Valyuta UZS
  • USD

    12 198.28-30.3

  • EUR

    14 241.49-41.49

  • RUB

    156.570.61

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +22 C

  • 15:00

    +22 C

  • 16:00

    +22 C

  • 17:00

    +22 C

  • 18:00

    +21 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-April

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +22 C

  • 15:00

    +22 C

  • 16:00

    +22 C

  • 17:00

    +22 C

  • 18:00

    +21 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • Juma, 10

    +20 +20

  • Shanba, 11

    +20 +20

  • Yakshanba, 12

    +22 +20

  • Dushanba, 13

    +23 +20

  • Seshanba, 14

    +21 +20

  • Chorshanba, 15

    +22 +20

  • Payshanba, 16

    +17 +20

  • Juma, 17

    +15 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Navoiyda Neolit davridagi “Uchtut” chaqmoqtosh shaxtasi borligini bilasizmi?

Oltin, kumush, marmar, fosforit, uran, kvarts, feruza, ohaktosh, chaqmoqtosh... Bir makon borki, har qadami tillo, sahro javohiri, quchog'ida esa yer yuzida qiyosi yo'q mo''jizalari, bebaho boyliklari, qadim tarixi yastanib yotibdi. Ha, Navoiy viloyatida qadimiy manzillar shu qadar ko'pki, ularni o'z ko'zi bilan ko'rgan kishi hayratini yashirolmaydi.
Jamiyat
997 16:42 | 10.12.2025 16:42

Ana shunday manzillardan biri – qadim So'g'diyona mintaqasida joylashgan hozirgi Navbahor tumanidir. Bu hudud Markaziy Osiyoda paleolit davrining o'rta va so'nggi bosqichi (miloddan avvalgi 100–40–12 ming yilliklar) davrlari ibtidoiy odamlar hayotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda madaniy sohadagi o'zgarishlar yuz berishi natijasida insoniyat tsivilizatsiyasining muhim o'choqlaridan biriga aylandi.


– Navbahor tumanidagi “Uchtut” chaqmoqtosh shaxtasi ibtidoiy davrda Markaziy Osiyoda chaqmoqtosh olingan yagona makon hisoblanadi. Bunaqa shaxtalar jahonda kamdan-kam uchraydi, – deydi Navoiy davlat universiteti dotsenti, tarix fanlar nomzodi Xurshid Qurbonov. – Uchtut shaxtalari asosan neolit davriga tegishli bo'lib, ularning 100 dan ortiq izlari Uchtut qishlog'i yaqinida vovush qoyalari ostida hosil bo'lgan neogen qatlami maydonida bizgacha saqlanib qolgan.


Uchtut qishlog'ida 1958 yil X.Muhamedov, 1959 yil A.Okladnikov, 1958-66 yillarda M.Qosimov, T.Mirsaatovlar rahbarligida qazilma ishlari olib boriladi. Dastlabki paytlarda ochilib qolgan yerlardagi chaqmoqtosh g'uddalari yirik toshlar bilan urib ushatilgan. Keyinroq bu yumush yog'och tayoqlar, undan keyin Buxoro ohusining shoxlaridan, yovvoyi ho'kiz, bug'u va boshqa jonivorlar suyaklaridan yasalgan cho'kichlar, kuraklar yordamida amalga oshirilgan. Hozirgacha 48 ta shaxta o'rganilgan va har biri o'rtacha 35-45 kilogrammdan bo'lgan 8000 ta g'udda qazib olingan.


A.Muhammadjonovning ta'kidlashicha, bu qadimiy hududda aholi o'rta tosh davri (Muste – miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar) bosqichidan boshlab yashab kelgan.


Bunga dalil tariqasida Uchtut manzilgohida topib tekshirilgan o'rta tosh davri chaqmoqtosh sindirib olingan xomashyo – koni-sangbur, tosh qurollar yasash ustaxonasi va ibtidoiy odamlar makoni hamda yangi tosh (neolit) davri (miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar)da chaqmoqtosh bo'laklari kavlab olingan eng qadimgi makon “Uchtut shaxtasi”ning o'rni va lahmlarini keltirish mumkin.


Umid Xudoyqulov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2168 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1848 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2380 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2136 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat