Yangi tug'ilgan chaqaloq 20 sm masofadangina ko'rishini bilasizmi?
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar birinchi oylarida narsalarni “loyqa” holatda, xira ko'radi. Ammo ularning hid bilishi kuchli bo'lib, ayniqsa onasining hidini yaxshi farqlaydi.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, endigina tug'ilgan chaqaloqlar maksimal darajada ob'ektlarni 20 sm masofada, oq-qora holatda ko'rishadi. Ular sekin harakatni kuzatishlari mumkin. Onasining yuz shaklini esa tezda tanishi mo''jiza.
Сhaqaloqlarning ko'rish qobiliyatlarini oylar bo'yicha shunday ta'riflash mumkin:
1-oyda : narsalarni 20,30-40 smgacha ko'radi. Oy oxiriga borib, asosan yorqin qizil ranglarni yaxshi ko'ra oladi.
2-oyda: ob'ektlarni diqqat bilan kuzata boshlaydi, u qizil va yashil ranglarni ajratadi.
2-3 oyda : Yuzlarni taniydi, Stereskopik ko'rish rivojlanadi. 3 chi oyning oxirida u kuchli sariq rangga ega narsalarni ajrata oladi.
4 oyda: U ko'k rangni ajrata oladi.
5-6 oyda: bu davrda chaqaloq ob'ektlarning shakllari, o'lchamlari va hatto to'qimalarni ajrata oladi.
Qizig'i shundaki, bir necha oylik chaqaloqlar oynada o'z aksini ko'rganida tabassum qila boshlaydilar. Ammo bu ularning aksi ekanini bilishmaydi va buning ahamiyati ham yo'q.
Farzandingizga ko'rish qobiliyati yaxshi rivojlanishiga yordam beray desangiz, ranglar palitrasi asta-sekin kengayib borishini hisobga oling. Shuning uchun, chiroyli va yorqin rangli to'shak va turli o'yinchoqlarni olib berishni keyinroqqa qoldirgan ma'qul. Сhunki bola 1 yoshga to'lgunga qadar uning ko'rish qobiliyati dinamik ravishda o'zgaradi. Bu esa, asta-sekinlik bilan barchasining bosqichma-bosqich ketishi va ko'zlar zo'riqmasligiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0