngildan chiqarib beruvdilar. Men sazalari o'lmasin, keksalarning atagani tabarruk bo'ladi, deb oluvdim. – U pulni ohista oldidan nari surdi. Nigohini yerdan uzib, qaldirg'och bahorda in qurgan shiftga qadadi. – Mayli, xola, – dedi so'ngra onamga mo'ltirab, – endi men boray. Hali tarqatadigan pullarim anchagina. Bu o'tirishimda egalari mahtal bo'lib qolishmasin.


Pochtachi shunday deya shosha-pisha oyoqqa qalqdi. Televizor ustidagi almisoqdan qolgan eski sumkasini chaqqon yelkasiga ildi. Onamning “Hoy, andak to'xta, Davronboy!” deya javrashlariga quloq ham solmadi. Tuflisini apil-tapil kiydi-yu, yovdan qochganday tashqariga otildi. Men indamadim. Loaqal “Xayr” ham demadim.


Pochtachining sharpasi ko'zdan yo'qolar-yo'qolmas, onam menga zahrini sochdi.


– Bu nima qiliq? Bu qanaqa jinnilik? – dedi ko'zlarimga qattiq tikilib. – Hech jahonda mezbon deganiyam shunchalar qo'pol bo'ladimi? Mehmonni izzatlash o'rniga sharmanda qilib jo'natadimi? – Uning qoshlari chimirilib, ovozi iztirobli titrab ketdi. – Yomonning kuchi yapaloqqa yetishi rost ekan-da, a? Pulni bergan man bo'sam, sanga nima?


Onam bu qadar achchiqlanadi, deb o'ylamovdim. Qilmishimdan ichimda afsuslandim. Ammo so'nggi pushaymondan ne foyda? Shuni eslab, otdan tushsam-da, egardan tushgim kelmadi.


– Qo'ysangiz-chi, opa, – dedim xijolat aralash iyagimni qashib. – Nima qilasiz hadeb o'shaning tarafini olib? Birinchidan, u mehmon emas, “kunda – shunda”, ikkinchidan, pulni siz berganingiz yo'q. Oldin o'zi olib, keyin sizga aytdi. Hammasini tashqaridan eshitib turuvdim.


– Oho, zo'r-ku! Hali yomon xotinday gap poylaydigan odatim ham bor degin. – Onam dasturxonni yig'ishtirib, deraza tokchasiga oborib qo'yarkan, kinoyali o'smoqchiladi. – Bexabar ekanman, yaxshi aytding. – Keyin muddaoga o'tdi. – Xo'sh, eshitgan bo'sang, nima bo'pti, osmon uzilib yerga tushibdimi? Bechora, baribir, mani roziligimni so'radi-ku. Sho'rlikkinani nega uyaltirasan? Kelib-kelib, raysabisdi odamiga tuhmat qilgani Xudodan qo'rqmaysanmi?


Aslida-ku, pochtachi o'ziga to'q odam. Uy-joyi binoyidekkina. Bolalari udli-shudli. Voyaga yetganlari toparmon-tutarmon. Oilasi o'zgalarnikidan to'kin-to'kisroq yashasa yashaydiki, yomon emas. Onam shuni bilaturib, uni bir jihatdan notavon-bechoraholga chiqarib qo'ygani, ikkinchi jihatdan “raysabisning odami” deb ulug'lagani menga erish tuyuldi. O'zimni bosolmay, kulib yubordim.


– Tavba, – dedim burnimni jiyirib, – u qanaqasiga sho'rlik, qanaqasiga raysobesning odami bo'lsin. Qip-qizil muttaham, qip-qizil yulg'ich-ku.


– Peshdahanlik qima! – Onamning birdan vajohati o'zgarib, zarda bilan qo'l siltadi. – Yoki san o'zingcha mani hech baloga fahmi yetmaydigan omi kampir hisoblayapsanmi? Shunaqami?.. Unda bilib qo'y, manam to'rtinchi sinfdi bitirganman. Xat-savodim ja sanikichalik bo'masayam, Xudoga shukur, es-hushim joyida. Oqu qorani yaxshi ajrataman.


U so'nggi so'zlarini xuddi dugonasi bilan bahslashayotgan yosh qizaloqdek qizishib aytdi. Basma-basiga fikrini isbotlashga kirishdi.


– Bizga pensiyani raysabis belgilab, pul tarqatishni Davronboyga ishonib topshirganmi, axir? Shunday ekan, u raysabisdi odami bo'lmay, kim bo'ladi?


Onam o'z nazdida meni mot qilgach, pochtachi olmay ketgan pullarga ishora qildi.


– Mana shu zormandaga, – dedi shahodat barmog'ini niqtab, – nari borsa, ikki qadoq go'sht keladi. Bu bilan Davronboy boyib ketib, boshqalar och qolmaydi. Parvardigorimdi dargoyi keng, qimirlagan jon rizqini terib yeyveradi.


– Ha, o'lmang, yashang! – dedim men fursatni boy bermay. – Hamma gap ana shu nasibani kim qanday topishida. Agar Davronboyingiz ikki yuz-uch yuz pensionerning har biridan o'rtacha ikki yuz so'mdan shilib qolsa, oyiga, o'ldim deganda, oltmish ming ishlaydi. Buncha pulni uzzukun daladan beri kelmaydigan dehqon bir mavsumda ham topolmaydi.


– E, qo'y, qaysi go'rdagi xomaki hisob-kitoblaringni. Qozilik sanga qoptimi? – Onam tayin haqiqatni atay tan olmaslikka urindi. Sovib qolgan choyni ho'plarkan, yana pochtachini oqlashga zo'r berdi. – Davronboy oddiy pochtachi bo'sayam, oriyatli yigit. Hammagayam haddi sig'ib, bunaqa erkalik qilavermaydi, tushundingmi? Har chol-kampirlar borki, bir so'mdi ustida tikka turadi. Pensiyasi-ku, o'z yo'liga, yerdan pul topib osayam, yetti sanab, bir tugadi.


– Ana, bo'pti-da, – dedim birdaniga jonlanib, – ular haq-huquqlarini yaxshi bilishadi. Sariq chaqasiniyam birovga bekordan-bekor ravo ko'rishmaydi. Siz esa, teskarisini qilasiz. Duch kelganga achinib, hotamtoylik ko'rsatasiz. Qo'yib bersa, og'zingizdagi oshingizni ham qo'shqo'llab tutqazasiz. Koshki, shunga yarasha rahmat eshitsangiz. Masalan, mana shu pochtachiyam, – dedim alohida ta'kidlab, – pulingizni olguncha atrofingizda girdikapalak bo'ladi. Vaqti kelganda, barcha yaxshiligingizni unutadi.


– Unutmaydi! – Onam so'zimni keskin rad etdi. Shu zahotiyoq yana takrorladi. – Iymonli odam yaxshilikni hech qachon unutmaydi. – Shunday dedi-yu, qo'qqisdan hovuridan tushib, bir nuqtaga tikilib qoldi. – Unutsa, – dedi anchadan so'ng boshini xiyol ko'tarib, horg'in-shikasta ovozda, – tepada hammasini ko'rib-bilib turuvchi Xudo bor. Noshukur bandasining jazosini o'zi beradi. Birovdi haqi birovga yuqmaydi. Bu dunyoni toshu tarozili dunyo deydilar.


Men bu safar gap qaytarmadim. Ayvondan sekingina sirg'alib chiqdimu, anorzorga kirib ketdim...



* * *



Ayollar bayrami arafasi edi. Onamning qirqini o'tkazishga hozirlik ko'rayotgandik.


Peshin mahali kutilmaganda hovlimizga Davron aka kirib keldi. Birpas o'choq kavlashga, o'tin yorishga ko'maklashgan bo'ldi. Lekin negadir kayfiyati buzuq, qovog'i soliq edi. O'qtin-o'qtin menga zimdan qarab-qarab qo'yardi. Bu bejiz emas ekan. Payt poylab, meni chetga imladi. “Biror dardi bordir-da”, degan o'yda orqasidan ergashdim.


U omborxonamiz yonboshidagi pichan g'arami oldiga yaqinlashganda yurishdan to'xtadi. Tevarak-atrofga bezovta alanglab, gapimizni eshitadigan odam yo'qligiga ishonch hosil qilgach, yelkamga qo'lini qo'ydi.


O'ksima, uka, – dedi arqonni uzun tashlab. Xolam rahmatli jannati ayol edilar. Ularni men ham qattiq hurmat qilardim. Ishqilib, Xudo rahmatiga olgan bo'lsin. – Keyin qo'ynidan gazetaga o'rog'lik allanimani chiqarib, menga uzatdi. – Mana, – dedi allanechuk entikib, – malol kelmasa, shu omonatni olib qo'ysang...


– Nima bu? – Qiziqib, gazeta o'ramini qo'lga oldim. Ochib qarasam, bir dasta pul. Nuqul yigirma beshtalik. Ko'nglim allanechuk bo'shashib, mujgonlarimga yosh ilashdi.


– Himmatingiz uchun rahmat, Davron aka, – dedim chin dildan minnatdorchilik bildirib. – Faqat behuda ovora bo'psiz. Xudoga shukur, to'rt aka-ukamiz, pulga muhtojligimiz yo'q. Hamma narsa yetarli. – Shunday deya, pulni qaytarib, Davron akani hovli tomon undadim. – Siz, yaxshisi, otamning oldiga kirib, choy ichib o'tiring. Ish esa, yosh-yalanglardan ortmaydi.


Gapimni tugatib, yo'l boshlamoqchi edim, u yengimdan tutamladi.


– Shoshma, uka, – dedi qo'limni qo'yib yubormay, – men bu pulni senga yordam tariqasida berayotganim yo'q. Xolamdan olgan qarzlarimning bir qismini qaytarayapman, xolos.


– Qarz?.. Nima, opamga berasingiz bormidi?


– Ha! Faqat... – Davron aka aybiga iqrorlik keltirganday, nazarini mendan olib qochdi. Shu on kulcha yuzlariga hu birdagidek qizillik yugurdi. – Ochig'ini aytaymi? – U o'ychan alfozda oyog'i ostidagi nam kesakni tuflisining uchi bilan ezg'ilay boshladi – Bu pullarni qachon, qanday olganimni xolamdi o'zlariyam bilmasdi. Сhunki men qachon pensiya pullarini keltirsam, maydasini ikki baravar kamaytirib aytardim. Opang, ko'zlari yaxshi o'tmaganidanmi yoki meni uyaltirmaslik uchunmi, vedomostga qaramay, imzo chekardi. Qolgan maydasini ham menga berardi. Kamiga “Sog' bo'l, bola-chaqangdi orzu-havasini ko'r!” deb, uzundan-uzoq duo qilardi...


Davron aka bo'g'ziga nimadir tiqilganday duduqlanib qoldi. Сhuqur yutinib, nafasini rostlagach, so'zida davom etdi:


– Endi-endi bilsam, o'sha paytlar g'irt ahmoqlik qilgan ekanman. O'z tuqqan onamday mushtipar ayolni salkam o'n besh yil muttasil aldab kelgan ekanman. Mana, oqibati: xolam qazo qilibdilarki, shu haqda o'ylayman. O'ylaganim sayin o'zimdan o'zim nafratlanib ketaman. Ko'pincha tushlarimga kirib chiqadilar. Lekin...


U og'ir xo'rsindi. Asta boshini ko'tarib, ko'zlarimga iltijoli termuldi:


– Ko'nglingga gumon kelmasin, bu halol peshona terim. Tunov kuni oylik oluvdim. Iltimos, ra'yimni qaytarma... Zora, shunda ko'nglim bir oz taskin topsa...


...Taajjub, menga nima bo'ldi o'zi? Avval boshim g'uvillab, keyin quloqlarim tom bitdimikin yoki teskarisi ro'y berdimikin? Bilmadim, qanday bo'lgandayam, ayni chog'da aqlim o'zimda emasdi. Ro'paramda Davron aka hanuz kuyib-pishib gapirar, qo'limga pulni tutqazishga urinar, ammo uning iddaolari qulog'imga kirmas, tilim kalimaga kelmasdi. Tosh qotgancha onamni o'ylardim. Xayolan uning atigi to'rt oy burun aytganlarini takrorlardim: “Tepada hammasini ko'rib-bilib turuvchi Xudo bor. Nobakor bandasining jazosini o'zi beradi. Birovdi haqi birovda qolib ketmaydi...”


Es-hushimni yig'ib olganimda, qarshimda Davron aka yo'q edi. U sal narida boshini egganicha orqa-oldiga qaramay, pildirab ketib borar, samoda quyosh kulib boqar, qibla tarafdan mayin shamol esar, oyoqlarim ostida esa bir dasta pul sochilib yotardi...


(Davomi bor)


Abdunabi HAYDAROV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 532 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 795 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 824 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 8698 12:44 | 04.10.2024