Valyuta UZS
  • USD

    11 963.2350.85

  • EUR

    13 970.6697.5

  • RUB

    155.351.96

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 10:00

    +7 C

  • 11:00

    +7 C

  • 12:00

    +8 C

  • 13:00

    +8 C

  • 14:00

    +8 C

  • 15:00

    +9 C

  • 16:00

    +8 C

  • 17:00

    +8 C

  • 18:00

    +7 C

  • 19:00

    +7 C

  • 20:00

    +6 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 05-December

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 10:00

    +7 C

  • 11:00

    +7 C

  • 12:00

    +8 C

  • 13:00

    +8 C

  • 14:00

    +8 C

  • 15:00

    +9 C

  • 16:00

    +8 C

  • 17:00

    +8 C

  • 18:00

    +7 C

  • 19:00

    +7 C

  • 20:00

    +6 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • Juma, 05

    +6 +20

  • Shanba, 06

    +3 +20

  • Yakshanba, 07

    +4 +20

  • Dushanba, 08

    +6 +20

  • Seshanba, 09

    +5 +20

  • Chorshanba, 10

    0 +20

  • Payshanba, 11

    3 +20

  • Juma, 12

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Nega Xorazmda qora choy ichilmaydi, qo'y go'shti yeyilmaydi?

Yaqinda Xorazmda xizmat safarida bo'lgan hamkasblarim go'sht do'konlaridan  qo'y go'shti topisholmagani, kafelarda ham qo'y go'shtidan taomlarni deyarli uchratishmagani, faqat kabob taklif qilishganini aytishdi. Shoy so'rashganida faqat ko'k choy taklif qilishibdi, qora choyni esa, limon bilan berishibdi. Ular buning sabablari bilan qiziqishdi.
Jamiyat
1888 17:39 | 29.10.2025 17:39

Bu narsa ko'pchilik uchun qiziq bo'lishi mumkin. Shu bois, mavzu yuzasidan mutaxassislar bilan suhbatlashishni ma'qul topdim.


Organizm o'ziga kerakli narsani iste'mol qilishni xush ko'radi. Masalan, qora chaydan ko'ra, Xorazm vohasi aholisi ko'k choyni xush ko'radi. Buning sababi iqlimimiz. Biz joylashgan hudud – Xorazm viloyatining rel'efi geografik joylashuviga ko'ra tog'li zonalarga kirmaydi, pastroq rel'efda joylashganligi sababli, bizda havo bosimi baland bo'ladi. Qanchalik baland joylarga chiqilsa, masalan, tog'li joylar, shunchalik atmosfera bosimi pasayadi. va aksincha, qanchalik past joyda joylashgan bo'lsak, havo bosimi shuncha baland bo'ladi. Shuning uchun odamlar ko'k choy ichishga moyil. Shunki qon bosimimiz balandroq yuradi, – deydi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi dotsenti Bahor Hakimova.


Urganch shahridagi 3-son oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori Yoqutjon Safarboevaning fikricha, Xorazm viloyatining iqlimi yozda juda issiq va quruq, qishda esa sovuq. Bunday iqlim sharoitida inson organizmi tez terlaydi, suv va tuz muvozanati buzilishi xavfi ortib boradi.


– Aholi tomonidan iste'mol qilinadigan ichimlik turlari ham iqlimga mos ravishda shakllangan, – deydi shifokor. – Masalan, ko'k choy tabiiy antioksidantlarga boy bo'lib, organizmni yengil sovutish va chanqoqni tez bosish xususiyatiga ega. Issiq iqlimda bu juda muhim. Qora choyga nisbatan ko'k choyda kofein miqdori kam bo'ladi, bu esa yurak-qon tomir tizimiga ortiqcha yuk tushishining oldini oladi. Xorazmda havo quruq bo'lgani uchun organizmdagi suv kamayishi xavfi bor. Ko'k choy tanada suvni ushlab turishga yordam beradi va organizmni tozalaydi. Qora choy fermentlashgan bo'lib, undagi kofein miqdori yuqori. Bu issiq iqlimda yurak faoliyatini ortiqcha qo'zg'atishi mumkin. U chanqoqni bosmaydi, balki aksincha, chanqoqni kuchaytiradi, chunki organizmdan suv chiqarishni tezlashtiradi. Shuning uchun Xorazmdagi issiq va quruq iqlimda qora choydan ko'ra ko'k choy ichish fiziologik jihatdan to'g'ri va foydali hisoblanadi.


Qo'y go'shtining kam iste'mol qilinishini ham mutaxassislar iqlim sharoiti bilan bog'lashdi.


– Shunki qo'y go'shtida to'yingan yog'lar ko'p bo'lganligi sababli, bu qon bosimini ko'tarishga olib keladi. Shuning uchun qon bosimi past odamlar qo'y go'shtini xush ko'radi. Ayniqsa tog'li joylarda qo'y go'shtini ko'proq iste'mol qiladi. Mol go'shtini ham haddan tashqari ko'p yeyilsa, qon bosimini oshiradi. Lekin qo'y go'shtiga nisbatan mol go'shtining organizmga ta'siri, ya'ni qon bosimiga ta'siri ancha past bo'lganligi sababli bizlarda qo'y go'shti kam iste'mol qilinadi. Tog'li viloyatlarda, masalan, Surxonaryo yoki vodiy taraflarda, qo'y go'shtini xush ko'rib ko'proq iste'mol qilishadi, chunki tog'li viloyat bo'lganidan keyin havo bosimi past, odamlarda esa buni iste'mol qilishga ehtiyoj ko'proq, – deydi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi dotsenti Bahor Hakimova.


viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi gastroenterolog shifokori Nurali Safarboevning fikricha, mahalliy aholi turmush tarzi, ovqatlanish madaniyati va sog'lomlik omillaridan kelib chiqib, Xorazmda qo'y go'shtidan ko'ra mol, tovuq yoki baliq go'shti ko'proq iste'mol qilinadi.


– Issiq iqlimda organizm og'ir ovqatni hazm qilish uchun ko'proq energiya sarflaydi, – deydi shifokor. – Bu holat tanani charchatadi, ichki haroratni oshiradi va terlashni kuchaytiradi. Issiq havo sharoitida og'ir va yog'li ovqatlar qon bosimini oshiradi, yurak faoliyatiga yuklama beradi va hazm tizimini sekinlashtiradi. Bu ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari, qon bosimi yoki semirishga moyil odamlar uchun xavfli bo'lishi mumkin.


Umuman, mahalliy aholining qo'y go'shtini kam iste'mol qilishi iqlim sharoiti bilan bog'liq. Bundan tashqari, Xorazmda yaylovlar kam. Qo'yni asosan hovlida boqishga to'g'ri keladi. Bunday qo'ylarda esa hid bo'ladi. Asosan mana shu hid ham aholi qo'y go'shtini muntazam iste'mol qilmasligi sabablaridan biridir.


Qolaversa, Xorazmda qo'y go'shti bozorlarda sotilmaydi. Qo'yni sadaqalarda, to'ylarda, masalan beshik to'ylarida maxsus so'yadilar va undan asosan palov yoki shavla tayyorlanadi. Qo'y go'shti solingan bu taomlarni xorazmliklar sevib iste'mol qiladilar.


Keyingi paytlarda aholining talabidan kelib chiqqan holda ayrim kafe va restoranlar men'yusida ham qo'y go'shtidan bo'lgan taomlarni uchratish mumkin. Biroq, bular kabob yoki jiz, tandir go'shti shaklida. Qo'y go'shti solingan suyuq taomlarni deyarli uchratmaysiz. Bu nafaqat madaniy an'ana, balki sog'lom ovqatlanish nuqtai nazaridan ham ma'qul hisoblanadi.



Muhabbat TO'RABOEvA


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5345 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat